127
XVIII-MAVZU. KIChIK VA O’RTA BIZNES ISTIQBOLI
18.1. Kichik va o’rta biznes
18.2. Kichik va o’rta biznes istiqboli
18.1. Kichik va o’rta biznes
Butun dunyoda bozor iqtisodiyoti mexanizmi taraqqiyotning harakatlanuvchi
kuchi sifatida o’z samarasini ifoda etmoqda. Bozor mexanizmining samarali faoliyat
ko’rsatishi uchun xususiy mulkchilik, raqobat va tadbirkorlik muhiti mavjud bo’lishi
kerak.
O’zbekiston mustaqillikka erishish bilan mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov
xususiy tadbirkorlik va uning kichik va o’rta biznes
shaklini rivojlantirish
masalalariga jiddiy e’tibor qaratdi. Natijada respublikamizda qisqa vaqt ichida kichik
va o’rta tadbirkorlik rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi
shakllantirildi. Birinchi navbatda bu tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini
himoyalovchi huquqiy asos bo’lsa, ikkinchidan, ularning qisqa va uzoq muddatli
kredit resurslariga ega bo’lishi, imtiyozli
soliqlar belgilanishi, moliyaviy, ijtimoiy,
bozor infratuzilmalaridan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratildi. Bu esa ushbu
sektorda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xususiy korxonalarning rivojlanishiga
yaqindan yordam berdi, raqobat va tadbirkorlik muhiti shakllanishini tezlashtirdi.
Shu bilan birga respublikada milliy iqtisodni
yanada erkinlashtirish va
islohotlarni chuqurlashtirish dasturining qabul qilinishi kichik, o’rta biznes va
xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda uni iqtisodiyotda etakchi o’ringa
olib chiqish ustivor vazifa qilib qo’yildi. Prezident I.Karimov: «Biz o’z oldimiga
kichik, o’rta va xususiy biznesni faqat ichki yalpi mahsulotni ishlab chiqarishda
yuqori o’rinni
egallashiga erishishimiz, balki aholi farovonligi va daromadlarini
o’sishi, ayniqsa kichik shaharlar va qishloq joylarida bandlik muammosining muhim
manbai bo’lishi kerakligi haqidagi vazifani qo’yamiz», deb alohida ta’kidlagan.
Bunday vazifani amalga oshirish uchun harakatdagi qonunchilik xujjatlariga
tegishli qo’shimchalar kiritildi, kichik biznes korxonalarini qo’llab-quvvatlash
tizimlari takomillashtirildi va tadbirkorlik erkinligini himoya qilish chora-tadbirlari
ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Shular tufayli hozirgi kunda respublika xususiy mulk shaklidagi xo’jalik
yurituvchi nodavlat korxonalari asosiy o’rin tutmoqda. YA’ni, 2001 yilda respublika
bo’yicha ro’yxatga olingan korxonalarning 201,9 mingi yoki 90,5 foizi kichik, o’rta
korxonalar va mikrofirmalardir. Ularning shu yilgi yalpi
ichki mahsulotdagi ulushi
33,8 foizni, shundan kichik va o’rta korxonalar ulushi esa 14,8 foizni tashkil etdi va
bu o’tgan 2000 yilga nisbatan mos ravishda 2,8 va 1,7 foizga ko’pdir. Shu bilan
birga kichik va o’rta biznes. Хususiy tadbirkorlik sohasida band aholining soni ham
muntazam o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich respublika bo’yicha 2001 yil boshiga
nisbatan 7,1 punktga yuqoridir. Kichik va o’rta biznesni moliyaviy qo’llab-
quvvatlash ham muntazam o’sib bormoqda.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, kichik va o’rta biznesning rivojlanishi hali talab
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
128
darajasida emas. Buning uchun bizning fikrimizcha,
davlat tomonidan olib
borilayotgan tadbirkorlik muhitini faollashtirish bilan birga kichik va o’rta
korxonalar faoliyatining bozor sharoitiga moslashuvini tezlashtirish hamda
respublikada makroiqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kichik va o’rta biznes
rivojlanishining ustivor yo’nalishlari o’zgarishini bashoratlarini amalga oshirish
lozim.
Bozor iqtisodiyoti xo’jalik faoliyatining asosiy sub’ektlari bo’lib uy
xo’jaliklari, biznes tashkilotlari va davlat hisoblanadi. Uy xo’jaliklari biznes
tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarni iste’mol
qiladi. O’z navbatida davlat institutlari
va biznes tashkilotlari, oila a’zolarining
tadbirkorlik faoliyatini ta’minlovchi tuzilmaviy tashkilotlar hisoblanadi. Aynan ana
shu faoliyat natijasida biznes egalari- uy xo’jaliklari daromad oladilar. Biznes
korxonalarining faoliyat ko’rsatish mexanizmiga davlat va uning tashkilotlari turli
xil usullar bilan ta’sir ko’rsatib turadi. Ular qatoriga imtiyozli soliqlar, huquqiy
kafolatlar, resurslar bozoriga
kirishni osonlashtirish, marketing, axborotlar
xizmatlarini ko’rsatish, mahsulotlarni to’siqlarsiz bozorlarga chiqarish, imtiyozli
kreditlar olish va boshqalar kiradi. Shular bilan
birga kichik korxonalarni
rag’batlantiruvchi asosiy mexanizm talab va taklif hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan,
taklif va talab muvozanatini tahlil qilish, korxonalarning faoliyat ko’rsatish
mexanizmini aniqroq tasvirlab beradi.
Dostları ilə paylaş: