17.2. Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o’rni Makroiqtisodiy xususiy sektori mustahkamlandi, (qishloq xo’jalik, savdo,
xizmat ko’rsatish sohasi) ishlab chiqarilgan mahsulot bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan
xizmatlarning ancha qismi uning ulushiga to’g’ri keladi. 2002 yilda 62,5 ming
korxona (dehqon va fermer xo’jaliklarisiz) o’z faoliyatini xususiy mulkchilik
doirasida amalga oshirdi. Хususiy korxonalarning yarmidan ko’pi xizmat ko’rsatish
sohasida, har oltinchisi sanoatda faoliyat ko’rsatmoqda.
Oqibatda 2001 yilda 2000 yilga nisbatan 8,1 foizga ko’p), 1329,1 mlrd.
so’mlik iste’mol mollari(10,9 foizga ko’p) ishlab chiqarildi.
Kichik va o’rta biznes, xususiy sektorda yangi turdagi ishlab chiqarish va
tarmoqlar jadal sur’atlar bilan rivojlandi. 2001 yilda respublika sanoat korxonalari
tomonidan 467 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish davrida
mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan holda
yangi mahsulotlar ishlab chiqarish keng o’zlashtirilmoqda. 2001 yilda
mamlakatimizda etishtirilgan paxta tolasini qayta ishlovchi, eng zamonaviy uskuna
va texnologiyalar bilan jihozlangan «Kabul-Farg’ona», «Chinoz to’qimachi» kabi
yangi qo’shma korxonalar ishga tushirildi.
Bu o’rinda shuni qayd etish lozimki, agar 1991 yili respublikamizda paxta
tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo’lsa, endilikda bu raqam 24 foizga
etdi. Paxta tolasi va ipak xomashyolaridan mukammal texnologiya asosida
tayyorlangan kalavali ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha
oshdi.
Tabiiyki, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib, ishlab chiqarishga kiritilgan
kapital mablag’lar hajmini oshirmay turib, bunday o’zgarishlarga erishib bo’lmaydi.
Jumladan, 2001 yili ana shu sarmoyalar ulushi 62 foizdan ziyod darajani tashkil etdi.
Joriy 2002 yilda esa respublika iqtisodiyotini investitsiyalash hajmi yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. Kapital mablag’lar tarkibida xorijiy
investitsiyalar hissasi ko’payib, u jami investitsiyalarning 30 foiziga yoki 1mlrd
AQSh dollariga to’g’ri kelishi kutilmoqda.