119
qoladi, natijada firma xatar girdobiga tushib qoladi va hokazo.
Yuqorida
aytilganidek, bozorda faoliyat ko’rsatayotgan har qanday firmaga
xatar soya tashlab turadi. Undan tamoman qutulish mumkin bo’lmasada, uning
ta’sirini kamaytirish imkoni bor va bu firmaning o’ziga bog’liq. Хatarning eng
halokatlisi bankrot bo’lish, sinish xavf-xataridir.
Bironta ishga pul sarflashdan oldin zarar ehtimolini imkoni boricha
kamaytirishning har xil yo’l-yo’riqlari ishlab chiqiladi.
Eng avval firma xatarini
chetlab o’tish yo’llarini axtaradi, qaerga, qancha pul qo’yish, qaysi sohada ish
boshlashdan oldin qayerlarda ish qanday ketayotganligi o’rganiladi, axborot
to’planadi. Axborot tovar narxi,
savdo hajmi, raqobatchilik vaziyati, xarajatlar
darajasi, bozorning kengayishi imkoniyati, resurslar narxi, reklama holati va boshqa
sohalarni qamraydi, Shularni tahlil etib, pul qo’yish yoki qo’ymaslikka
qaror
qilinadi. Bunda sinalgan yo’llardan biri - pul foyda ko’p bo’lmasada, xatari eng kam
ishga qo’yiladi. Boshqa yo’l tadbirkorlik xatarini sug’urtalash hisoblanadi. Bu yo’l
tanlanganida sug’urta puli kutiladigan foydadan ma’lum darajada kamroq bo’lishi
lozim, aks holda zarar qilish mumkin. Masalan, firma 5 million so’m kapital sarflab,
shundan 500 ming so’m (foyda ko’rsa, sug’urta puli 300 ming so’m bo’lishi kerak.
Shunda biror hol ro’y berganda firma 200 ming so’m (500-300-200) foyda ko’radi.
Agar sug’urta puli foydani yo’qqa chiqarsa, xatar saqlanib qoladi. hozirgi
sharoitlarda investitsiya diversifikatsiya etiladi, ya’ni pul har xil sohalarga qo’yiladi.
Chunki, bir ishda zarar ko’rilsa, boshqasida foyda tegishi mumkin. Bu usul ayniqsa
aktsiya sotib olishda qo’l keladi. Masalan, 100 million so’m pulga 5 ta firma aktsiyasini
olish mumkin.
Хatarni qisqartirish uchun firmalar o’z faoliyatini chegaralaydilar, ish hajmi
va sarf-xarajatini ma’lum me’yordan oshirmaslikka intiladilar. Masalan, firma
vaziyatni hisobga olib, har bir tovar uchun ketgan sarf-xarajatni 500 so’m
bilan
chegaralangan holda 5 million dona tovar chiqaradi va ularnnng har birini 750
so’mdan sotadi. Agar xarajat oshib ketsa yoki tovar ko’p chiqarilib, sotilmay qolsa,
zarariga ishlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: