98
Хususiy banklar miqdoriy jihatdan asosiy bo’lib, ular juda ko’pchilikni tashkil
etadi va
bozor iqtisodiyotida moliyaviy, kredit vazifalarini bajarib, tovar-pul
muomalasi rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Faoliyat xususiyatlariga ko’ra banklarning xili ko’p.
Bularning asosiy qismi
tijorat banklaridir. Bular bir necha tur banklardan iborat bo’ladi. Masalan, “Tashqi
iqtisodiy faoliyat banki”, “Milliy bank”, “Хalq banki”, “Paxta banki”, “Asaka bank”
“G’alla banki”, “Sanoat-qurilish banki” kabilar bo’lib, ularning hududiy bo’limlari
ham ko’p. Bularning ichida milliy bank tashqi iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qilsa,
qolganlari asosan ichki bozor, mamlakatning tovar-pul muomalasi uchun xizmat
qiladi. YAngi tashkil etilgan xalq banki fuqarolar bilan aloqada bo’lib, omonatchilar
bilan
ish olib boradi, aholiga pul qarz berish ishlarini bajaradi. Bu juda tarqoq
holdagi pul massasini yig’ib, ishga soladi va bundan keng aholi-omonatchilarni
manfaatdor qilib, bo’sh yotgan pulning ishlatilishidan
kelgan daromadning bir
qismini foiz hisobida to’laydi.
Hozir respublikada faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklarining soni 38 ta
bo’lib, ularning aktivlari 1518,4 mlrd. so’mga ko’paydi va 2002 yil 1 yanvar holatiga
3198,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Tijorat banklari tomonidan O’zbekistonnnig real sektorini kreditlash va
investitsiya shaklida moliyalashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar respublikamiz
iqtisodiyotini yanada yuksalishga zamin yaratmoqda. Хususan, tijorat banklarning
iqtisodiyot turi sohalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari 2001 yil
mobaynida 928,8 mlrd. so’mga ko’payib, 2002 yil 1 yanvar holatiga 1920,1 mlrd.
so’mni tashkil etdi.
Banklar faoliyatidagi eng
muhim tomonlardan biri shuki, ular o’z mijozlari
o’rtasidagi pul muammolari, o’zaro to’lovlar va boshqa shunga o’xshash xizmatlarni
ham bajaradi. Ma’lumki, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda to’lovlar asosiy o’rin
egallab, tovarlar harakati, ularning bir egalikdan ikkinchisiga o’tishida, ya’ni takror
ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish va tovar-pul muomalasining to’xtovsiz
harakatini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, to’lovlardagi
uzilish mahsulotlar siljishining to’xtab qolishiga, iqtisodiy
aloqalarning buzilishiga
olib keladi. Qulay to’lov usullarini qo’llash, mijozlar o’rtasidagi ishonchni ku-
chaytirish ko’p jihatdan banklar ish faoliyatiga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: