Kredit vazifalari. Kredit xilma-xil vazifalarni turli shakllarda bajaradi. Ular
quyidagilardan iborat.
1) qimmatbaho qog’ozlar chiqarish;
2) bo’sh pullarni kapitalga aylantirish;
3) qarz usuli bilan pul mablag’larini tarmoqlararo taqsimlash;
4) pul qarzi usuli bilan iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish.
Qimmatbaho qog’ozlar kredit orqali muomalaga, xo’jalik harakatiga kiritiladi.
Veksel, chek, sertifikat shular jumlasidandir. Tadbirkorlarni qo’llab, ularning pulga
bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishi tufayli harakatdagi kapital miqdori ko’paytiriladi,
iqtisodiy taraqqiyot ta’minlanadi va tezlashtiriladi. Kredit orqali tarmoqlar o’rtasida
ishlab chiqarish resurslarining ko’chishi yuz berib, zaruriy taraqqiyot
muvozanatining ta’minlanishi uchun vositachilik qilinadi. Umuman, kredit bo’sh
pullarni kerakli joylarda ishlatish imkonini tug’dirib, umumiy iqtisodiy o’sishni
tezlashtirishga yordam qiladi.
Ko’rinib turibdiki, kredit o’z vazifalarining amalga oshuvi tufayli iqtisodiy
harakat va taraqqiyotdagi ahamiyatini oshiradi. Qarz xuddi, yuzaki qaraganda,
ikkinchi darajali narsaga o’xshab ko’rinadi. Lekin bajaradigan vazi-falari, bozor
iqtisodiyotida uning o’rni juda katta ekanligini va usiz bozor iqtisodiyotini tasavvur
etib bo’lmasligini ko’ramiz. Demak, bozor iqtisodiyoti rivoji uchun kredit tizimini
avj oldirish har bir mamlakat uchun o’ta zarur vazifalardandir.
Kredit bozori mavjud ekan, demak, unda baho bor va shu orqali qarz jarayoni
yuzaga kelishi mumkin. Baho qarz xaqidan iborat bo’lib, kreditda qarz foizi deyiladi.
Chunki, u qarz miqdoriga nisbatan foiz hisobi bilan belgilanadi. Amalda foiz
kreditning bahosidir. Agar qarzga talab ortsa, foiz ko’tariladi, kamaysa — pasayadi.
Bundagi tak-lif harakati ham shunday xususiyatga ega, lekin harakat yo’nalishi
aksincha bo’ladi.
Foiz darajasi talab va taklif muvozanati bilan birga yana bir qancha omillarga
bog’liqdir. Bularning ichida qarz muhlati, qarz berish shartlari, inflyatsiya darajasi,
qarzning qanday pul bilan berilishi, pulni qarz berishdan boshqa yo’lda ishlatishdan
keladigan foyda darajasi, qarz berish xatarliligi kabilarni qayd qilish mumkin.