Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Moliyaviy axborotlarning iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni 
baholashdagi o’rni katga. Bu moliyaviy yakunlar xususida o’z vaqtida xabarlar berib 
turish orqali amalga oshadi. Aytaylik, moliyaviy ko’rsatkichlar orqali ishlab 
chiqarishni kuzatish, moliyaviy fondlar holati bo’yicha xalq xo’jaligi sohalarining 
muvozanati, bir-birlariga monandligi kabilarni aniqlash imkoni tug’iladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


87 
Moliyaviy axborotda auditorlik xizmati ma’lum o’rin egallab, axborotdan 
foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi. Chunki, auditorlik xizmati korxonalar, 
kompaniyalarning xo’jalik-moliyaviy faoliyatini tahlil etadi, ekspertizasini bajaradi, 
xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o’z vaqtida etkazib beradi. Ma’lumki, bunday 
xizmat moliyaviy boshqaruvda ahamiyatlidir. 
Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o’sish uchun xizmat qiladi. 
Moddiy va mehnat resurslari-ning to’g’ri yo’nalishda bo’lishi va ularni samarali sarf-
lash moliya faoliyatiga, uning vazifalari reallashuviga bogliq. Ko’rib 
chiqqanimizdek, takror ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish pul mablag’lari bilan 
ta’minlanishdan boshlanadi. Shu yo’lda moliya o’z vazifalarini bajarish bilan iqtisodiy 
va ijtimoiy o’zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo’jalik faoliyatini 
rag’batlantiradi. Bularni amalga oshirish moliyaviy vositalar tufayli yuz beradi. 
Bular qatoriga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya, 
foyda, aktsiya kursi, dividend, soliqlar, sug’urta xaqi, bank xaqi, dotatsiya, subsidiya, 
kompensatsiya kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy vositalar fondlarda shakllanib 
moliya resurslarini tashkil etadi. 
Ana shu resurslar orqali moliyaning ta’siri va harakati amalga oshadi. Aytaylik, 
amortizatsiya fondi va foy-daning bir qismi investitsiya uchun xizmat qiladi, 
bularning ko’payish rezervlari ishlab chiqarish quvvatlarini ko’paytirish rezervlari 
demakdir. Agarda bular etarli bo’lmasa, texnika, texnologiyaga sarf etish kamayadi 
va ishlab chiqarish o’sishi susayadi. Yoki dividendlarni olaylik. Bular yuqori bo’lsa, 
aktsiya chiqargan kompaniyalar ahvolining yaxshiligidan darak beradi, ularning 
moliyaviy holati yaxshi bo’lib, aktsiya kursi oshadi, qo’shimcha kapital kelishi, 
umuman iqtisodiy o’sish tezlashadi. 
Moliyaviy resurslarda asosiy o’rinni foyda va milliy boylik tutadi. Bular iqtisodiy 
o’sish manbaini tashkil etadi. Foyda, sof daromad sifatida investitsiya, turli rezervlar, 
sug’urta va ijtimoiy fondlarni uyushtirish uchun taqsimlanadi. 
Moliyaviy resurslar pul shaklida bo’lganligi tufayli ular moddiy ta’minlanish 
orqaligina iqtisodiy kuchga ega bo’ladilar. Agarda ularni mahsulot bilan qoplash 
imkoni bo’lmasa, uning iqtisodiyot uchun, ayniqsa ishlab chiqarish uchun hech 
qanday ta’siri bo’lmaydi. 
Moliyaviy resurslar ikki turga, ya’ni mikroresurslar va makroresurslarga 
bo’linadi. Mikroresurslar markazlashmagan bo’lib, korxona, firma, kompaniya, 
tashkilot, jamoa uyushmalari, shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. Bunga qarzga 
olingan pullar ham kiradi. Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan 
iborat bo’lib, umumdavlat miqyosida tashkil etiladi. Bular umuman byudjetda 
jamg’ariladi. Shu bilan birga boshqa fondlar ham mavjuddir. 
Bozor iqtisodiyotida, albatta, mikroresurslar asosiy o’rinni egallaydi. Bozorda 
erkin iqtasodiy faoliyat sharoitida albatta firma, kontsern, korporatsiya, birlashma, 
korxona kabilarning moliyasi asos bo’lib hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini 
tartibga solishda davlat moliyasi etakchi o’rinda bo’ladi. 
Iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish, moliya resurslarining tashkil topishi 
asosan uch usulda amalga oshadi: 1) o’zini-o’zi moliyalashtirish, 2) qarz olish 
(kredit), 3) zaruriy holatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish. Birinchi usulda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


88 
pul mablag’lari, resurslari har bir iqtisodiy sub’ekt tomonidan o’z xisobiga shakllanadi. 
Ikkinchi usulda qarz olish hisobiga moliya resurslari tashkil topadi. Uchinchi usulda 
davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar hisobiga moliyalashtirish zaruriyati 
tug’ilishi bilan moliya resursi paydo bo’ladi va shu asosdagi sarmoyalar ishga solinadi. 
Bozor iqtisodiyoti talabi bo’yicha sarmoya va mablag’larning erkin harakati 
ta’minlanadi. Bu albatta moliya bozorining rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Moliya bozori milliy va xalqaro miqyosda bo’lib, bunda pul mab-lag’larining erkin 
harakati shakli tushuniladi. Har qanday bozor shakliga o’xshab, pul bozorining ham 
ob’ekt va sub’ektlari mavjuddir. Moliya bozorining ob’ektlari asosan qimmatbaho 
qog’ozlar, pul, qarz pul kabilardir. Aktsiya, obligatsiya, chek, veksel kabilar 
qimmatbaho qorozlar bozorining ob’ektini tashkil etsa, qarz pullar kredit bozorining 
ob’ekti hisoblanadi. Moliya bozorida pul egalari va ularga muhtojlar uning 
sub’ektlari hisoblanadi. Bularning o’rtasidagi bevosita munosabat va oldi-sotdi moliya 
bozorining mazmunini bildiradi. Bu jarayonda talab va taklif ta’siri hamda erkin baho 
asos bo’lib xizmat qiladi. 
Moliya bozori bo’sh pul mablag’larini jamg’aradi va ma’lum maqsadni 
mo’ljallagan holda ularni moliyaviy resurslarga aylantiradi. Bu aholi qo’lidagi 
harakatsiz yotgan pullarni ishga solishda ayniqsa qo’l keladi. Ka-pitalga aylangan 
pul mablag’larining tarmoqlar o’rtasi-dagi harakatini, ularning sohadan sohaga 
ko’chishini ta’-minlab, erkin ko’chib yurish, pul resurslaridan samarali 
foydalanishni ta’minlashda moliya bozorining ta’siri katta. Masalan, kompyuter 
sanoati tezlik bilan o’sib borar ekan, demak, buning uchun katta mablag’ zaruriyati 
tug’iladi. Buning uchun bu sohaga keng miqyosda pul kapitali darkor. Metallurgiya 
kengaymasa, hatto qisqarib borsa bundagi pul kapitali erkin holda boshqa tarmoqqa, 
misolimizdagi kompyuter sanoatiga ko’chishi kerak. Chunki, bu erda talab yuqori, 
foyda katta, demak, baho ham yuqori, metallurgiya va shunga o’xshash tarmoqlarda 
esa talab kam, foyda nisbatan past. Bu moliya bozori orqali hal qilinadi. Pul 
sarmoyalari erkin holda, ya’ni oldi-sotdi tarzida eng zarur tarmoqlar tomon harakat 
qiladi, pul resurslari bilan ta’minlash normallashtirilib boriladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin