O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Transport, mehmonxona va ovqatlanish xo‘jaligi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
3. 2. Transport, mehmonxona va ovqatlanish xo‘jaligi
Turistlarni bir joydan boshqa joyga olib boruvchilar turistik 
xizmat tarkibidagi o‘rniga muvofiq ravishda asosiy va yordamchi 
tashuvchilarga bo‘linadi. Ish bosqichlariga ko‘ra ularni quyidagilarga 
bo‘lish mumkin: 
– transfer, ya’ni biror transport vositasida turistlarni aeroport 
terminalidan, vokzaldan mehmonxonaga eltish hamda xuddi shu 


jarayonlarni turistlar vatanlariga qaytayotganlarida bajarish; 
– turistlarni borishlari kerak bo‘lgan uzoq masofalarga eltish; 
– avtobus va temir yo‘l turlarida yo‘nalish bo‘yicha olib yurish. 
Bunda tashish bosqichi, aslida, turning zaruriy va asosiy elementi 
bo‘ladi, tashish vositalari esa ko‘pincha tunash joylariga aylanadi, 
bunga dengiz sayohatiga doir yo‘nalishlarni ham kiritish mumkin; 
– ekskursion yo‘nalishlardagi tashish, masalan, shahar bo‘yicha, 
tematik bog‘lardagi va boshqa tashishlar; 
– shopping turlar uchun yuk tashish.
Joylashtirish turizm industriyasining eng muhim elementlaridan 
biri hisoblanadi. Mehmonxona industriyasi mehmondo‘stlik 
tizimining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday jamiyatga 
xos bo‘lgan mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat 
ko‘rsatish kabi eng qadimgi marosimlardir.
Mehmon qabul qilish industriyasini turli xildagi otellar, 
mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, 
appartamentlar, 
turistik 
xutorlar, 
shuningdek, 
turistlarni 
joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalari tashkil etadi.
 
 
8- rasm.Turistlar va sayyohlarni joylashtirish vositalari
 
Mehmonxonalarning turlari, ularning batafsil va aniq tafsiloti 
quyidagi 6- jadvalda berilgan.
 


6- jadval

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin