I. S. Tuxliyev., B Sh. Safarov
Turizm asoslari: O‘quv qo‘llanma – 2012. b.
Taqrizchilar:
Dilbar Aslanova,
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Nurali Ibodullayev,
iqtisod fanlari nomzodi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada turizmga oid fanlarni o‘qitishda
va amaliyotda
zarur bo‘lgan tushuncha va atamalar hamda turizmning iqtisodiy va ijtimoiy
ahamiyati
yoritib
berilgan.
Shuningdek
o‘quv qo‘llanmada
turizm
xizmatlarining tasniflanishi, turlari,
turizm industriyasi, turizmga oid
rasmiyatchilik,
turizmda huquqiy asoslar, turizmxizmatlari va mahsulotlari
hamda turistik xizmatlarni loyihalashtirish va turistik
sayohatning texnologik
xaritasini tuzish, yangi turistik korxonasini tashkil qilishda litsenziya olish
tartibi kabi murakkab mavzular ravon tilda, batafsil yoritib berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus kasb-hunar
kollejlarining turizm
sohasi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan