O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Markaziy Osiyo mintaqasi sayohatchilari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
1. 3. Markaziy Osiyo mintaqasi sayohatchilari 
Sayohlik O‘rta Osiyo o‘lkasida qadim zamonlardan rivojlangan 
bo‘lib, o‘lkamizdagi ilk sayyohlik ko‘rinishlari Buyuk Ipak yo‘liga 
borib taqaladi. Miloddan avvalgi II asrda ochilgan Buyuk Ipak 
yo‘lining ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu yo‘l faqat savdo 
yo‘li bo‘lmay, ayni paytda, dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy 
hamda davlatlararo aloqalar yo‘li bo‘lgan.
O‘rta osiyolik sayyohatchilarning ma’lum bir qismini 
ziyoratchilar tashkil etgan bo‘lib, muqaddas joylarga borib ziyorat 
qilish maqsadida uzoq va mashaqqatli sayohatlarni amalga 
oshirganlar.
VII–VIII asrlarda arablar Movarounnahrni zabt etish yo‘li bilan 
mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib 
kelayotgan madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazib, asta-sekinlik bilan 
islom dinini targ‘ib eta boshlashdi. Mahalliy xalqning islom diniga 
o‘tishi bilan, Markaziy Osiyo Arabistondagi Makka-yu Madina bilan 
bog‘landi. Islom dini farzlaridan biri hajga borish hisoblanib, 


movarounnahrliklar o‘z yurtlaridan chiqib, Afg‘oniston, Eron, Iroq, 
Suriya orqali o‘tib, Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina 
shaharlarida haj amalini bajarganlar. Bu yo‘l mashaqqatli, og‘ir, bir 
necha oy va yillar ichida bosib o‘tiladigan masofaga teng bo‘lsa-da, 
yildan yilga hajga boruvchilarning soni ortib borgan.
Ziyoratchi-olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis Imom 
al-Buxoriyni kiritishimiz mumkin. Imom Ismoil al-Buxoriy o‘z 
onasi bilan 17 yoshda hajga borib, bir necha yil Arabistonda 
yashaydi. U 40 yil mobaynida Bog‘dod, Damashq, Balx, Nishopur, 
Misr va boshqa ko‘pgina arab mamlakatlari shaharlarini sayohat 
qilib, hadislarni to‘playdi. Bundan tashqari, Abu Iso Muhammad 
at-Termiziyni ham misol qilish mumkin. Shu davrda uning 
Bog‘dodda ko‘pgina shogirdlari ham bor edi.
Arab xalifaligiga kirgan Movarounnahrda, Xurosonda, Xorazmda 
mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q qilinadi, natijada yerli olimlar, 
tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari: Damashq, Qohira, 
Bog‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod 
qilishga majbur bo‘ladilar. Bu shaharlar o‘sha davrda Sharqning yirik 
ilm va madaniyat markazlari bo‘lib, ular orasida Bog‘dod shahri eng 
mashhuri 
edi. 
IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma» 
(«Donishmandlar uyi») – Sharqning o‘z davridagi Fanlar 
akademiyasi tashkil etilgan edi.
«Bayt ul-hikma»da katta kutubxona hamda Bog‘dodda va 
Damashqda astranomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar 


mavjud edi. Bu yerdagi toliblar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi 
yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini 
arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanganlar. Bu yerda o‘rta asar 
ilm-u faniga katta hissa qo‘shgan ko‘pgina movarounnahrlik va 
xurosonlik olimlar ijod qilishgan.
Jumladan, 20 dan ortiq asarlar muallifi, qomusiy olim 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin