O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Sayohat va turizm tushunchalarining



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 


1. 4. Sayohat va turizm tushunchalarining 
mohiyati va ularning o‘zaro farqi
Sayohat va turizm (travel and tourism) – bir-biriga yaqin 
tushuncha bo‘lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini 
ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko‘ngil ochish, sport, 
atrof-muhitni anglash, savdo, fan, davolanish va boshqa ko‘plab 
jihatlarni qamrab oladi.
Sayohattushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’i nazar, 
ularning makondan makonga erkin ko‘chib yurishini anglatadi 
hamda bu sayyohatchilarning turmush tarzi bo‘lib hisoblanadi.
«Turist– jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan 
sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda 
borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan 
shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi 
(sayohat qilishi)»
5
.
Sayohatchibu, birinchi navbatda, kasb bo‘lib, odamlarning kasbi 
yoki kun ko‘rish manbayi yo bo‘lmasa, sayohatda ishtirok 
etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa 
faoliyatning maqsadi bo‘lib, turizm maqsadlaridan farq qiladi.
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan 
baptist pastori Tomas Kuk birinchilardan bo‘lib sayohatchilarning 
ommaviy safar uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab 
5
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni.


yetdi hamda 1843- yilda u dastlabki temir yo‘l orqali turni 
tashkillashtirdi va muvaffaqiyatga erishdi. 1851- 
yilda u 
mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi 
ko‘rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko‘rgazmaga 165 
ming kishini olib kelishga musharraf bo‘ldi. Ko‘rgazma turlari katta 
foyda 
keltirganligi 
sababli, 
Kuk 
1865- 
yilda 
Angliyalik 
sayyohlarning Parijdagi Butunjahon ko‘rgazmasiga ommaviy 
ravishda tashrif buyurishlarini tashkil etdi. 1856- yildan boshlab 
Yevropa bo‘ylab turlar odatiy holga aylandi, Kukning turistik 
agentligi va uning filiallari tuzildi. Turistik kompaniyasining misli 
ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishganligini Kuk tomonidan 
sayyohlarga 
taklif 
etilgan 
katalogdan 

mingdan 
ortiq 
mehmonxonalarning o‘rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870- yilda 
«Tomas Kuk» turistik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga yetdi.
1832- yilda Yevropa va Amerika qit’alari o‘rtasida muntazam 
kema katnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1866- yilda Kuk AQSHga 
sayyohlarning dastlabki ikki guruhini jo‘natadi. Turlar uzoq muddatli 
bo‘lib, besh oygacha davom etgan. Tomas Kukning xizmatlaridan 
foydalangan amerikalik taniqli sayyohlardan biri Mark Tven bo‘lib, u 
oltmish kishidan iborat guruh tarkibida bo‘lgan va keyinchalik bu 
sayohat taassurotlarini qalamga olgan. Tomas Kuk 1872- yilda 
birinchilardan bo‘lib jahon bo‘ylab sayohat uyushtirishni taklif 
qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun jahon bo‘ylab 220 kun 
davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892- yilda vafot etgach, 


uning ishini o‘g‘illari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya 
o‘z faoliyat sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan 
va sayohatchilar uchun yo‘l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o‘z 
mohiyatiga ko‘ra asr ixtirosi – xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda 
«Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik 
agentliklarga ega bo‘lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat 
ko‘rsatadi.
Sayohatlardan hayotiy faoliyatning alohida jozibador usuli 
sifatida yangi shakl – turizm ajralib chiqqan bo‘lib, u o‘ziga xos 
xususiyatlar va hislatlari bilan tavsiflanadi.
Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqishda 
ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta’minotiga to‘xtalib o‘tish 
joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma’lum bir 
maqsadlarga (savdo, fan, yangi yerlarni ochish, mahsulot reklamasi 
va hokazo) xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va 
xususiy jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladi 
Bugungi kunda bo‘sh vaqt va yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan 
deyarli har bir shaxs jahon bo‘ylab turli transoprt vositalarida sayr 
qilishi, dunyoning inson qadami yetmagan joylariga tashrif buyurishi 
mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan turistik firmalar 
Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo‘ylab maxsus tayyorlangan 
avtomobillarda uzoq muddatli (30 haftagacha) qit’alararo 
sayohatlarni taklif qilmoqda. Buyuk yangi yer ochuvchilarning 
yo‘nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH dollariga teng 


bo‘lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmoqda.
Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha ma’lum bir 
sharoitlarda u turistik industriyasi korxonalari va turistik tashkilotlar 
tomonidan taqdim etiluvchi turistik xizmatlardan foydalanishni 
ko‘zda tutishi mumkin.
Turizm sayohatlarning bir turi bo‘lsa-da, biroq o‘ziga xos 
jihatlariga ko‘ra ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi 
shaxs turist deb nomlanadi. Muhimi, turistni sayohatchi deyishimiz 
mumkin, ammo sayohatchini esa har doim ham turist deya 
olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va 
siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan soha hisoblanadi. Turizmbu 
turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik 
maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni sayyohning faoliyati 
va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil 
turistik industriya korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar 
tomonidan amalga oshiriladi.
Turizm faoliyati, asosan, bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Bunday 
hol sodir bo‘lishi uchun ikki shart bo‘lishi kerak: dam olishga 
ajratilgan bo‘sh vaqt va tegishli mablag‘. Uzoq vaqt davomida 
turistik faoliyat bilan faqat badavlat kishilargina shug‘ullanishgan. 
Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va 
jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistik safarlarga borishga 
sarflamoqdalar.


Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga 
borib shaklangan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda 
rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat 
munosabatlarining yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini 
oldi. Bugungi kunda turizm jahon miqyosidagi iqtisodiyotning juda 
kuchli tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 
10 % ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar
asosiy vositalar va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik 
biznes, katta pul va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab 
aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda. Bugungi kunda turizm 
ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. Butunjahon Turistik Tashkiloti 
(BTT)ning baholashiga ko‘ra, turistik servisi rivojlangan shaharga 
tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollari atrofida 
sarflaydi, ya’ni bir sutkada shaharga har bir turist tomonidan 200 
AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Agar misollar bilan 
taqqoslaydigan bo‘lsak, bu miqdordagi foydani olish uchun hatto 
rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna paxta yoki 
2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistik zaxiralariga 
ega bo‘lgan barcha burchaklari hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va 
keng sayyohlar ommasi uchun ochiq emasligini ham hisobga olish 
lozim. Bunda tabiiy iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, 


mintaqadagi tinchlik, turizm industriyasining rivojlanishi kabilar 
muhim rol o‘ynaydi. Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga 
turdosh bo‘lgan bir necha tarmoqlarning ham rivojlanishiga sabab 
bo‘ladi. Bundan tashqari, turizmning rivojlanishi yana bir katta 
muammo bo‘lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik 
ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar 
turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‘liq bo‘lgan 
xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi o‘rinlarining 
ochilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, mahalliy mintaqalarning 
rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib, jumladan, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarni, mahalliy mahsulotlarini va milliy hunarmandchilik 
mahsulotlarini sotishga yordam beradi.
2- jadval

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin