Zahiriddin MuhammadBobur (1483- yil 14- fevral,
Andijon
shahri–1530- yil 26- dekabr, Hindistonning Agra shahri) – o‘zbek
mumtoz adabiyotining yirik vakili, tarixchi, sayyoh-olim, temuriylar
sulolasi vakili. «Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi» deb nomlangan Hind
davlatining, aslida, Boburiylar davlatining asoschisi bo‘lgan. Bobur
o‘zining mashhur «Boburnoma» nomli asarida XV asrning ikkinchi
yarmi va XVI asrning birinchi yarmidagi Movarounnahr, O‘rta
Osiyo, Afg‘oniston
hamda Hindiston tarixi, madaniyati va tabiati
haqida juda boy ilmiy ma’lumotlar keltiradi, bu, albatta, Boburning
ushbu yurtlarni kezib chiqqanligidan dalolat beradi.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, O‘rta Osiyoda qadimgi sayyohlik
Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, IX–XI
asrlarda sayyohlik tufayli kishilar bilimini oshiradigan turizmning
ilmiy turiga asos solingan va ziyoratchilik turizmi keng rivojlangan.
Rossiya davlati ham mashhur sayohatchilarga boy.Eng qadimgi
sayohatchilardan biri
Igumen Danill 1065-
yilda Afon Muqaddas
yerga ziyorat qilgani borgan va safar davomida ko‘pgina xalqlar va
o‘lkalar haqida batafsil yozib qoldirgan. 1471–1474- yillarda Eron va
Hindistonga sayohat qilgan
Afanasiy Nikitin «Uch dengiz osha
sayohat» nomli ajoyib asar bitgan. Keyinroq, mashhur sayohatchilar
–
N. N. Mikluxo-Maklay (1846–1888),
N. M. Perjevalskiy (1839–
1888),
V. I. Bering (1681–1741) va boshqalar o‘z nomlarini
sayohatchilar tarixida yozib qoldirganlar.
Dostları ilə paylaş: