umumiy sonidagi ulushi
Xorijiy turistlarning tashrifidan maqsadlari bo‘yicha tarkibi
muhim ahamiyatga ega. Uning 2000–2004- yillardagi o‘zgarish
dinamikasi diagrammada ko‘rsatilgan (2- rasm).
2- rasm. Keluvchi turistlarning maqsadlari bo‘yicha tarkibi
2004- yilda jami keluvchi turistlarning soniga nisbatan dam olish
va sog‘lomlashtirish maqsadida kelganlar 13,1% ni, tadbirqorlik va
kasbiy maqsadlarda kelganlar 21,9% ni, boshqa va shaxsiy
maqsadlarda keluvchilar soni 65% ni tashkil etdi.
O‘zbekistonda 2005- yil holatiga doir ma’lumotlarga qaraganda,
jami turistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning soni 351
tani tashkil etgan. Shundan 290 tasi xususiy turistik firmalar bo‘lib
(83%), ularning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi 90% ni tashkil
etgan.
Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi
bosqichi boshlangan bo‘lib, unda Xususiy turistik tashkilotlar
assotsiatsiyasiga
va
tashkil
etiladigan
boshqa
turistik
assotsiatsiyalarga (masalan, Gid – tarjimonlar assotsiatsiyasi,
Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi)
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini
o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm
bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq
sur’atlarda rivojlanishiga yordam beradi.
Butunjahon Turistik Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili
turistlar sonining 7% ga o‘sishini hisobga olganda, 2010- yilda
sayyohlar soni bir milliardga yetishi belgilangan edi. Ammo 2008-
yilda boshlangan jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keyingi yillar mobaynida turistlar
sonining kamayishi kuzatilmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan
O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik va taraqqiyotning o‘zbek modeli
afzalligi tufayli hozirgi paytda xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni ham
o‘sib bormoqda. O‘zbekistonda turizm sohasining 2001–2010- yillar
davomidagi rivojlanish dinamikasini «O‘zbekturizm» MKning
ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi (3- rasm).
3- rasm.
Dostları ilə paylaş: |