O‘zbekiston Respublikasida 2000–2010- yillar davomidagi turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning rivojlanish dinamikasi (ming kishi) O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent–
Samarqand–Buxoro–Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qiladilar.
Chunki O‘zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu mintaqalarda
yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‘liga taalluqli ko‘pgina
obyektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‘zbekistonga
guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak
yo‘li
yo‘nalishi
bo‘yicha
harakatlanadilar).
Shuningdek,
Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham
turistlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muhim turistik
jozibador manzillar mavjud bo‘lsa-da, turistik infratuzilmaning
rivojlanmaganligi tufayli turistlarning bu joylarga kelishlariga
to‘sqinlik qiladi. Bu kabi kamchilarni bartaraf etish maqsadida
hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovonidan o‘tuvchi yo‘l qayta
ta’mirlandi. Samarqanddan Surxondaryoga, Toshkent shahridan
Buxoro va Samarqand shaharlariga turistlarni tashish uchun
elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l qurildi. Toshkent–Samarqand
yo‘nalishini tashkil etuvchi 344 kilometrli masofani atigi 2 soatda
bosib o‘tadigan, yuqori tezlikda harakatladigan «Talgo–250» rusumli
yo‘lovchi tashuvchi elektropoyazdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bu poyezdlardan foydalanish maqsadida temir o‘l infratuzilmasini
modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llar
qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yo‘l izlari
yotqizildi. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi temiryo‘l
vokzallari qaytadan to‘liq rekonstrutsiya qilindi.
Xorijiy turistlarga yuqori servis xizmatlarini tashkil qilish
maqsadida bu shaharlarda ko‘plab turistik mehmonxonalar bunyod
etilmoqda va yangi turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda.
Turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valutasi va
sarmoyalari oqimini ta’minlaydi, unga yaqin bo‘lgan sohalarning tez
o‘sishiga ko‘mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishga
yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini
oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf-xarajat
bilan turizm sohasida katta miqdordagi valuta kelib tushishini
ta’minlash mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarda turizm uchta yetakchi sohalar qatoriga
kiradi, tez sur’atlarda rivojlanadi va muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki turizim:
– mahalliy daromadni o‘stiradi;
– yangi ish o‘rinlarini yaratadi;
– ishlab chiqarishning turistik xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha sohalarini rivojlantiradi;
– turistik markazlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish
infrastrukturasini rivojlantiradi;
– xalq hunarmandchiligi markazlari faoliyatining rivojlanishini
tezlashtiradi;
– mahalliy aholi yashash darajasining o‘sishini ta’minlaydi;
– valuta tushumlari miqdorining o‘sishiga yordam beradi.