O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

10.Sport turizmining asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan 
sport turi bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratib berishdan iborat. 
Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli 
inventarlarni, maxsus trassalarni, yo‘llar, sport maydonchalarini, 
asbob-uskunalar. Sport sayohatlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan 
biri bu dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi.
11.Shop-turlar Rossiya va MDH davlatlari uchun xosdir. Xorijiy 
mamlakatlarga tashrifning asosiy maqsadi xorijdan xalq iste’moli 
tovarlarini xarid qilib, uni o‘zining mamlakatida yana qayta 
sotishdan iborat. (poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlarni Turkiya, 
Italiya, Portugaliya, Suriyadan; yozgi to‘qilgan kiyimlarni 
Indoneziyadan; po‘stinlar Gretsiya va Argentinadan; mebellarni 
Polsha va Italiyadan; elektronika mahsulotrlarini BAAdan; 
avtomashinalarni Germaniya, Shvetsiya, Finlandiya, Gallandiyadan 
sotb olishadi).
12.Diniy turizm (haj safari, ziyorati) hozirgi vaqtda juda yuqori 
talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. Har yili yuzlab 
vatandoshlarimiz Makka-yu Madinaga haj va umra safarlarini 
amalga oshirmoqdalar.
Turizmda diniy maqsadlarning bir necha turlarini ajratib 
ko‘rsatishi-miz mumkin: 
1. Haj ziyorati (gunohlarni yuvish maqsadida, diniy e’tiqod 


maqsadida ziyoratgoh joylariga tashrif buyurish).
2. Tanishuv tashrifi (diniy qadamjolar, haykallar; din tarixi, din 
madaniyati bilan tanishuv).
3. Ilmiy tashriflar (diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi 
tarixchilar va boshqa mutaxassislarning tashrifi).
13.Sog‘inish, qo‘msash turizmi qarindoshlarinikiga, tug‘ilgan 
joylariga va yaqinlarinikiga tashrif buyurish ehtiyojiga asoslangan va 
xalqaro turistik almashuvda muhim o‘rinni egallaydi. Qo‘msash 
turizmga yaqqol misol qilib, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda 
yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh-urug‘lari 
respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 
qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, yaxudiylar, nemislar va boshqa 
millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin.
14. Ekoturizm. Hozirgi kunda ekologik turizmga har qachongidan 
ham talab katta. Bu dunyoning barcha davlatlariga tegishli bo‘lib, 
faol dam olishning bir turi hisoblanadi. Unga ko‘ra inson o‘z 
sog‘ligini tiklabgina qolmay balki, bir qancha estetik hissiyotlar 
oladi. Hozirgi kunda ekologik turizm eng rivojlangan dam olish turi 
bo‘lib, bu sport turi ham hisoblanadi va u turizmning eng rivojlangan 
sohasiga aylanmoqda. Ekoturizmning maqsadi hozirgi va kelajak 
avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini 
ta’minlash uchun tabiatdan turistik maqsadlarda oqilona 
foydalanishdan iborat.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin