Barcha xalqaro turistik sayohatlarning o‘rtacha 65 foizi
Yevropaga, 20 foizi Amerikaga va qolgan 15
foizi boshqa
mintaqalarga to‘g‘ri keladi.
So‘ngi yillarda ichki va xalqaro turizmning bir-biriga yaqinlashish
tendensiyasi
kuzatildi,
bu
esa
turistik
rasmiyatchiliklarni
soddalashtirish bilan izohlanadi (masalan, Birlashgan Yevropadagi
Shengen Bitimi).
3.Kiruvchi turizm– faoliyati to‘lanmaydigan turistik maqsadlarda
doimiy yashamaydigan shaxslarning o‘zga
mamlakat hududiga
tashrifi, sayohati.
4.Chiquvchi turizm – bir mamlakat hududida doimiy yashovchi
shaxsning boshqa mamlakatga faoliyati to‘lanmaydigan
sayohati,
tashrifi.
5.Rekreatsion turizm dam olish maqsadidagi turist bo‘lib, qator
davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli hisoblanadi. Ispaniyaga,
Italiyaga,
Fransiyaga, Avstriyaga chet el turistlarining tashrifi,
avvalo, mana shu maqsadni ko‘zda tutadi.
Dam olish maqsadidagi
safarlar xilma-xilligi bilan farqlanadi va qiziqarli tomosha
dasturlarini (teatr, kino, festival va hokazo), qiziqishlar bo‘yicha
mashg‘ulotlar (ov,
baliq ovlash, musiqali,
badiiy ijodiyot va
hokazolar bilan shug‘ullanishni) o‘zga mamlakatning milliy
madaniyatini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan etnik sayohatlarni o‘z
ichiga olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: