2. 2. Turizm turlarining tasniflanishi va ko‘rinishlari
Turistik oqimlarning yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari
«Kiruvchi» va «Chiquvchi» toifalarga bo‘linadi. Ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg‘un holatda taraqqiy etadi,
«ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi.
Talab nuqtayi nazaridan turizmning uchta turini ko‘rsatish
mumkin: ichki, kiruvchi va chiquvchi turizm. Geografik prinsip
asosida turizm sohasining tasniflanishi bo‘yicha xalqaro, milliy va
mamlakat chegarasidagi ichki turizm turlari mavjud.
4- rasm. Turizmning turlari bo‘yicha tasniflanishi
Hozirgi kunda Rossiyada 10 nafar chiquvchi turistga 1 nafar ichki
turist to‘g‘ri keladi.
2010- yilda O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar
natijasiga ko‘ra, har 6 nafar chiquvchi turistga 1 nafar ichki turist
to‘g‘ri kelgan.
Turizm bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon Turistik
Tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha quyidagi proporsiya tavsiya
qilinadi:
1 nafar kiruvchi turist – 1 nafar chiquvchi turist – 4 nafar ichki turist.
Bu proporsiya BTT tavsiyalari bo‘yicha eng optimal nisbat
hisoblanadi, uni amalga oshirish uchun turistik faoliyatini tartibga
soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlar va qonunlar qabul qilishga to‘g‘ri
keladi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqorolarning
kelishi va fuqorolarning chet elga chiqishlari haqidagi batafsil
ma’lumot quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:
4- jadval
O‘zbekiston Respublikasiga 2009- yilda fuqorolarning
kelishi va fuqarolarning chet elga chiqishlari
(rasmiy deklaratsiyadan o‘tgan, kishilar hisobida)
Ko‘rsatki
chlar
Jami
Shu jumladan safar maqsadlari bo‘yicha
Tad
b
ir
k
o
rl
ik
(
x
izm
at
d
o
iras
id
a)
O‘q
ish
Ish
las
h
Tu
risti
k
Qa
rin
d
o
sh
larn
ik
ig
a
tas
h
rif
Da
v
o
lan
ish
DTJ (d
o
imi
y
tu
ra
r-
jo
y
i)
Ti
jo
ra
t
Kirish
1294429
71099
5864
27520
149678
914803
40194
52158
33113
Shu
jumladan
:
MDH
davlatlari
1101034
54044
4858
14818
65606
874061
38659
37980
11008
Boshqa
chet
el
davlatlari
193395
17055
1006
12702
84072
40742
1535
14178
22105
Chiqish
918055
36795
5778
16148
94194
108370
5883
635147
15788
Shu
jumladan
:MDH
davlatlari
ga
729843
23463
5165
10157
49614
101443
4280
530455
5266
Boshqa
chet
el
davlatlari
ga
188212
13332
610
5991
44535
6927
1603
104692
10522
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari
Jadvalda qayd etilganidek, 2009- yilda fuqarolarning chiqish
oqimi 918055 kishini tashkil etgan bo‘lsa, kirish oqimi 1294429
kishini qamragan, bu hol respublikada turizm eksporti salmog‘ining
nihoyatda oshganligidan dalolat beradi. Demak, respublika
byudjetiga kirib keluvchi mablag‘ chikuvchi oqimidan olinadigan
daromadga nisbatan ancha oshib bormoqda. Bu holatni O‘zbekiston
milliy iqtisodiyotining rivojlanishidagi ijobiy ko‘rsatkichlardan biri
sifatida baholash mumkin. Ammo O‘zbekistonga amalga oshirilgan
sayohatlarni maqsadlariga ko‘ra tahlil qilsak, quyidagi holatni
kuzatamiz kiruvchi oqimda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bevosita
turistik maqsad bilan va xizmat vazifasiga ko‘ra tashrif maqsadlari
turadi. Milliy turistik mahsulotning bunday shakllaridan biri
ishbilarmonlar turizmidir, uning ommabopligi hordiq olish va xizmat
vazifalarining uzviy bog‘liq bo‘lgani bilan izohlanadi, shuning uchun
bu tur chet ellik mehmonlar uchun qiziqarlidir. Tadbirkorlarning ish
bo‘yicha sayohat-safarlari keyingi vaqtlarda ommaviylashib
bormoqda. Bir qator turistik firmalar biznesmenlarning turli
maqsadlarga yo‘naltirilgan guruhiy safarlarini tashkil etishga
ixtisoslashgan. Ish turizmining katta afzalligi shundaki, uni
nomavsumiy pallada ham tashkil etish imkoniyati mavjud. Bunda
turistik firmalar turistik xizmatlarni – transport, joylashuv,
ovqatlanish, ekskursion xizmatlarni tashkil qilish bilan bir qatorda,
mintaqaga xos ma’lumotlarni o‘rganish, bo‘lajak ish hamkorlari
haqida ma’lumot yig‘ish, tarjimalar, zaruriy iqtisodiy materiallar
taqdimoti, ish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etish kabi xizmatlarni
ham taqdim qilishi mumkin. Turizm bozoridagi bu turning muhim
xususiyati
shundan iboratki, ish bo‘yicha o‘tkaziladigan
uchrashuvlarning ishtirokchilari mamlakatga tashrifi jarayonida
oddiy turistdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflaydilar.
Shunday qilib, turizm xizmatlar bozorida malakaviy ish turizmini
O‘zbekiston turizm industriyasi rivojlanishining eng istiqbolli
yo‘nalishi sifatida belgilash mumkin. Buning uchun xizmat
ko‘rsatishning mazkur segmentidagi sezilarli o‘sishni MDH
mamlakatlari va uzoq xorij bilan avvalgi aloqalar tizimini tiklash va
yangi aloqalarni o‘rnatish tufayligina ta’minlash mumkin.
Sayohatlarining maqsadlariga ko‘ra kiruvchi va chiquvchi xorijiy
fuqarolar sonining taqsimlanish ko‘rsatkichlari, bevosita turizm
maqsadi bo‘yicha tashriflar ulushining kamligi, bizningcha, kerakli
turpaket, brend va turistik xizmatlar servisining nisbatan past
darajada
ekanligidan
dalolat
beradi. Mamlakatimiz turizm
industriyasining
faoliyatida
mavsumiylik
omili
mavjudligi
O‘zbekistonning
iqlimiy
shart-sharoitlari
va
turmahsulotni
shakllantirishda aynan tabiiy-iqlimiy omillar muhim rol o‘ynashi
bilan izohlanadi. Bu, ayniqsa, turizm maskani bo‘lgan Samarqand
hududining turizm tizimi misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ichki
turizm bo‘yicha turistlar, asosan, fevralda (5,2%), iyunda (19%) va
avgust oylarida (15,1%) sayohat qilishgan. Kiruvchi turizmda esa,
asosan, aprel (10,7%), may (18,3%) oylarida tashrif buyurishgan
bo‘lsa, dekabr, yanvar, fevral va mart oylarida bu ko‘rsatkich atigi
1,8% ni tashkil qilgan. (5- jadval va 5- rasmga qarang)
Mamlakatimiz turistlarining o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib,
dam olishni, asosan, yoz oylarida amalga oshirishlarining turg‘un
holati shakllangan bo‘lib, bu oylarda sayohatlar hajmi 42,8% ga
to‘g‘ri keladi. Bunda, asosan, oilaviy dam olishga etibor beriladi –
sentabrda sayohatlar sonining 2 karra tushib ketishi o‘quv yilining
boshlanishi bilan izohlanadi, o‘rtacha oilaviy sayohat 3 kishidan
iborat bo‘lgan oila bilan amalga oshiriladi.
5-jadval
Dostları ilə paylaş: |