Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari.
Klubli dam olish tizimi jahon turizm biznesida tez o‘sib
borayotgan sektorlardan biri hisoblanadi, u jahonning 81
mamlakatida o‘z rivojiga ega, mazkur tizimda ishlovchi 4500 dan
ziyod kurort – turmajmualar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dam olishning
bu turi dam olishni tashkil etish, yashash va ovqatlanishni erkin
tanlash xususiyati tufayli G‘arb davlatlarida ulkan ommaviylik bilan
foydalaniladi. Hozirgi vazifa shundan iboratki, dam olishni bu to‘rini
ommabop, qiziqarli va ochiq bo‘lishni ta’minlashdan iborat. Klubli
dam olishni farqli tomonlaridan biri shundaki, turistlar nomerda
emas, balki jihozlangan oshxonalarga ega bo‘lgan shinam,
dang‘illama uy, koshonalarda (apartament) dam oladilar. Bu
oshxonada shoshmasdan nonushta tayyorlashni va ayvonda kofe
ichishni xush ko‘radiganlar uchun juda qulay hamda zavqli
hisoblanadi. Agar sizni yosh farzandingiz bo‘lsa yoki siz parhezda
bo‘lsangiz mazkur usul eng maqbul, yaxshi variant hisoblanadi. Bu
yerda nafaqatgina oddiy tungi nonushta qilish, balki qo‘shimcha
to‘lov evaziga tamaddi qilishning ma’lum turi: pansion (ta’minot)
yoki yarim pansionlarni olish mumkin bo‘lgan restoran va
qaxvaxonalar ham mavjud.
Apartament (dang‘illama uy, koshona) lar studiyadan (bu
kattagina xona), jihozlangan oshxonalardan tortib to bir, ikki, uch
kishilik tunash joylariga ega bo‘lgan apartamentlar kabi bir necha
turlarga bo‘linganligi sababli kichik oilalar ham klubda shinam
joylashishlari mumkin.
Haqiqatda – bu turistlar o‘z uylariga tashrif buyurganidek obod,
shinam har tomonlama qulay kvartira hisoblanadi. Kvartiradan
yagona farqli jihati u saroyda yoki otelda joylashgan bo‘lishi
mumkin. Klub – bu faqatgina klub a’zolari va ularning mehmonlari
dam oladigan yopiq hudud hisoblanadi.
Bu yerdagi barcha dam oluvchilar klubli dam olishni
imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishtiriladigan uchrashuvda
ishtirok etishi zarur. Butun dam olish davomida har bir oila juftligiga
ularni klubga kelish payti dan boshlab to ketish vaqtigacha dam olish
sifatini nazorat qiluvchi va turli-tuman sayohat (ekskursiya) dasturini
taklif etuvchi gid (ekskursiya boshlovchisi) biriktiriladi.
Dam olish klubi – turizm industriyasining tarkibiy qismi bo‘lib
hisoblangan, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga
oshiruvchi klub a’zolarini dam olishni tashkil etish maqsadida
yaratilgan tijorat yoki notijorat tashkilotdir.
Klubli dam olish – klub tomonidan belgilangan muddatlarda va
qo‘yilgan shartlar asosida klubga tegishli bo‘lgan joylashtirish dam
olish joylarida dam olishning bir turidir.
Bo‘lingan vaqt tartibida klubli dam olish (taymsher) –
davomiyligi bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda har yilning
ma’lum davrida klubda dam olish.
Dam olish klub a’zosi – klub tomonidan aniqlanadigan huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lgan, dam olish klubi a’zolik reyestiriga qayd
qilingan huquqiy yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Sotuvchi –
shaxsiy tadbirqorlar yoki huquqiy shaxslar, jumladan, tadbirqorlik
faoliyati doirasida klubli dam olishga xuddi turagent sifatida huquqli
sotishni amalga oshiruvchi dam olish klublaridir.
Sotishning tashkilotchisi tadbirqorlik faoliyati doirasida uni
sotishdan tashqari, qonunda ta’qiqlanmagan istalgan usulda klubda
dam olish huquqini bozorga chiquvchi xususiy ) tadbirqor yoki
huquqiy shaxs hisoblanadi; haridor – maqsadi foyda olish bilan
bog‘liq bo‘lmagan klubda dam olish huquqini harid qiluvchi yoki
harid qilish niyatida bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxsdir.
Sotuvchi va haridor o‘rtasidagi munosabatlar mos ravishdagi
shartnoma bilan tartibga solinadi.
Klubda dam olish huquqini sotish maqsadlarida tuzilgan klub
shartnomaga (bundan keyin – klubda dam olish shartnomasi) rus
tilida rasmiylashtiriladi yoki haridorni talabiga ko‘ra u yashaydigan
hudud respublikasidagi davlat tilida rasmiylashtiriladi. Agar dam
olish klubini a’zosi klubda dam olish shartnomasi tuzilgandan keyin
chet el davlati hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, unda
ko‘rsatilgan shartnoma bilan birga sotuvchi dam olish klubi qayd
qilingan hududda belgilangan tartibda davlatni rasman tiliga tarjima
qilib, qonuniylashtirib (rasmiylashtirib) berishi kerak.
Klubda dam olish shartnomasi uning a’zolariga qabul qilinadigan
dam olish klubi tomonidan ko‘rsatiladigan joylashuv vositalari va
xizmatlari bilan tanishtirilgandan keyingina tuzilishi zarur. Joylashuv
vositalari bilan tanishish maqsadlarida tashrif buyurish harajatlari
klubli dam olish shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab
qoplanadi. Ko‘rsatilgan harajatlar miqdori sotuvchi va haridor
o‘rtasida oldindan kelishiladi.
Joylashish vositalari bilan haridorni oldindan tanishtirish
faqatgina u yerga haridorni tashrifdan voz kechgan holatlarda ruxsat
etiladi. Bu to‘g‘risida klubda dam olish shartnomasida mos
ravishdagi yozuvlar qayd etiladi yoki klubda dam olish shartnomasi
qonunga mos ravishda belgilangan qoidalar bo‘yicha kimoshdi
savdolarini tashkil etish yo‘li bilan klubda dam olish huquqini ulgurji
bozorini shakllantiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar orqali
tuziladi.
Klubda dam olish shartnomasini tuzishdan oldin sotuvchi
oldindan haridorga taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘ldirish huquqiga
ega. Sotuvchi va sotish tashkilotchisi haridorga ham yozma shaklda
ham og‘zaki shaklda taqdim etilgan ma’lumotlarni ishonchliligini
qonunlarga mosligi (muvofiq kelishi) ustida javobgardirlar.
Agar sotuvchi klubda dam olish shartnomasini tuzishda dam olish
klubi bo‘lmasa, haridorga ko‘rsatilgan shartnoma tuzish huquqini
sotuvchiga beruvchi hujjatlar nusxasini berishga majbur. Dam olish
klubi va ko‘rsatilgan klub a’zosi o‘rtasidagi munosabatlar dam olish
klubi a’zolarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi klub a’zosi
va dam olish klubi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi
hujjatlarni haridorga berishi zarur. Bu to‘g‘rida klubda dam olish
shartnomasida tegishli mos ravishda yozuvlar qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: |