O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

Qishloq turizmining rivojlanishi. 
Qishloq turizmi – farm tour, riral tour. Dam olish vaqti har 
qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala xovlidami juda ham 
maroqlidir. Bu xayot talabi bo‘lib, doimo dala xovlilarini yoki 
boshqa joylarni ko‘p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan 
joylarda dam olish uchun ijaraga olinadi. Qishloq turizmining o‘ziga 
xos tomonlari shundaki, masalan, Sitsiliyaning agrar viloyatlarida 
ishchi kuchi yetishmasligi tufayli kambag‘al turistlar yoki 
studentlarni ish haqi to‘lamasdan, boshpana va ovqat uchun ishga 
yollashi mumkin. Bunday «dam oluvchi» usha yerga borib qaytishi 
uchun mablag‘ topsa bo‘lgani. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki kun plyajlarda 
cho‘milishi, muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko‘rishi 
mumkin. 
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur 
hisoblanib, dunyo turizm xizmat bozorida alohida o‘rin tutadi.


Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan 
raqobatlasha olmasa ham, shunga qaramay turizm ishlarida alohida 
o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq. 
Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi 
aholinig samimiyligi, tabiatning tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi 
tufayli uning kelajagi bor. Lekin, shunga qaramay, xorijiy 
turoperatorlarning fidoyiligi, turistlarni o‘z qishloqlariga tortishi, 
turistlarni o‘z xalqining va davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi, 
ish joylarini tashkil etishlari, o‘z yurtining turistlik resurslarini 
mustahkamlab, 
davlatga 
valyuta 
olib 
kirishlari 
va 
shu 
daromadlaridan soliqlar to‘lab xazinani to‘ldirishlari taxsinga loyiq. 
Umuman qishloqlarda turist bo‘lib turish, sanatoriy-kurort zonalarida 
yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma 
ham qimmatbaho turistlik markazlarda dam olaolmaydi, shu jihatdan 
qishloq turizmini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
– qishloq joylarda alohida kategoriya odamlar uchun ularning pul 
mablag‘lari miqdoriga qaramay, oilasining an’analariga qarab 
amalga oshiriladi; 
– shifokor maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida 
sog‘lomlashtirishni olib borishga qarab; 
– tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish 
maqsadida; 
– ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan ovqatlanishi 


mumkinligi uchun; 
– qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishi, ishlash uchun real 
imkoniyatlar borligi uchun; 
– boshqa ijtimoiy toifadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi, 
ularning madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish, bayramlari va 
o‘yinlarida qatnashish imkoniyatining mavjudligi uchun. 
Qishloqda dam olish – bu tabiat qo‘ynida bo‘lish, yillar davomida 
shahar sharoitida yig‘ilib qolgan charchoqlarni chiqarish, toza havo, 
ekologik toza bo‘lgan oziq-ovqatlar, iqlim sharoitlarini o‘zgartirish, 
aholi sonining kamligi, boshqa tartib-qoida va yashash madaniyati, 
qishloq xo‘jalik ishlarida ishtirok etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, 
tabiat bergan in’omlarni to‘plash va qolaversa, dam olishning 
arzonligidan iborat. Shulardan kelib chiqib, bu turizm turi o‘z 
harakteriga ko‘ra ekologik turizmning bir ko‘rinishiga kiradi.
Shahar aholisining yozgi issiq kunlardagi va qishki qorli 
kunlardagi xordiq olishlarini to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati 
mavjudligini e’tiborga olib, qishloq turizmini respublikamiz 
hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta 
bo‘lmagan uylarni, qishloqlardagi katta bo‘lmagan xonalarni, 
kottejlarni, tabiat manzaralari chiroyli bo‘lgan joylarni ijaraga olish 
yo‘li bilan.
Turistlar qishloqdagi fermerning uyida oilasini joylashtirishi 
maqsadga muvofiqdir, bu – turistlarni qishloq hayoti va u yerdagi 
yangi insonlar bilan yaqindan tanishtirishga, ularning urf-odatlari va 


qishloq xo‘jalik ishlari bilan kuchi yetgan darajada ishlashga imkon 
beradi. Shubhasiz, bu uy egalari uchun noqulayliklar yaratadi, lekin 
fermerlar uchun qo‘shimcha pul va yangilik olib keladi. Bunda 
turistlar uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha 
zaruriy narsalar yetkazib beriladi. Bunday turizmdan davlat ham, 
fermerlar ham daromad ko‘radi. Shu jihatdan qishloq turizmini qulay 
va kamharajat turizm turi deyish mumkin.
Go‘zal tog‘li 
mavzelarga sayohat, tog‘larda sayr qilish, guzal joylarni tomosha 
qilish va h.k. Turistlar e’tiborini quyidagi ajoyib joylar lol qoldiradi. 
Grand Kanon, Tosh barmoqlar vodiysi (Avstraliya). Ulkan 
sharsharalar (Niagara, Viktoriya). Turistlar uchun ularni tomosha 
qiladigan maydonchalar, moslamalar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda 
bunday go‘zal joylar asosan, Surxandaryonning Saraosiyo tog‘li 
hududlari, Jizzaxning Zomin tog‘ manzaralari, Toshkent viloyatidagi 
Chotqol tog‘ tizmalari, hamda Qashqadaryodagi Kitob xalqaro 
geografik kengliklarida joylashgan. 


Safari Safary tour – 
qo‘riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq 
ovi maqsadidagi sayohat, fotoovchilik, Keniya yoki JAR 
qo‘riqxonalariga sayr, tabiatda ajoyib hayvonlarni erkin holda 
ko‘rish maqsadidagi sayrlar. 
Tabiat qo‘yniga yoki qo‘riqxonadagi e’tiborga loyiq yerlarga jip 
mashinalarida (Jip-Safary) sayohat. Sayohat davomida turistlar 
o‘tirgan jiplardan tashqari kuzatuvchi mashinalar kalonnasi bo‘lib, 
ular oziq – ovqat, palatkalar, yoqilg‘i va shu kabilar bilan yuklanadi. 
Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko‘rish, balki tog‘li 
hududda avtomobil boshqarish, tusiqlarni yengib o‘tish, lager 
hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish 
kabilarni o‘rgatadi. 
Urushlar va tarixiy janglar bo‘lgan joylarga urush ishtirokchilari 
va ularning avlodlari uchun uyushtirilgan turizm. Ular o‘z ichiga 
kuyidaglarni oladi: harbiy ob’yekt va poligonlar, harbiy texnikada 
sayr, tanklar, kiruvchi samolyotlar, harbiy qurollardan foydalanish, 
harbiy o‘quv mashqlari, kosmik kemalar uchirishni tomosha qilish 
kabilar. Bularni- military tour,-deb ataladi. Shuningdek bu 


sayohatlarga yana konslagerlar va qamoqxonalarga tashriflar kiradi. 
Qumsash turizmi – bu asosan qarindosh yoki do‘stlarini ziyorat 
qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z mamlkatlaridan ayrim sabablarga 
ko‘ra ko‘chib ketgan kishilar bilan bog‘liq. Ko‘chib ketganlar shartli 
ravishda ikki turga bo‘linadi:
– majburiy ko‘chganlar, o‘zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy 
yoki siyosiy sabablariga ko‘ra tashlab ketganlar.
– o‘z xohishlari bo‘yicha ko‘chganlar – o‘z yurtlarini yaxshi 
hayot izlab tashlab ketganlar.
Majburiy ko‘chganlar – sayyoramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
Aholi migratsiyasi iqtisodiy, siyosiy va diniy omillar ta’sirida 
bo‘ladi. Ming yillar oldin Norvegiyaliklar va Irlandiyaliklar, 
Islandiya va Grilandiyaga ko‘chgan edilar. Tarixda Angliyadan 
Amerika qit’asiga diniy qarashlari tufayli ko‘chganlar haqida ham 
ma’lumotlar bor. Jahon urushlari sanoqsiz kulfatlar va yangi 
qochoqlar tulqinini vujudga keltirdi, ularga urushdan qochganlar va 
asrlar kirib, o‘z vatanlariga qaytishdan xavfsirab boshqa yerlarga 
ko‘chganlar. 
Keyingi turdagi ko‘chganlarga Volga buyi nemislarini kiritish 
mumkin. Bu yerda ular rus shohlari tomonidan yashashga taklif 
qilingan, 200 yildan keyin esa kommunistlar ularni vatan xoini deb 
Qozog‘istonga ko‘chirishgan, qayta ko‘rish va ittifoqning birligini 
yo‘qolishi, ular hayotini yanada qiyinlashtirdi, faqatgina 300 yil o‘tib 
ular o‘zlarining vatani – Germaniyaga (minglab aholi) qaytib 


kelishmoqda.
Qo‘msash turizmga yaqqol misol bo‘lib, O‘zbekistonda Sobiq 
ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh 
urug‘lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib 
kelayotgan qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, turklar, nemislar va boshqa 
millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin. 
Diniy ziyorat – (religious or piligrim tour) diniy maqsaddagi 
sayohat va sayrlardan iborat. Diniy maqsaddagi ziyorat tarixiy 
sayohat bo‘lib, uning ildizlari tarixga boradi. Bu kabi turistlarning 
birinchilari o‘rta asr ibodatchilaridir. Bu xildagi sayr diniy ishonch, 
o‘z va o‘zga dinlarga qiziqish asosida vujudga keladi.
Dunyodagi ko‘p odamlar Makkai Mukarramaga, muqaddas yer 
bo‘lgan Vatikan ibodatxonalariga va boshqa joylarni ziyorat qilish 
uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday muqaddas ziyorat 
qiladigan joylarga Samarqanddagi, Buxorodagi, Xorazmdagi va 
boshqa viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la 
oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan Imom 
al-Buxoriy ziyoratgohi diniy turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa 
egadir.
Turizm bozorida Rojdestvo va boshqa bayramlarni nishonlash 
uchun, Finlyandiya va boshqa Skandinaviya, G‘arbiy Yevropa 
davlatlariga sayr qilishadigan xizmatlar mavjud. Turistlar ichida 
ayniqsa Finlyandiyaning qutb chegarasida joylashgan Rovaniymiga, 
Santa Klaus vataniga sayohat mashhur bo‘lib bormoqda. Bu yerda 


bolalar va kattalar uchun tantanalar o‘tkaziladi. Laplandiyada 
zamonaviy aeroport qurilib, u yerga xatto samolyotlar ham qatnaydi. 
Mehmonlar uchun Santa Klaus va gnomlar ishtirokida tomoshalar 
uyushtiriladi, Santa Klaus qishlog‘ida supermarket, g‘orlarda bolalar 
tomoshagohlari qurilgan. 
Marosim turizmi (ritual tour), odatda, qarindoshlarning qabrlari 
yoki janglarda vafot etganlar dafin etilgan joylarga uyushtiriladi. 
Qarindoshlar yoki yaqinlar qabrlari va maqbaralarini ziyorat qilish 
marosim turizmining asosini tashkil etadi. Ko‘pgina turistlar tarixiy 
yurtlarga aynan qarindoshlarini kabrlarini ziyorat qilishga boradilar. 
Yana bir marosim turizmi – bu yaqin orada janglar bo‘lib o‘tib, shu 
janglarda halok bo‘lgan askar va zobitlar qabrini ziyorat qilish uchun 
uyushtiriladigan sayohatdir. Respublikamizda bu turdagi turizm bilan 
«Nuroniy», «Shaxidlar xotirasi», «Oltin meros» jamg‘armalari 
shunday ezgu ishlar bilan shug‘ullanadilar. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin