2009- yilda Samarqandga qilingan sayohatlarni amalga oshirish
mavsumiga ko‘ra xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining taqsimlanishi
(ming kishi)
Jami xizmat ko‘rsatilgan
Ichki turizm
Kiruvchi turizm
Chiquvchi turizm
turistlar soni
26,4
100%
70,8
100%
0,79
100%
Yanvar
1,1
4,3
0,7
1,2
0,034
1,0
Fevral
1,4
5,2
0,6
1,1
0,055
5,0
Mart
1,9
6,9
2,2
3,3
0,039
2,4
Aprel
2,3
8,2
7,5
10,7
0,037
1,9
May
2,4
9
13,1
18,3
0,112
13,8
Iyun
4,7
19
8,7
12,4
0,044
3,7
Iyul
2,3
8,7
2,1
3,1
0,092
13,5
Avgust
3,8
15,1
10,5
14,8
0,044
3,7
Sentabr
2,2
7,8
8,2
11,4
0,039
1,1
Oktabr
1,8
6,5
10,4
14,4
0,161
34,7
Noyabr
1,3
4,8
5,5
7,5
0,094
16,8
Dekabr
1,2
4,5
1,3
1,8
0,039
2,4
Manba: «O‘zbekturizm» MK Samarqand mintaqaviy boshqarmasi
ma’lumotlari asosida.
5- rasm. 2009- yilda Samarqandga sayohat qilish mavsumiga
ko‘ra xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining taqsimlanish
diagrammasi
Yuqoridagi 5- jadval va 5- rasmda ko‘rsatilganidek, chiquvchi
turistik oqim dinamikasi taklif spektorining kengligiga ko‘ra
mavsumiylik ta’siriga deyarli uchramaydi, bunda jami xizmat
ko‘rsatilgan turistlar soniga nisbatan may, iyun va iyul oylarida
31,0% hamda avgust, oktabr va noyabr oylarida 55,2% turistlar
boshqa mamlakatlarga sayohat qilganlar. Kiruvchi turistlar oqimi
jami xizmat ko‘rsatilgan turistlar soniga nisbatan may oyida 18,3%,
oktabr oyida 14,4% tashkil qilib, asosan, yilning issiq vaqtiga to‘g‘ri
keladi va uning o‘sish sur’ati yetarli darajada barqaror hisoblanadi.
Yilning yanvar, fevral va dekabr oylarida turistlar oqimining keskin
pasayishi turoperatorlarimiz tomonidan tayyorlangan dasturlar
ta’sirchanligining pastligi va bir oz zerikarliligi bilan baholanadi, bu
esa oilaviy va guruhiy sayohatlarning turizm bozoridagi o‘rnini
yo‘qotishga olib kelmoqda.
Shuningdek, sayohat davomiyligini uzaytirishga moyillik ham
ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Avvallari dam
oluvchilarning barchasiga mehnat kodeksida o‘rnatilgan tartib
asosida yo‘llanma muddati (binobarin, sayohat muddati) har yilgi
mehnat ta’tili muddatiga bog‘liq ravishda 21 yoki 28 kundan iborat
edi.
Mazkur holatning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
– yil davomida ta’til vaqtini bo‘laklarga ajratib, bir necha marta
sayohatlar qilishga intilish( shu jumladan, bayram kunlarida);
– yangi mehnat munosabatlarida ko‘pchilik uchun ta’til
davomiyligining qisqarishi va “bevosita xizmat vazifasini, ishini”
uzoq muddatga (ikki haftadan ortiq) tashlab qo‘yishning imkoni
yo‘qligi;
– to‘lov qobiliyatining cheklanishi, zero, ommabop turlar xarajati
kishi boshiga 400–500 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.
Sayohatlarning davomiyligi turlarni amalga oshirish maqsadi
bilan muvofiqlashadi. Jumladan, xordiq chiqarish, faol dam olish va
turizm (motivatsiya jihatdan yetakchi tur) bilan bog‘liq sayohatlar,
odatda, qisqa muddatli bo‘ladi, kruizli turlar va davolanish bilan
bog‘liq sayohatlar esa uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shunday qilib, bizning iste’molchi-turistlarda dasturi mazmunan
boyitilgan va qisqa muddatda katta taassurot va natija olish
imkoniyatini amalga oshirishni ta’minlovchi turmahsulotdan
foydalanishni ma’qul ko‘rish holatlari yaqqol kuzatilmoqda. Bu, o‘z
navbatida, turizm industriyasi xizmatlarini qayta o‘zgartirilishini
talab etadi hamda tur dasturlarni va uning muddatlarini xizmat
ko‘rsatishning jahon standartlariga moslashtirishni taqozo etadi.
Turizm soxasining xilma-xilligi uning bosh maqsadiga bog‘liq
holda quyidagi ko‘rinishlarga ajratiladi:
1. Dam olish yoki rohatlanish, ko‘ngil ochar (tur-rleasure tour,
delights tour). Bu turistlik dam olish va turistlikning keng tarqalgan
turidir;
2. Dam olish va sog‘lomlashtirish maqsadidagi kurort (resort or
health resort or resortspa).
Sog‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm –
health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa –
sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar sog‘lomlashtiruvchi-davolovchi
tashkilotlar, kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh
balchiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh mineral suvli
kurortlarda) olib boriladi. Turistlik prospektlarda ixtisoslashtirilgan
sog‘lomlashtirish maqsadlariga qarab, kempinglarda mineral suvlarni
ichish yoki mineralli va oltingurgutvodorodli vannalar qabul qilish
imkoniyatlarini belgilaydilar. Mashhur chet el shifobaxsh suvli
kurortlaridan – Vishi, Vittel va Eks-le-Ben (Fransiya); Bad-
Naukeym, Visbaden va Baden-Baden (Germaniya); Bad-Ishl, Bad-
Gastayn va Baden-bey-Vin (Avstriya); Spa (Belgiya); Bat va
Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa (Turkiya); Atami (Yaponiya)
Termal buloqlarining kattagina qismi Gretsiya va Vengriyada
taniqlidir.
O‘zbekistonda ham uning boy tabiati va iqlimidan kelib chiqqan
holda, Farg‘ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon»,
«Arslonbob», «Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida
joylashgan «Nagorniy», Buxorodagi «Mohi xossa» va Toshkent
viloyatida
joylashgan
Bustonliq
va
Birchmulla
oromgoxlari,«Chinobod» hamda «Turon» kabi mineral suv bilan
davolash hamda dam olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sanatoriylar,
dam olish oromgohlari mavjud.
Ko‘ngil ochar turlar– (entertainment) turizm dasturlarida ma’lum
ma’noda turistlar uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishga
yo‘naltirilgan. «Turistning yaxshi ko‘ngil ochishi» uchun
xizmatlarning barcha qirralarini ochishda yordam beradi. Bu faol
o‘yinlar (golf, kriket, kegli), otlarda sayr qilmoq, attraksionlarga
borish (tematik bog‘lar, masalan, Disneylend, Delfi kari, zooparklar),
restoranlar, dangsinglar, disko klublar, magazinlar, kazino va
boshqalar shular jumlasiga kiradi. Xorij mutaxassislarining fikricha,
110 dan ortiq keng qo‘llaniladigan turizm amaliyotidagi ko‘ngil
ochar turlar mavjud.
Familiarization trip yoki famtrip, ya’ni tanishtiruvchi, reklama
safari. Marshrutni qaytadan batafsil ishlash va uning shartlari bilan
tanishish uchun reklamali sayohatlarga asosan turli dilerlar va
turoperatorlar yoki turistlik agentliklar ishchilari borishadilar. Ular
butun marshrutni to‘laligicha bosib o‘tishadi va yashash sharoitlarini,
ekskursiya dasturlarini, ovqatlanish asosini, transferni, madaniy va
ko‘ngil ochar dasturlarni aniqlashadilar. Ularni mahalliy sharoitlar,
udumlar, meditsina va sug‘urta xizmatlari, jinoiy holatlar va boshqa
kritik holatlarda davlat organlari bilan birgalikda olib boriladigan
ishlar haqida to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar. Qoida bo‘yicha
tanishtiruvchi turizmga ma’lum chegirmalar beriladi yoki bunday
turizm to‘laligicha qatnashuvchi kompaniya tomonidan to‘lanadi.
Ba’zi mamlakatlar, masalan, Isroil qabul qilish bo‘yicha turistlik
faoliyatni faol qo‘llab-quvvatlab, tanishtirish bilan bog‘liq safarlarni
davlat byudjetidan dotatsiyalaydi.
O‘rganuvchi turizm – sonnoisscur tour. Turizm markazlariga biror
narsa o‘rganish uchun borishdan iborat. Bular dunyoga mashhur
Nyu- York (har yili 32 mln turist bu yerga o‘rganish maqsadida
borishadi), Parij, Madrid, Rim, Peterburg, Qoxira, Singapur,
Gongkong, Rio-de-Janero va shu kabi shaharlardir. Turistlarning
qiziqish ob’yekti bo‘lib qadimgi joylar, muzeylar, haykallar,
shaharlarning chiroyli landshaftlari xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |