7- rasm. Turistik mahsulotning tarkibi
Amaliy mashg‘ulotlar:
1. O‘zbekiston turoperatorlarining ikki xil turistik mahsulotni
(turini) tanglang va ularning iste’molchilik xususiyatlarini baholang.
Ularni taqqoslang va xulosa chiqaring.
2. Turoperatorlarning reklama e’lonlarini tahlil qiling va ular
orasidagi inkluziv turlarni ajrating. Bunda o‘z qaroringizni
tushuntirib bering.
3. Biror-bir inkluziv turning qo‘shimcha xizmatlarini inobatga
olgan holda asosiy xizmatlar to‘plamini tuzing.
Tayanch tushunchalar: turistik mahsulot, tur, jozibador turistik
mahsulot yaratish, individual turlar, guruhli turizm, xizmat ko‘rsatish
klasslari, luks klass, iqtisod klassi, xizmatlar paketi (to‘plami),
kompleks xizmat ko‘rsatish, buyurtmali tur, inkluziv tur.
Savol va topshiriqlar:
1.Turistik xizmatlarga nimalar kiradi?
2. Turistik mahsulot deganda nimani tushunasiz?
3. Jozibador turistik mahsulot yaratish qanday amalga oshiriladi?
4. Xizmat ko‘rsatish klasslarining turlarini ayting.
5. Xizmatlar paketiga nimalar kiritiladi?
6. Amaliy mashg‘ulotlar natijalarini asoslab bering.
III BOB. TURIZM INDUSTRIYASI VA
INFRATUZILMASI
3. 1. Turoperator va turagentlik faoliyati.
3. 2. Transport, mehmonxona va ovqatlanish xo‘jaligi.
3. 1. Turoperator va turagentlik faoliyati
Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar va joylashtirish
vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari,
ko‘ngil ochish obyektlari va vositalari, davolash, sog‘lomlashtirish,
diniy-marosimchilik, turizm operatorlari va turizm agentligini
amalga oshiruvchi, shuningdek, turistik-ekskursiya va gid-
tarjimonlik xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotlar majmuyidir.
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunda
turistik industriya tushunchasi quyidagi tarzda ta’riflanadi: «Turistik
industriya – turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishni
ta’minlovchi turli subyektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar,
kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport
korxonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmuyi»
6
.
Turizm tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona
mansubdir: turoperatorlar va turistik agentliklar. Bu korxonalar
turizm xizmatining o‘zi bilan bevosita shug‘ullanmaydi, balki faqat
iste’molchi (turist) bilan bevosita xizmat ko‘rsatuvchining o‘rtasida
vositachilik vazifasini bajaradi. O‘z navbatida, ularning faoliyati ham
xizmat ko‘rsatishdir.
Turoperatorlar turistik mahsulotni shakllantirishni (tuzish yoki
loyihalash), uning bozor tomon harakatini, shuningdek, realizatsiya
qilinishini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
6
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni // «Xalq so‘zi»
gazetasi, 1999- yil 14- sentabr.
Turni shakllantirish deganda muddatlari, maqsadini aniqlash
bo‘yicha tartiblashtirilgan va bir-biriga bog‘langan, narxi va sifati
bo‘yicha, ketma-ketligiga ko‘ra kelishilgan xizmat ko‘rsatish va ish
bajarish, ularni taklif etish bo‘yicha shartnomalar tuzish, tegishli
ravishdagi bronlashtirish va rezervlashtirish tushiniladi.
An’anaviy turistik faoliyat shakliga ko‘ra turoperator, turistik
agent, ya’ni turistik xizmat ko‘rsatuvchi turistik mahsulotni faqat
ulgurji va chakana sotishni amalga oshiradilar. Turistik agent turistik
mahsulotni mintaqalar bo‘yicha taqsimlaydi va ularni mahalliy
turistik firmalar orqali sotilishini yo‘lga qo‘yadi.
Turoperator turistik xizmat sifati uchun iste’molchi (turist) oldida
javob beradi hamda turistik xizmat sifatini nazorat qilish va uning
ijrosini kuzatib borishni amalga oshiradi.
Turoperator turistik mahsulot iste’molchisi oldida javobgar
hisoblanadi, iste’molchi ko‘pgina turli xil korxonalar xizmatini o‘z
ichiga olgan xizmat ko‘rsatish paketini aynan undan sotib oladi. Bu
javobgarlik turoperatorning tegishlicha kafolatlarini, ya’ni ma’lum
summadagi mablag‘ depoziti yoki boshqa ta’minot uchun bank
kafolati, agar litsenziyalashtirish qonunlari bo‘yicha mumkin bo‘lsa,
malakaviy javobgarlikni sug‘urtalashni nazarda tutadi. Turli
mamlakatlarda javobgarlikning ta’minlanish darajalari turlicha
belgilangandir, masalan, 10 dan 250 ming AQSH dollarigacha.
Turistik agentliklar (turagent) – bu iste’molchiga, ya’ni turistga
yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish
vazifasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi,
shaxs nomidan va korxonaning topshirig‘i bo‘yicha turlarni sotish.
Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistik yo‘llanmalar
do‘koni»dir. Turistik yo‘llanmada doimo bunday sotishni amalga
oshirgan turoperator va turagentning barcha rekvizitlari to‘liq
ko‘rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo‘lgan mamlakatlarda
agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki yoki
vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hozirgi paytda turlarni iste’molchiga Internet tarmog‘i orqali
sotish shakllanmoqda, lekin iste’molchiga faqat axborot berish va
mahsulot taklif etish, uni mijozning talabnomasi bo‘yicha
o‘zlashtirish bosqichlarinigina avtomatlashtirish imkoniyati bor,
ba’zi hollarda, masalan, bankdagi hisob-kitoblarni yoki kredit
kartalarining raqamlarini ko‘rsatishda haq to‘lash ham nazarda
tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |