O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

Buyurtmali 
tur. 
Buyurtmali 
turlarni 
sotishda 
dasturni 
shakllantirish va xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist xohishiga 
binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif 
etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri 
bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi: 
– joylashtirish – joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil 
mehmonxonalar; 
– ovqatlanish – turli variantlar (to‘liq yoki to‘liq yarim pansion
yoki umuman ovqatlanishsiz), shved stoli yoki «alya kort» va 
hokazo; 
– ekskursiyalar, xarid-ko‘ngilochar xizmatlar;
– transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l 
tashuvlar, avtomobil ijarasi va hokazo variantlar
– sport va davolanish kurort xizmatlari;
– viza xizmatlari, shuningdek, sug‘urta xizmatlari.
Yuqorida aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi 
bevosita ishtirok etadi. Turist tomonidan talangan xizmatlar tur 
dasturda shakllantirladi. Narx hisoblanadi, uni turist turpaketga ega 


bo‘lgach to‘laydi. Odatda, bunday buyurtmalar agentliklarda 
shakllantiriladi, so‘ng joriy qilish uchun turoperatorga yo‘naltiriladi. 
Buyurtmali turlarda turoperator doimiy ravishda mehmonxonalardagi 
tasdiqlanmagan o‘rinlarga kvotalarni ushlab turishi lozim.
Inkluziv tur(IT). Bu oldindan rejalashtirilgan va dam olishning 
yoki turizmning ma’lum turi hamda turistlarning ma’lum ijtimoiy 
guruhiga va uning yoniga yo‘naltirilgan qat’iy xizmatlar to‘plamidir. 
Eng ko‘p tarqqalgan inkluziv turlar deb yo‘nalishli turlarni aytish 
mumkin. Ya’ni bunda turistlar guruhi avtobusda bir nechta shaharlar 
va mamlakatlar bo‘ylab sayohat qiladi. Ushbu turning o‘ziga xos 
xususiyatlari (sayohat grafigi va muddatlari bilan qat’iy bog‘langan, 
barcha uchun yagona dastur) uning buyurtmali bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Kruiz turlar, hobbi turlar ham inkluziv turlardir. Inkluziv 
turlarni sotishda xizmatlar tarkibi o‘zgarmaydi.
Turist bunday turni to‘lig‘icha sotib olishi yoki undan butunlay 
voz kechishi mumkin. Inkluziv turlar barqaror talabga ega taniqli 
turizm va dam olish maskanlaridagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi va 
taklif etiladi. Inkluziv turlar narxining katta qismini joylashtirish
ovqatlanish to‘lovlari tashkil etadi. Xalqaro aviatransportlar 
assotsiatsiyasi talabiga binoan, inkluziv turlar o‘z ichiga 3 tadan kam 
bo‘lmagan xizmatlarni oladi: aviauchish, joylashtirish, butun 
yo‘nalish bo‘ylab sayohat va yuqoridagi 2 tasi bilan bog‘liq 
bo‘lmagan biror xizmat (ekskursiya, avtomobil ijarasi va hokazo).
Bunday turlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga qaramasdan, 


ularni rivojlantirishning ma’lum afzalliklari mavjud: 
umuman olganda, kompleks sayohat alohida sotib olinadigan 
xizmatlar to‘plamidan arzondir; 
– narxlari oldindan ma’lum bo‘lganligi uchun turagentlarning 
turistlarga qanday yo‘nalishni tanlash borasida maslahat berishlari 
oson kechadi. Bunda dasturlar ham oldindan belgilangan bo‘ladi; 
– o‘z mahsulotining jozibadorligini ko‘rsatish uchun ko‘proq 
imkoniyat bo‘ladi.
Inkluziv turlarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: 
– bunday turda mijozni qiziqtirmagan xizmatlarning mavjud 
bo‘lishi ehtimoli bor; 
– dasturning haddan tashqari to‘yinganligi; 
Bunday tur reklamasi iste’molchilarning faqatgina bir qisminigina 
jalb qilishi mumkin.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin