O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

Birinchi kun. Parijdan Toshkentga uchib kelish (6.05). 
Mehmonxonaga transfert (8.00). Joylashish va dam olish (to 9.30 
gacha). Shahar bo‘ylab sayohat (10.00–13.30). Restoranda tushlik 
(13.30–14.30). Ekskursiya yetakchisi hamrohligida madrasalar va 
madaniy markazlarga tashrif (13.30–17.30). Teatrlashtirilgan 
namoyishda ishtirok etish (18.00–19.30). Kechki ovqat (20.00). 
Uyquga yotish yoki bo‘sh vaqt.
Ikkinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Tarixiy joylarga sayohat 
(8.00–13.30). Tushlik (13.30–14.30). Bo‘sh vaqt (14.30–20.00). 
Kechki ovqat (20.00–21.00). Uyquga yotish yoki bo‘sh vaqt.
Uchinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Samarqandga jo‘nash (8.00–
13.00). Joylashish va dam olish (13.00–14.00). Tushlik (14.00–
15.00). Shahar bo‘ylab sayr qilish, Registondagi teatrlashtirilgan 
shouda ishtirok etish (15.00–20.00). Kechki ovqat (20.00). Uyquga 
yotish yoki bo‘sh vaqt.
To‘rtinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Tarixiy obidalarga sayohat 
(8.00–13.30). Tushlik (13.30–14.30). Bo‘sh vaqt (14.30–20.00). 
Kechki ovqat (20.00–21.00). Uyquga yotish yoki bo‘sh vaqt.
Beshinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Buxoroga jo‘nash. (8.00–
12.00). Joylashish va dam olish (12.00–13.00). Tushlik (13.00–


14.00). Shahar bo‘ylab sayohat, Labi hovuzdagi teatrlashtirilgan 
shouda ishtirok etish (15.00–20.00). Kechki ovqat (20.00–21.00). 
Uyquga yotish yoki bo‘sh vaqt.
Oltinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Tarixiy obidalarni sayr qilish 
(8.00–13.30). Tushlik (13.30–14.30). Bo‘sh vaqt (14.30–20.00). 
Kechki ovqat (20.00–21.00). Uyquga yotish yoki bo‘sh vaqt.
Yettinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Toshkentga jo‘nash (8.00–
18.00). Yo‘lda tushlik (13.00–14.00). Shahar bo‘ylab sayr qilish 
(18.00–21.00). Aeroportga transfert (21.00). Parijga uchib ketish 
(24.00).
Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, yo‘nalish 
batafsil va mukammal bo‘lishi, shaharning harakatlanish chizma-
xaritalari uning tarkibida mavjud bo‘lishi talab etiladi. Unda barcha 
diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, restoranlar, pochta va 
telegraf va boshqa joylar haqida ma’lumotlar bo‘lishi zarur. Masalan, 
turistlar o‘z sayohatlari davomida astronomiya fanining rivojiga 
buyuk hissasini qo‘shgan alloma – Mirzo Ulug‘bekning 
observatoriyasiga tashrif buyuradi. Shu sababli Ulug‘bekning hayoti 
va ilmiy faoliyatiga batafsil to‘xtalish, ma’lumot berish zarur. 
Yuqorida qayd etilganidek, turistik mahsulot turistlarga paket 
(«pekidj»)larda sotiladi. Turoperator turagentlarga komission 
chegirmalar taqdim etadi yoki turagent o‘z xizmatlari – reklama, 
mijozlarni topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar uchun 
ustama haq qo‘yadi. Shu bilan birga, paketdagi taqdim etilayotgan 


turning narxini hisoblashni bilish lozim. Turistik mahsulotning 
narxini me’yoriy kalkulatsiya usuli bilan hisoblash mumkin. Unga 
turistlarga xizmat ko‘rsatish, turistlar guruhini kuzatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha sarf-xarajatlar kiradi. Turistik mahsulot narxini 
hisoblash formulasi quyidagicha: 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin