O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
Tayanch 
tushunchalar: 
turizm 
industriyasi, 
turoperator, 
turagentliklar, transport va mehmonxona xo‘jaligi, ovqatlanish xo‘jaligi, 
pansion, yarim pansion,turistlarni joylashtirish, turistlarning bo‘sh 
vaqtini mazmunli o‘tkazish, turistlarni sayohat joylari bilan tanishtirish, 
tashish vositalari.
 
Savol va topshiriqlar: 
1. Turizmni tashkil etuvchi tashkilotlarga nimalar kiradi? 
2. Turizm sohasida turoperator qanday vazifani bajaradi? 


3. Turagentliklar haqida nimalarni bilasiz? 
4. Transport xo‘jaligiga nimalar kiradi? 
5. Mehmonxona xo‘jaligiga nimalar kiradi? 
6. Turistlarni tashish vositalari deganda nimani tushunasiz?
7. Turistlarni ovqatlantirish nimalardan iborat? 
8. Turizm industriyasi deganda nimani tushunasiz?
9. Turizm infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 
IV BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA 
TURISTIK YO‘NALISHLARNI 
SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI 
4. 1. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish va turistik sayohatning 
texnologik xaritasini tuzish 
4. 2. Turistik sayohatning yo‘nalishini va dasturini tuzish
4. 1. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish va turistik 
sayohatning texnologik xaritasini tuzish
O‘zbekistonda turistik xizmatlarni shakllantirish Davlat 
standartlari bilan tartibga solinadi. Turistik xizmatni yo‘lga qo‘yish 
uchun uning qisqacha xizmatlar bayoni asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
bozor ehtiyojlarini o‘rganish natijasida aniqlangan buyurtmachi bilan 


muvofiqlashtirilgan 
xizmatlar 
va 
xizmatlarni 
bajaruvchining 
imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yig‘indisidan iboratdir.
Turistik xizmatlarni loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
1. Xizmatlarning me’yorlashtirilgan tavsifini belgilash. 
2. Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni texnologiyalarini 
belgilash. 
3. Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish. 
4. Sifat nazorati metodlarini belgilash. 
5. Loyihaning tahlili. 
6. Loyihani tasdiqlash uchun taqdim etish.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat 
ko‘rsatishning har bir bosqichi bo‘yicha (masalan, xizmatlar 
bo‘yicha ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish, xizmatlar uchun hisob-
kitob) amalga oshiriladi va ularning har biri uchun alohida 
texnologik xarita tuziladi.
Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab 
o‘zgarishi mumkin. Turistik xizmatni loyihalashtirishning natijasi 
texnologik hujjatlar hisoblanadi (texnologik xaritalar, yo‘riqnomalar, 
qoidalar, reglamentlar va boshqalar)
Ayrim turistik xizmatlarni loyihalashtirishni turistik sayohat 
misolida ko‘rib chiqamiz: 
turistik sayohat xizmatini loyihalashtirish tartibi ikki bosqichni 
nazarda tutadi: 


1. Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq turistik 
sayohatga qo‘shiladigan har bir xizmatni loyihalashtirish
2. turistik sayohat xizmatini yaxlit loyihalashtirish.
Turistik korxona amalga oshiradigan turistik sayohat xizmatlarini 
loyihalashtirish turistik korxona imkoniyatlarining turistlar ehtiyoji 
bilan o‘zaro mutanosibligini nazarda tutadi.
Turistik sayohat xizmatining qisqacha bayoni aholining sayohatlar 
turi va shakliga bo‘lgan ehtiyoji hamda muayyan hududdagi 
rekreatsion imkoniyatlarni o‘rganish asosida tuziladi. Xizmatning 
qisqacha bayoni turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturining loyihasida 
aniqlanadi.  

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin