O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
 
Ovqatlanish har qanday insonning tabiiy ehtiyojidir. Ovqatlanish, 
turizmda odatdagi oddiy va zaruriy ehtiyojdan tashqari, yana ko‘ngil 
ochish va mahalliy madaniyatning, xususan, gastronomiyaning 
muhim tarkibiy qismini anglash sifatida ham qaraladi. Milliy taom 
xalq madaniyatining muhim qismi bo‘lib, o‘zida aniq ajralib turuvchi 
xususiyatlarni mujassamlashtiradi, bilish jarayonining elementi va 
huzur-halovat olishning vositasi hisoblanadi.
Umumiy ovqatlanish tizimi turistik markaz yoki mintaqaga tashrif 
buyuruvchilarning 
ehtiyojlarini 
qondiruvchi 
turli 
toifadagi 
restoranlar, barlar, kafe hamda oshxonalar, tez ovqatlanish va o‘ziga-


o‘zi xizmat ko‘rsatish punktlaridan tashkil topadi. Ovqatlanishning 
turi – ertalabki nonushta, yarim pansion, to‘liq pansion doimo 
turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi.
Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va 
tushlik yoki kechki ovqat nazarda tutilgan bo‘ladi. Pansion – bu uch 
martalik ovqatlanishdir. Qimmatbaho xizmat ko‘rsatish variantlarida 
butun kun davomida va hattoki tunda istalgan vaqtda va istalgan 
miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli ichimliklarni ham 
qo‘shib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin.
Shuningdek, taklif etilayotgan ovqatning zichlik gradatsiyasi 
(miqdori bo‘yicha) va ko‘pincha kaloriyaliligi hamda xizmat 
ko‘rsatishning turlari belgilangan bo‘ladi. Masalan, nonushta 
xillarining 
miqdori 
tashrif 
buyurilayotgan 
mamlakat 
yoki 
mintaqaning an’analariga bog‘liq bo‘ladi (yevropacha, kontinental, 
inglizcha, 
amerikacha,va 
hokazo). 
Mehmonlarga 
xizmat 
ko‘rsatishning turi ham muhimdir (shvedcha dasturxon).
Umuman olganda, turist ertalab yengil ovqat tanovvul qilishi, 
ya’ni yengil nonushta qilishi qabul qilingan. Shuning uchun, odatda, 
mehmonxonalarning ko‘p qismi ovqatlanish punktlariga yoki 
restoranlarga ega bo‘lib, mehmondo‘stlikning zaruriy tarkibiy qismi 
hisoblangan xizmat ko‘rsatishlarni taklif qiladi, bu esa ko‘p hollarda 
joylashtirishning qiymatiga kiritilgan bo‘ladi. Mehmonxona 
qoshidagi 
restoranda 
ovqatlantirish 
joylari 
mavjudligining 
ko‘rsatkichi juda muhim. Agar bu ko‘rsatkich mavjud nomerlar fondi 


miqdoriga mos bo‘lsa, yana ham yaxshi bo‘ladi.
Nonushta masalasida eng yaxshisi, turist mehmonxonadan 
tashqariga chiqmasligi kerak, garchi ovqatlanish punktlari nazarda 
tutilmagan, turistlarga esa yaqinroqda joylashgan restoranda 
ovqatlanishi mumkinligi tavsiya qilingan joylashtirish vositalari ham 
mavjud bo‘lsa-da. Bunday holda joylashtirish xizmatining qiymati 
keskin pasayib ketadi.
Ovqatlantirishni tashkil etish tibbiy sohani ham hisobga olgan 
bo‘lishi kerak. Noto‘g‘ri ovqatlanish, yomon (qoidalarga rioya 
qilinmagan holda) tayyorlangan ovqat zaharlanishga olib kelishi 
mumkin. Masalan, 40% gacha turistlar Misr va Hindistonga 
borganlarida diareyadan aziyat chekadilar. Ayniqsa, ko‘chadagi 
mayda sotuvchilar qo‘lidagi suv va ovqat, shuningdek, sifatsiz 
restoranlardagi taomlar xavflidir. Ayrim toifadagi turistlarning diniy 
e’tiqodidan kelib chiqqan cheklanishlarni (masalan, cho‘chqa 
go‘shtini iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish), vegeterianlarning o‘ziga 
xos talablari, bolalar ovqati talablarini ham hisobga olish kerak. 
Ovqatlanishga bo‘lgan bunday talablarning o‘ziga xosligini turistlar 
tur sotib olayotganlarida ko‘rsatishlari kerak.
Turizm infratuzilmasiga turistlarning turistik zaxiralaridan 
bemalol foydalanishini ta’minlovchi binolar tizimi, muhandislik va 
kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, yo‘llar, turizmning turli 
xizmat ko‘rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish va 
ta’minlash tushuniladi.


Turizm infratuzilmasi bu avtomobil va temir yo‘llar, havo 
yo‘llari, dengiz va daryo yo‘llari, issiqlik, elektr va telefon aloqalari 
hamda boshqa kommunikatsiya tizimlari majmuyidir. Ma’lumki, 
turizm sohasida turistik zaxiralari, yani tabiiy iqlim, tarixiy-madaniy, 
ma’rifiy, ijtimoiy-maishiy turizm obyektlari bo‘lgan hududlarda 
kerakli infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Yo‘l qurilishi sohasini olib ko‘raylik. Albatta, turistlar oddiy 
yo‘lovchilar emas. Yo‘llarning ravonligiga qarab ham turistlar 
oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo‘llar, bozorlar 
mamlakatning 
iqtisodiy 
va 
madaniy 
ahvoli 
qay 
darajada 
rivojlanganidan dalolat beradi.
Mehmonxona 
va 
shunga 
tenglashtirilgan 
joylardagi 
kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarida ham muammolar 
bo‘lmasligi turizm sohasining yangi pog‘onalarga ko‘tarilishida 
o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‘raylik: issiqlik 
tarmog‘i ishlamaydigan, elektr tarmog‘i nosoz, kanalizatsiya 
tarmog‘i bo‘lmagan yoki ichimlik suvi talab darajasida bo‘lmagan 
mehmonxonalar 
turist 
va 
boshqalar 
turizm 
sohasining 
rivojlanishidagi kechiktirib bulmas va tezda xal qilinishi zarur 
bo‘lgan muammolardir. Ayniqsa, olis, tog‘li joylarda bu 
muammolarni hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. 
Shuningdek, avtomobillar qatnaydigan trassalarda shohbekatlarning 
ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan darajada bo‘lmasligi, 
turist tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur tibbiy yordam 


beradigan obyektlarning yo‘qligi xorijiy turistlar oqimiga salbiy 
ta’sir qiladi.
Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy 
tashkilotlar – xizmatlarning o‘rni alohida. Axborot xizmati ham 
turizm infratuzilmasida turistlarga, uning tashkilotchilariga juda 
zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida 
o‘zi boradigan joy haqida, o‘sha mamlakat yoki boradigan 
hududning qonun-qoidalari, odatlari, mehmondo‘stligi haqida 
qo‘shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o‘sha joyning xaritasiga, 
transport magistrallari chizmasiga muhtoj bo‘ladi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy komputer xizmatisiz tasavvur 
etish qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardor 
etish turizmning yana bir jihatidir. Internet, faks va boshqa 
zamonaviy texnika vositalari mavjudligi va ularning sifati turizm 
infratuzilmasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin