jarayonlarni turistlar vatanlariga qaytayotganlarida bajarish;
– turistlarni borishlari kerak bo‘lgan
uzoq masofalarga eltish;
– avtobus va temir yo‘l turlarida yo‘nalish bo‘yicha olib yurish.
Bunda tashish bosqichi, aslida, turning
zaruriy va asosiy elementi
bo‘ladi, tashish vositalari esa ko‘pincha tunash joylariga aylanadi,
bunga dengiz sayohatiga doir yo‘nalishlarni ham kiritish mumkin;
– ekskursion yo‘nalishlardagi tashish, masalan, shahar bo‘yicha,
tematik bog‘lardagi va boshqa tashishlar;
– shopping turlar uchun yuk tashish.
Joylashtirish turizm industriyasining
eng muhim elementlaridan
biri hisoblanadi. Mehmonxona industriyasi mehmondo‘stlik
tizimining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday jamiyatga
xos bo‘lgan mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat
ko‘rsatish kabi eng qadimgi marosimlardir.
Mehmon qabul qilish industriyasini
turli xildagi otellar,
mehmonxonalar, motellar, yoshlarning
xostel va yotoqxonalari,
appartamentlar,
turistik
xutorlar,
shuningdek,
turistlarni
joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalari tashkil etadi.
8- rasm.Turistlar va sayyohlarni joylashtirish vositalari
Mehmonxonalarning turlari, ularning
batafsil va aniq tafsiloti
quyidagi 6- jadvalda berilgan.