O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
Tayanch tushunchalar: turistik xizmatlarni loyihalashtirish, xizmat 
ko‘rsatish dasturi,loyiha tahlili, turistik sayohatning texnologik xaritasi, 
turistik korxonaning yuklanish grafigi, «Turistik safar» xizmati 
xavfsizligi, «Turistik safar»ning yo‘l pasporti, pekij tur, eksklyuziv tur, 
safar trassa pasporti.
 
Savol va topshiriqlar: 
1. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish qanday amalga oshiriladi? 


2. Xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish qanday amalga oshiriladi? 
3. Turistik mahsulotni hisoblash jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
4. Turistik yo‘nalishni ishlab chiqish bosqichlari nimalardan iborat? 
5. Turistik sayohatning yo‘llanmasi va texnologik xaritasini tuzish 
mazmuni nimalardan iborat? 
6. Turistik korxonaning yuklama grafigi va yo‘nalishini tuzish 
qanday amalga oshiriladi? 
7. Turistik safar yo‘nalishining ekspeditsion tekshiruvdan o‘tganligi 
to‘g‘risidagi hisobot qanday tuziladi? 
8. Safar trassa pasporti tarkibi nimadan iborat?
 
 
V BOB. TURISTIK FIRMANI OCHISH VA 
LITSENZIYA OLISH BOSQICHLARI 
 
5. 1. Yangi turistik korxona tashkil qilishda litsenziya olish tartibi 

5. 2. Yangi tashkil qilinadigan turistik korxonaning xizmatlarini 
sertifikatlashtirish. 
 
5. 1. Yangi turistik korxona tashkil qilishda 
litsenziya olish tartibi 
O‘zbekistonda turizm faoliyati litsenziyalanadi hamda bu 
jarayonni o‘tkazish mexanizmi tegishli qonun bilan belgilangan. 
Turizm biznesini tashkil etish uchun rasmiyatchilikning o‘ziga xos 


xususiyatlarini bilish zarur, jumladan, litsenziyalash sohasini va 
boshqa ruxsatnoma xilidagi hujjatlarni mukammal bilish talab etiladi. 
Qonunga ko‘ra litsenziya berish va uni bekor qilish yoki uning 
faoliyatini to‘xtatib qo‘yish kabi harakatlar Vazirlar Mahkamasining 
Komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror asosida amalga 
oshiriladi, 
uning 
bu 
boradagi 
ishchi 
organi 
vazifasini 
«O‘zbekturizm» MK bajaradi. Eng asosiy talab: litsenziya 
tadqiqotchilari faqatgina yuridik shaxs bo‘lishi shart.
Litsenziya olish uchun Davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar 
mavjud bo‘lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi: 
– «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunga, turizm sohasidagi O‘zbekiston 
Respublikasi standartlari va xalqaro standartlarga majburiy ravishda 
rioya qilish; 
– huquqiy shaxs shtatida turizm sohasida maxsus ta’lim olgan 
yoki turizm sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan 
kamida bitta xodimning bo‘lishi. Shu tarzda turizm korxonasi 
tegishli bilim, malaka, ko‘nikmaga ega bo‘lgan soha mutaxassislari 
bilan aks ettirilishi zarur; 
– turizm sohasi yangi texnologiyani va boshqaruv tajribasini joriy 
etishni talab qilganligi sababli sayohatlarni, ekskursiyalarni tashkil 
etish va ular bilan bog‘liq xizmatlar bilan bevosita band bo‘lgan 
huquqiy shaxs xodimlari har 3 yilda kamida 1 marta malakasini 
oshirishi zarur; 
– shakillangan nizom jamg‘armasi kamida minimal ish haqining 


400 barobari miqdorida bo‘lishi kerak, chunki u tegishli moddiy va 
iqtisodiy zaxiraga ega bo‘lishi lozim; 
– mijozlar bilan ishlash va turistik mahsulotni ishlab chiqish mos 
ravishdagi ishchanlik muhitini talab etishi sababli xususiy yoki 
ijaraga olingan xizmat binosida tegishli jihozlar mavjud bo‘lishi 
kerak; 
– taqdim etiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlik sertifikatlari 
mavjud bo‘lishi shart, chunki bu har qanday turga qonuniy tus berish 
va xavfsizlik talablari bilan bog‘liqdir; 
– turizm xizmatlari faqatgina mijoz (turist) bilan turistik firma 
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga mos 
ravishda shartnoma tuzilgandan keyingina ko‘rsatiladi. Boshqa 
holatlarda shartnoma huquqiy kuchga ega bo‘lmaydi va sud orqali 
bekor qilinishi mumkin; 
– chet el davlatlariga tashrif buyurish, chiqish, kirishning o‘ziga 
xos xususiyatlari to‘g‘risida, turistik tashrif vaqtida va har bir aniq 
davlatga tashrif buyurishning boshqa qoidalarining o‘ziga xos 
xususiyatlari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar belgilangan tartibda 
har bir turistga yetkazilishi kerakh; 
– mijozga ish tartibi to‘g‘risida, uning huquqiy manzili, 
litsenziyaning 
mavjudligi, 
ko‘rsatiladigan 
xizmatlar 
uchun 
sertifikatlarning mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yo‘nalishlarini 
yuritish uchun javobgor bo‘lgan lavozimli shaxslarning familiyasi, 
ismi, sharifi haqida to‘la ma’lumot berish shrt; 


– turistlar xavfsizligini ta’minlash, jarohatlanganda, betob 
bo‘lganda va boshqa holatlarda tibbiy hamda boshqa birinchi yordam 
ko‘rsatish tizimi mavjud bo‘lishi lozim. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin