sifat tizimlari kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlashning
ikki turi qo‘llaniladi: ixtiyoriy va majburiy sertifikatlash.
Ixtiyoriy sertifikatlash quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: uchinchi
shaxslar yoki qo‘shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab
chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun
qo‘shimcha sertifikatni talab qilgan vaziyatlarda foydalaniladi.
Sertifikat beruvchi davlat organi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Standartlash,
sertifikatlashtirish
va
metrologiya
agentligi
(«O‘zdavstandart»)
hisoblanadi.
Bundan
tashqari,
alohida
sertifikatlashtirish markazlari, tadqiqot labarotoriyalari, sertifikatni
nazorat qilish organlari hamda «O‘zdavstandart» tomonidan tan
olingan va akkreditatsiyadan o‘tgan sifat ekspert-auditorlari ham
faoliyat ko‘rsatadi.
Sertifikatlash muddati sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar va
xizmatlarning toifasiga bog‘liq ravishda 1 kundan to 1 oygacha
bo‘lishi mumkin. Sertifikatlashtirish organiga beriladigan hujjatlar
soni ham sertifikatlash muddatiga ta’sir ko‘rsatadi. Turistik
korxonalarning turistik xizmatlarini sertifikatlash olti bosqichdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: