O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan 
iborat: 
Pasport fuqaro shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Unda jinsi, 
yoshi, tug‘ilgan va yashaydigan joyi, fuqaroligi haqidagi ma’lumotlar 
beriladi. Xorijiy pasportdan tashqari alohida vaziyatlarda diplomatik, 
xizmat, konsullik pasportlaridan foydalanish mumkin; 
1. Xorijlik pasporti (shaxsini tasdiqlash) yoki mamlakatda doimiy 
istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaroga beriladigan fuqaroligi yo‘q 
shaxslar hujjati. 
2. Er va xotinga (farzandli yoki farzandsiz) beriladigan oilaviy 
pasportlar. 


3. Bola pasporti, dengizchi pasporti va boshqalar. 
4. 1995- yil 26- martdan yettita Yevropa davlatida Shengen bitimi 
kuchga kirdi va unga muvofiq Belgiya, Niderland, Luksemburg, 
Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ichki chegaralarida 
chegara tekshiruvi osonlashdi. Keyinchalik Shengen bitimiga 
Yunoniston ham qo‘shildi. Ikki xil vizalar joriy etildi. 
5. Yagona Shengen vizasi, uch oygacha muddatga beriladi va 
Shengen bitimini tuzgan mamlakatlar hududida erkin harakatlanish 
huquqini beradi. 
6. Uch oydan ortiq muddatda beriladigan milliy kirish vizasi, uni 
berish Shengen bitimiga kirgan davlatning alohida huquqidir. 
Yevropa ittifoqiga kirmagan davlatlar, jumladan, rossiyalik turistlar 
uchun kirishning vizali tartibi saqlangan. Kirishning imtiyozli tartibi 
Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Latviya va Estoniya 
fuqaroligiga tegishli.
O‘z mijozlari uchun viza rasmiylashtirishda turistik firmalar 
shartli uch guruhga bo‘linadigan talay muammolarga duch kelishadi.
Birinchisi – xorijiy elchixonalar va ularning xodimlari ishini 
tashkillashtirish bilan bog‘liq.
Ikkinchisi – elchixonalar uchun me’yoriy bo‘lgan, tegishli 
mamlakatlar Ichki va Tashqi ishlar Vazirliklari belgilaydigan 
vizalarni rasmiylashtirish tartibi bilan bog‘liq: 
– zaruriy hujjatlar ro‘yxati; 
– ularni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi; 


– vizalarni rasmiylashtirish muddatlari; 
– turistik firmalarni akkreditatsiya qilish tartibi; 
– beriladigan vizalar turlari va hokazolar.
Muammolarning uchinchi guruhi – O‘zbekiston tomonidan kirish 
vizalarini olish bilan bog‘liq masalalarni davlat tomonidan yo‘lga 
qo‘yilishi, ma’lum cheklashlar it, mushuk kabi mayda uy 
jonivorlarini olib kirish va olib chiqish uchun mavjud. Bu ayniqsa 
elita uy hayvonlariga taalluqli. Qoida bo‘yicha, uy hayvonlarini olib 
kirish-olib chiqish emlanganini tasdiqlaydigan veterinar sertifikati va 
qutirishga qarshi emlanganlik haqida ma’lumotnoma ko‘rinishdagi 
hujjatlar talab qilinadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin