1.Turistik safarning turi va xili, sayohat davomida va uning safar
qismida ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy mazmuni ko‘rsatiladi.
2. Sayohat yo‘lining bayoni: to‘xtash joylari,
masofani bosib
o‘tish vaqti, mehmonxonalarga joylashish shart-sharoitlari va
xizmatlar turi (bino xili, nomerdagi o‘rinlar miqdori, uning sanitar-
gigiyenik jihozlar) ko‘rsatiladi.
3. Sayohat hududining qisqacha bayoni (yodgorliklar, relefining
o‘ziga xosliklari), safarning har bir punktidagi xizmatlar dasturi
(turistik safarining texnologik xaritasiga mos ravishda) beriladi.
4. Qo‘shimcha to‘lovlar evaziga ko‘rsatiladigan
xizmatlar
ro‘yxati.
5. Sport inshootlari, maydonchalari, avtomobil turar joyi,
yo‘lovchilar uchun osma ko‘priklar, bolalar o‘yin maydonchasi
(xonalari)
kutubxona, kinozal va boshqalarning qisqacha tavsifi.
6. Turistik safari boshlanadigan turistik korxona manzili va unga
borish yo‘li.
Qo‘shimcha ma’lumotlarning taxminiy ro‘yxati
1. Yosh cheklovi, bolali turistlar, oilalilar qabuli to‘g‘risida
ma’lumot.
2. Poxodli turistik safar uchun maxsus ma’lumot.
3. Boshqa ma’lumot va tavsiyalar
Izoh: Doimiy tibbiy nazoratda bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxslarga
sayyohatning yo‘nalishlari tavsiya etilmasligini ta’kidlash
maqsadga
muvofiqdir.
4- ilova
Turistik safar yo‘nalishining ekspeditsion tekshiruvi
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobotning tuzilishi va mavzusi
Yo‘nalishning ekspeditsion tekshiruvi o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
hisobot yangi turistik sayohatni loyihalashtirish uchun asosiy
ma’lumotnoma hisoblanadi.
Hisobot matni quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Safar hududi to‘g‘risida ma’lumotlar: safarga tayyorgarlik va
uni o‘tkazish paytida hududning taktik va texnik masalalarga ta’siri.
2. Safar to‘g‘risida ma’lumot: uning masofasi va bosib o‘tish
davomiyligi, transfer usuli.
3.
Safarni tashkil etish, jumladan aynan shu yo‘nalish
tanlanishining sababi.
4. Safar harakatining jadvali va texnik tavsifi.
Xavf-xatar ehtimoli bo‘lgan, ekstremal vaziyatlar, ko‘rish
cheklangan sharoitlarda mo‘ljallarga alohida e’tibor beriladi.
Safar xulosasi, natija va tavsiyalar.
Hududning o‘ziga xos jihatlari, o‘tishni yengillashtirish yo‘llari,
xavfsizlik va qiziqarli o‘tkazish takliflari.
Safarga tayyorgarlik va hisobot tayyorlashda foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati, Turistik hisobotlari va boshqa manbalar.
Ilova:
–
shaxsiy va guruh jihozlari, jihoz va inventarlar jamlanmasi
bo‘yicha tavsiyalar;
– safarda ovqatlanish ratsioni, yo‘lda oziq-ovqat mahsulotlarini
olish imkoniyatining mavjudligi;
– guruh va har bir kishiga tegishli mahsulot va uskunalar hajmi;
– safar
xarajatlari smetasi;
– transport, aloqa, tibbiyot punktlarining ish tartibi;
– hisobotga ilova qilinadigan suratlar (chizmalar);
– safar yo‘lining murakkab nuqtalarini, yodgorliklarni, tabiatini
aks ettirishi lozim. Fotosuratlar va chizmalar raqamlanishi,
nomlanishi va imzolanishi kerak.
– safar hududining yo‘nalishi ko‘rsatilgan, zaxira yo‘li qayd
etilgan, yo‘nalishlar
belgilangan, tunash joylari ko‘rsatilgan, to‘siq
va mo‘ljallar aks etgan, asosiy nuqtalarning fotosurati berilgan xarita.
Xarita safarning og‘ir uchastkalari va ularning o‘tish yo‘llarini aks
ettiradi.
Hisobotni tayyorlash.
Hisobot komputerda (1,5 intervalda) terilishi, ilovalari bilan
raqamlanishi va muqovalanishi shart. Hisobotning umumiy hajmi,
odatda, 100 sahifagacha bo‘ladi,
jumladan, matn – 50 sahifagacha.
Hisobot sarlavhali titul varag‘iga, bo‘limlar, fotosuratlar, xarita
(chizma)lar ko‘rsatilgan mundarijasiga ega bo‘lishi shart.
Muqovaning ichki tomoniga xarita va hujjatlar uchun konvert
yelimlanadi.
Dostları ilə paylaş: