O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Davlatning turizm sohasidagi siyosati



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

6. 3. Davlatning turizm sohasidagi siyosati
 
Davlatning turizm sohasidagi siyosati – bu turizm industriyasini 
va turizm bozori subyektlari (turoperatorlar va turagentlar)ni 
rivojlantirish, fuqarolarga turistik xizmat ko‘rsatish shakllarini 
takomillashtirish hamda shu asosda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlat faoliyatidir.
Turizm siyosati O‘zbekiston Respubikasining barcha hududida, 
avvalombor, mintaqadagi alohida subyektlar, undagi mavjud bo‘lgan 
turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf 
etish maqsadida amalga oshiriladi.
Turizm rivojiga uning davlat tomonidan boshqaruv tizimi 
samaradorligini oshirishda muayan choralar qo‘llash orqali erishish 
mumkin (11- rasm). Hozirgi paytda 20 dan ortiq mahalliy va 
respublika miqyosida turizmni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar 
amalga oshirilmoqda va yirik loyihalar qabul qilinmoqda.


 
11- rasm.
Turizm sohasida davlat boshqaruvining yo‘nalishlari 
Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish; 
– mintaqalar va respublika miqyosida turizmni rivojlantirish 
bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish; 
– qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun aniq chora-tadbirlarni 
ishlab chiqish; 
– turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; 
Turizmda siyosatining asosiy yo‘nalishlari turistlar huquqlarini 
himoya qilish, mahalliy turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilarni 
hamda ichki va kiruvchi turizmni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash 
hisoblanadi.
 
6. 4. Xalqaro turizmda turistlarining hayoti xavfsizligini 
ta’minlashning huquqiy me’yorlari 
Biror mamlakatga sayohat qilmoqchi bo‘lgan kishi, albatta, o‘sha 
mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, unga doir 
axborotlarni to‘playdi va u yerda hech qanday xavf-xatar yo‘qligiga 
ishonch hosil qilgach, aniq bir qarorga keladi. Shu sababli turizmning 
rivojini ta’minlovchi asosiy omillardan biri xalqaro tinchlik-totuvlik 
va osoyishtalikdir. Chunki turistik xizmat ko‘rsatishning sifati, 


birinchi navbatda, ko‘p jihatdan siyosiy-ijtimoiy barqarorlikka 
bog‘liq, ya’ni turistlarning xavfsizligini ta’minlash turizm sohasi 
bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning birinchi galdagi vazifasidir.
Turizmga oid xalqaro huquqiy me’yorlarga amal qilingan 
mamlakatlarda turistlar xavf-xatarsiz, erkin harakat qilishadi. Shu 
bilan birga, turizmning rivojlanishida turistik oqimlarning muayyan 
davlatda yoki davlatlarda ko‘payishi xalqaro turistik tashkilotlarning 
faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Har bir davlatda, shuningdek
xalqaro 
miqyosda 
turizmni 
tashkil etishning 
eng 
muhim 
elementlaridan biri – turistlarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligining 
ta’minlanishi hisoblanadi.
Turistlarning hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish 
kafolati, ularning harakatlanish xavfsizligi huquqiy jihatdan 
ta’minlanishini talab qiladi.
Turizm sohasi xavfsizligiga taalluqli xalqaro tajribalarni 
Butunujahon Turistik Tashkiloti (BTT) tadqiq qiladi va tadqiqot 
natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni turizm to‘g‘risidagi 
qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilgan davlatlarga 
ko‘rsatma, yo‘llanma sifatida taqdim qilib kelmoqda.
Sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash haqidagi Hartiya 1985- yil 
BTTdagi Bosh Assambleyaning VI sessiyasida qabul qilingan. 
Hartiya 9 ta modda va yana 9 ta moddani o‘z ichiga olgan turistik 
kodeksdan iborat.
Hartiyaning IV moddasida bayon etilgan turistlarning sog‘ligi va 


hayoti xavfsizligini ta’minlash, ularning buyumlari saqlanishi, har bir 
davlat hududlarida erkin harakat qilishlari bo‘yicha quyidagi talablar 
ga dunyodagi barcha davlatlar amal qilishi shart: 
– davlatlarning ma’sulligi; 
– turistlarga barcha imkoniyatlarning yaratilishi, xususan, 
mahalliy va chet ellik turistlar uchun sayohatlar davrida BMT, BTT, 
Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, 
Xalqaro bojxona hamkorligi Kengashi va boshqa xalqaro 
tashkilotlarining turizm to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi 
holatlar, dasturlar, huquqiy me’yorlar bilan tanishishi, o‘rganishi, 
foydalanishi uchun sharoitlarni yaratish; 
– turistlarning bilimi va madaniyati o‘sishiga hamkorlik qilishi va 
sayohat qilayotgan davlatlarining mahalliy aholisi bilan o‘zaro 
do‘stona munosabat muhitni yaratish; 
– turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash va buyumlarining 
saqlanish chora-tadbirlarini xalqaro qonunlarga mos holda ishlab 
chiqish; 
– gigiyena va sog‘liqni saqlash xizmatlariga murojaat qilish, 
yordam olishning barcha shart-sharoitlarini yaratishi, yuqumli 
kasalliklar va baxtsiz hodisalardan saqlanish haqida ogohlantirish; 
– turizmda buzg‘unchilik maqsadlarida qilingan har qanday xatti-
harakatlarning oldini olish; 
– turistlar va mahalliy aholini giyohvandlik moddalaridan 
noqonuniy foydalanish manbalaridan himoya qilish tizimlarini ishlab 


chiqish. 
1980- yil 27- sentabrdan 20- oktabrgacha Filippin davlatining 
poytaxti Manila shahrida turizm bo‘yicha butunjahon konferensiyasi 
bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaga 107 ta davlat delegatsiyalari va 91 ta 
davlatdan kuzatuvchi delegatsiya qatnashdi.
«Dunyoda 
tinchlikni, 
hamkorlik, 
hamjihatlikni 
saqlash, 
xalqlarning madaniy merosini rivojlantirishda turizmning hissasi» 
mavzusida bo‘lib o‘tgan Manila konferensiyasida 27- sentabr – 
«Butunjahon turizm kuni» deb belgilandi va BTTning Manila 
Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Xalqaro turizmda va davlatlar turizmida xavfsizlikni ta’minlash 
bo‘yicha aniq va jiddiy tavsiyalar ishlab chiqilgan xalqaro 
konferensiyalardan yana biri Gaagada bo‘lib o‘tdi. Unda BTTning 
turizm bo‘yicha Gaaga Deklaratsiyasi qabul qilindi.
1989- yil 30- martdan 14- aprelgacha Niderlandiyaning Gaaga 
shahrida Butunjahon Turistik Tashkilotining (BTT) turizm bo‘yicha 
dunyo davlatlarining Parlamentlariaro xalqaro konferensiyasi bo‘lib 
o‘tdi. Konferensiya ishida Parlamentlararo ittifoq (MGTS) vakillari 
ham qatnashdi. Bu xalqaro tashkilotni Niderlandiya davlatning 
parlamenti taklif qilgan edi.
Turizm bo‘yicha 10 ta tamoyilni o‘z ichiga olgan Gaaga 
deklaratsiyasida jahonda turizmning rivojlanishida turizm xavfsizligi 
xalqaro miqyosda ta’minlanishi shartligi ta’kidlangan. Bunga 
erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya qilinadi:


– turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini ishlab 
chiqish va turizmda joriy qilish; 
– jamoatchilikka aniq axborotlarni yetkazish va tarqatish; 
– turistlarning xavfsizligini o‘rganuvchi va ta’minlovchi, ayniqsa, 
ekstremal vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq qiluvchi 
institutsional markazlar tashkil qilish; 
– turistlarning xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, qit’alararo 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Turistlarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlash Gaaga 
Deklaratsiyasida bayon etilgan bo‘yicha tavsiyalari (7- tamoyil):
– turistlarni hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va 
xavfsizligini himoya qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir. 
Shuning uchun ham:
a) turistlarning qadr-qimmati, hayoti xavfsizligini ta’minlash 
chora-tadbirlari ular harakatlanadigan barcha turistik obyektlar, safar, 
sayohat, mehmonxonalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lishi; 
b) turistik obyektlarga va turistlar hayotiga xavf soluvchi 
vaziyatlar va omillar haqidagi barcha axborotlar, ma’lumotlarning 
turistlarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash; 
d) har bir davlatda turistlarning erkin harakat qilish, xavfsizligini 
ta’minlashning huquqiy me’yorlari ishlab chiqilishini ta’minlash va 
turistlarning huquqni himoya qilish organlariga o‘z vaqtida murojaat 
qilish, haq-huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarini yaratish; 
e) turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashda, xavfga qarshi 


chora-tadbirlar tizimini yaratishda har bir davlat o‘zining BTT bilan 
o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlashga erishish.
Gaaga deklaratsiyasining yana bir muhim jihati shu bo‘ldiki, 
terrorizm turizm va sayyohlik harakatlanishning rivojiga real xavf 
soluvchi omil deb tan olindi.
Shuningdek, Afina Konvensiyasida turistlarning yuklarini 
tashishdagi xalqaro huquq me’yorlari belgilab berildi. Turagentliklar 
assotsiatsiyasining 
Butunjahon 
federatsiyasi 
(UFTAA) 
va 
Butunjahon 
mehmonxonalar 
assotsiatsiyasi 
(MGA) 
mehmonxonalarda 
turistlarni 
joylashtirish, 
ularning 
erkin 
harakatlanishi, sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlashning 
xalqaro huquqiy mezonlarini ishlab chiqdilar va bu haqda BTTga 
a’zo bo‘lgan davlatlar o‘z milliy turizm siyosatiga mos bo‘lgan 
huquqiy me’yorlarni qabul qilishlarini tavsiya qildi. Qayd qilish 
lozimki, BTT 1994- yilda o‘z boshqaruvi tarkibida turistik xizmatlar 
sifati bo‘yicha Qo‘mita tashkil qildi. Bu Qo‘mita xalqaro turizm 
faoliyatidagi turistlar xavfsizligi masalalariga ham javob beradi. 
Turizm sohasi rivojlangan mamalakatlarining 25% ida maxsus 
turistik politsiya tashkil qilingan bo‘lib, bu politsiya asosan, turistlar 
xavfsizligini, haq-huquqlarini himoya qiladilar. Bundan tashqari, 
turizm politsiya zimmasiga turistik zaxiralarni va atrof-muhitni 
muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish, mahalliy etnik 
guruhlarni himoya qilish vazifalari ham yuklatilgan.
Xalqaro turizm amaliyotidan ma’lumki, ko‘pgina davlatlarda 


mintaqalar, mamlakatlar xavfsizligi, ijtimoiy-siyosiy holati, turli 
davlatlarda olib borilayotgan turizm siyosati hamda turistlarning 
xavfsizligi va haq-huquqlarining himoyalanish darajasi haqida 
ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda aholiga 
ma’lumotlar berib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin