O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


 2 Turizmga oid hujjatlar: turistik firmada uslubiy ta’minot



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
6. 2 Turizmga oid hujjatlar: turistik firmada uslubiy ta’minot, 
asosiy turizm hujjatlarini aniqlash.
Turoperator tashkil qilgan turistik mahsulotning firmadagi uslubiy 
ta’minlanishini ko‘zda tutadi. Uslubiy ta’minot deganda sayohatni
uning amalga oshirilishi va sayyohlarga taqdim etiladigan 
xizmatlarni batafsil tavsiyalaydigan maxsus texnologik hujjatlarni 
tayyorlash tushuniladi. Bu – firma xodimlarining aniq va tezkor 
faoliyati yuritishlari uchun, shuningdek, sayohat mazmuni, uning 
amalga oshirilishi hamda takomillash ishlarini doimiy nazorat qilish 
uchun zarurdir.
Sayohatlar texnologik hujjatlari tarkibi va mazmuni me’yoriy 
hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi lozim. Ular turizm 
mahsulotini sertifikatlash jarayonida nazorat qilinadi. Texnologik 
7
Manba: www. e-samarkand. narod. ru. 


hujjatlar sayohatlarga oid (yoki yo‘nalishlar) tegishli papkalarga 
joylashtiriladi.
Har bir sayohat uchun texnologik hujjatlar majmuyi quyidagicha: 
– yo‘nalish bo‘yicha turistik sayohatning texnologik xaritasi; 
– turizm tashkilotining sayyohlar guruhlari bilan ma’lum vaqtga 
yuklanganlik jadvali; 
– turizm sayohati yo‘llanmasiga ma’lumot varaqasi; 
– «Tur–1» turizm yo‘llanmasining namunaviy shakldagi 
blankalari; 
– bron qilish varaqasi; 
– mijoz va turagentlar o‘rtasidagi shartnomalar blankalari; 
– hamkorlikda xizmat taqdim qiluvchilar (mehmonxonalar, 
transport kompaniyalari, sayohat byurolari va hokazolar) bilan 
shartnomalar;
– sayohat xarajatlarini hisoblash; 
– yo‘nalish tafsilotlari; 
– yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali; 
– yo‘nalishning xarita-chizmasi; 
– yo‘l ma’lumotlari matni (avtobusda sayohat qilish uchun); 
– sayohat texnik o‘ziga xosliklarining tasviri (transportga 
buyurtmalar, chiptalar, ekskursiyalar va mehmonxonalarga xona 
buyurtma berish, ovqatlanish tadbirlariga buyurtma berish muddati 
haqida eslatma;
– arizalar blankalari;


– transport vositasining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali;
– ehtimolli transport almashtirish, kutish haqidagi eslatmalar); 
– turistlar uchun eslatmalar matni (alohida vaziyatlarda, masalan: 
karantin o‘rnatilgan mamlakatlarga safar uchun, maxsus sport yoki 
sarguzasht sayohatlar uchun va hokazolar); 
– yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot materiallari; 
– reklama vositalarining variantlari; 
– prays varaqalar (kataloglar).
Avtobusdagi turlarda avtobus yo‘nalishi pasporti to‘ldiriladi 
(xorijiy variantda safar varaqasi). Bu hujjat O‘zbekiston Respublikasi 
Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unda nafaqat 
yo‘nalish chizmasi va xizmatlar texnologiyasi, balki avtobusning 
texnik jihatlari, avtoyo‘llar xususiyatlari va masofasi, avtoyo‘l 
harakati ta’qiqlari va cheklashlar, hordiq va ovqatlanish joylari
sanitar xizmat manzillari aks ettiriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin