O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


O‘zbekistondagi turizm sohasida kasb-hunar kollejlarining



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

O‘zbekistondagi turizm sohasida kasb-hunar kollejlarining 
kadrlar tayyorlashdagi ulushi
1
Ta’lim muassasalarining
nomi
Tashkil 
etilgan yili
Jami 
o‘quvchilar 
soni
2011- yilgi 
bitiruvchilar 
soni
Toshkent turizm kasb-hunar kolleji
1999- yil
2397
772
Toshkent turizm va biznes kolleji
2009- yil
1208
391
Toshkent mehmonxona xo‘jaligi kolleji
2010- yil
712
150
Toshkent mehmonxona va servis kolleji
2010- yil
1117
335
Samarqand turizm va maishiy xizmat 
kolleji
2001- yil
1440
413
Buxoro turizm kolleji
2003- yil
1181
410
Urganch turizm va tadbirkorlik kolleji
2006- yil
969
288
Termizturizmvamehmonxonaxo‘jaligikas
b-hunarkolleji
2009- yil
570

NavoiyviloyatidagiKarmanaoziq-
ovqatvamehmonxonaxo‘jaligikolleji
2010- yil
1010 
(150 nafari 
sohaga 
tegishli)

1
«O‘zbekturizm» MKning 2011- yil 7- yanvardagi «Turizm sohasida kadrlar 
tayyorlash tizimi: holati, vazifalari, rivojlanish yo‘llari» mavzuyidagi ilmiy-amaliy 
konferensiya materiallaridan.


1- rasm. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan 2007–
2011- o‘quv yillari davomida turizm sohasi uchun tayyorlangan 
bakalavrlar. 
Rasmdagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, turizm sohasidagi 
bakalavrlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Agar Toshkent davlat 
iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti bitiruvchilarini 
ham qo‘shib hisoblaganda, katta miqdorni tashkil etadi. 
Bu o‘quv maskanlarida qator fanlar, jumladan, mutaxassislik 
fanlari o‘qitilib, ularda kasbiy bilimga taalluqli muammolar o‘z 
yechimini topmoqda. Shunday fanlar qatorida turizm asoslari fani 
ham o‘z o‘rniga ega.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy 
yo‘nalishlari, turlari, kategoriyalari, turistik xizmatlar, umuman, 
turizm ilmi bilan bog‘liq barcha masalalar haqida bilim berish, 
turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini atroflicha 
sharhlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu alohida predmet 
darajasidagi masala hisoblanadi. Shularni e’tiborga olgan holda 
turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining alifbosi bo‘lgan turizm 
asoslari fani ham aynan shunday vazifani bajaradi.
Ushbu kursning asosiy maqsadi – turizmga oid fanlarni o‘qitishda 
va amaliyotda zarur bo‘lgan tushuncha va atamalar hamda 
turizmning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini 
yoritib berishdan iborat.
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar 


bajariladi: turizm xizmatlarining tasniflanishi, turoperator va 
turagentlik faoliyatining xususiyatlari, turizm xizmatlari va 
mahsulotlari, turizm industriyasi va infratuzilmasi, turizmni 
rivojlantirishda turistik yo‘nalishlarni shakllantirish texnologiyasi, 
turistik firmasini ochish va litsenziya olish bosqichlari,turizmga oid 
rasmiyatchilik va turizmda huquqiy asoslar.
Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi o‘quvchilarda turistik 
mahsulotni shakllantirish va turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Mustaqil ishlash jarayonida 
har bir talaba o‘zining bo‘lajak turistik firmasini ochish bo‘yicha 
tegishli ko‘nikmalar oladi.
Mazkur fan turizm menejmenti, turizm marketingi, turizm 
faoliyatini tashkil etish, turizm geografiyasi, xalqaro turizm, ish 
yuritish kabi fanlar bilan uzviy aloqador hisoblanadi.
Kursni o‘zlashtirish jarayonida va o‘qitishda turistik ekskursiya, 
ekspeditsiya va maxsus turlar tashkil etish; turizm xizmat bozori, 
Xalqaro 
Toshkent 
turizm 
yarmarkasida 
ishtirok 
etish; 
mehmonxonalar faoliyati, turistik firmalar ishi bilan tanishish, 
ekologik, 
tarixiy-madaniy 
yodgorliklarni 
namoyish 
etuvchi 
multimedia, slaydlardan, buklet, yo‘nalishlar xaritalarini ishlab 
chiqish, internet aloqa tizimidan turli ma’lumotlar olish muhim 
ahamiyatga ega.
Turizm asoslari kursi turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi 
tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kasb-hunar 


kollejlarining 1- bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda 
xorijiy davlatlar va respublikamizda nashr etilgan turizm sohasiga 
oid ilmiy, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalardan hamda jurnal va 
gazetalardagi maqolalardan, internet saytlaridan, turistik firmalarning 
namunaviy yo‘nalishlari, bukletlari va yo‘l ko‘rsatkichlardan 
foydalanish tavsiya etiladi.  

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin