bo‘lgach to‘laydi. Odatda, bunday buyurtmalar agentliklarda
shakllantiriladi, so‘ng joriy qilish uchun turoperatorga yo‘naltiriladi.
Buyurtmali turlarda turoperator doimiy ravishda mehmonxonalardagi
tasdiqlanmagan o‘rinlarga kvotalarni ushlab turishi lozim.
Inkluziv tur(IT). Bu oldindan rejalashtirilgan va dam olishning
yoki turizmning ma’lum turi hamda turistlarning ma’lum
ijtimoiy
guruhiga va uning yoniga yo‘naltirilgan qat’iy xizmatlar to‘plamidir.
Eng ko‘p tarqqalgan inkluziv turlar deb yo‘nalishli turlarni aytish
mumkin. Ya’ni bunda turistlar guruhi avtobusda bir nechta shaharlar
va mamlakatlar bo‘ylab sayohat qiladi. Ushbu turning o‘ziga xos
xususiyatlari (sayohat grafigi va muddatlari bilan qat’iy bog‘langan,
barcha uchun yagona dastur) uning buyurtmali bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Kruiz turlar, hobbi turlar ham inkluziv turlardir. Inkluziv
turlarni sotishda xizmatlar tarkibi o‘zgarmaydi.
Turist bunday turni to‘lig‘icha sotib olishi yoki undan butunlay
voz kechishi mumkin. Inkluziv turlar barqaror
talabga ega taniqli
turizm va dam olish maskanlaridagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi va
taklif etiladi. Inkluziv turlar narxining katta qismini
joylashtirish,
ovqatlanish to‘lovlari tashkil etadi. Xalqaro aviatransportlar
assotsiatsiyasi talabiga binoan, inkluziv turlar o‘z ichiga 3 tadan kam
bo‘lmagan xizmatlarni oladi: aviauchish, joylashtirish, butun
yo‘nalish bo‘ylab sayohat va yuqoridagi 2 tasi bilan bog‘liq
bo‘lmagan biror xizmat (ekskursiya, avtomobil ijarasi va hokazo).
Bunday turlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga qaramasdan,
ularni rivojlantirishning ma’lum afzalliklari mavjud:
–
umuman olganda, kompleks sayohat alohida sotib olinadigan
xizmatlar to‘plamidan arzondir;
– narxlari oldindan ma’lum bo‘lganligi uchun turagentlarning
turistlarga qanday yo‘nalishni tanlash borasida
maslahat berishlari
oson kechadi. Bunda dasturlar ham oldindan belgilangan bo‘ladi;
– o‘z mahsulotining jozibadorligini ko‘rsatish uchun ko‘proq
imkoniyat bo‘ladi.
Inkluziv turlarning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
– bunday turda mijozni qiziqtirmagan xizmatlarning mavjud
bo‘lishi ehtimoli bor;
– dasturning haddan tashqari to‘yinganligi;
Bunday tur reklamasi iste’molchilarning faqatgina bir qisminigina
jalb qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: