14.00). Shahar bo‘ylab sayohat, Labi hovuzdagi teatrlashtirilgan
shouda ishtirok etish (15.00–20.00). Kechki ovqat (20.00–21.00).
Uyquga yotish yoki bo‘sh vaqt.
Oltinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Tarixiy obidalarni sayr qilish
(8.00–13.30). Tushlik (13.30–14.30). Bo‘sh vaqt (14.30–20.00).
Kechki ovqat (20.00–21.00). Uyquga yotish yoki bo‘sh vaqt.
Yettinchi kun.Nonushta (7.30–8.00). Toshkentga jo‘nash (8.00–
18.00). Yo‘lda tushlik (13.00–14.00). Shahar bo‘ylab
sayr qilish
(18.00–21.00). Aeroportga transfert (21.00). Parijga uchib ketish
(24.00).
Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, yo‘nalish
batafsil va mukammal bo‘lishi, shaharning harakatlanish chizma-
xaritalari uning tarkibida mavjud bo‘lishi talab etiladi. Unda barcha
diqqatga
sazovor joylar, mehmonxonalar, restoranlar,
pochta va
telegraf va boshqa joylar haqida ma’lumotlar bo‘lishi zarur. Masalan,
turistlar o‘z sayohatlari davomida astronomiya fanining rivojiga
buyuk hissasini qo‘shgan alloma – Mirzo Ulug‘bekning
observatoriyasiga tashrif buyuradi. Shu sababli Ulug‘bekning hayoti
va ilmiy faoliyatiga batafsil to‘xtalish, ma’lumot berish zarur.
Yuqorida qayd etilganidek, turistik
mahsulot turistlarga paket
(«pekidj»)larda sotiladi. Turoperator turagentlarga komission
chegirmalar taqdim etadi yoki turagent o‘z xizmatlari – reklama,
mijozlarni topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar uchun
ustama haq qo‘yadi.
Shu bilan birga, paketdagi taqdim etilayotgan
turning narxini hisoblashni bilish lozim. Turistik mahsulotning
narxini me’yoriy kalkulatsiya usuli bilan hisoblash mumkin. Unga
turistlarga xizmat ko‘rsatish, turistlar guruhini kuzatish bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha sarf-xarajatlar kiradi.
Turistik mahsulot narxini
hisoblash formulasi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: