3. Turagentliklar haqida nimalarni bilasiz?
4. Transport xo‘jaligiga nimalar kiradi?
5. Mehmonxona xo‘jaligiga nimalar kiradi?
6. Turistlarni tashish vositalari deganda nimani tushunasiz?
7. Turistlarni ovqatlantirish nimalardan iborat?
8. Turizm industriyasi deganda nimani tushunasiz?
9. Turizm infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz?
IV BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA
TURISTIK YO‘NALISHLARNI
SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
4. 1. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish
va turistik sayohatning
texnologik xaritasini tuzish
4. 2. Turistik sayohatning yo‘nalishini va dasturini tuzish
4. 1. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish va turistik
sayohatning texnologik xaritasini tuzish
O‘zbekistonda turistik xizmatlarni shakllantirish Davlat
standartlari bilan tartibga solinadi. Turistik xizmatni yo‘lga qo‘yish
uchun uning qisqacha xizmatlar bayoni asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu
bozor ehtiyojlarini o‘rganish natijasida aniqlangan buyurtmachi bilan
muvofiqlashtirilgan
xizmatlar
va
xizmatlarni
bajaruvchining
imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yig‘indisidan iboratdir.
Turistik xizmatlarni loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
1. Xizmatlarning me’yorlashtirilgan tavsifini belgilash.
2. Turistlarga xizmat ko‘rsatish
jarayoni texnologiyalarini
belgilash.
3. Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish.
4. Sifat nazorati metodlarini belgilash.
5. Loyihaning tahlili.
6. Loyihani tasdiqlash uchun taqdim etish.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat
ko‘rsatishning har bir bosqichi bo‘yicha (masalan, xizmatlar
bo‘yicha ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish, xizmatlar uchun hisob-
kitob) amalga oshiriladi va ularning
har biri uchun alohida
texnologik xarita tuziladi.
Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab
o‘zgarishi mumkin. Turistik xizmatni loyihalashtirishning natijasi
texnologik hujjatlar hisoblanadi (texnologik xaritalar, yo‘riqnomalar,
qoidalar, reglamentlar va boshqalar)
Ayrim turistik xizmatlarni loyihalashtirishni
turistik sayohat
misolida ko‘rib chiqamiz:
turistik sayohat xizmatini loyihalashtirish tartibi ikki bosqichni
nazarda tutadi:
1. Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq turistik
sayohatga qo‘shiladigan har
bir xizmatni loyihalashtirish;
2. turistik sayohat xizmatini yaxlit loyihalashtirish.
Turistik korxona amalga oshiradigan turistik sayohat xizmatlarini
loyihalashtirish turistik korxona imkoniyatlarining turistlar ehtiyoji
bilan o‘zaro mutanosibligini nazarda tutadi.
Turistik sayohat xizmatining qisqacha bayoni aholining sayohatlar
turi va shakliga bo‘lgan ehtiyoji hamda muayyan hududdagi
rekreatsion imkoniyatlarni o‘rganish asosida tuziladi.
Xizmatning
qisqacha bayoni turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturining loyihasida
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: