O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlar



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
2. 3. Asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlar
 
Turistik xizmatlar turist ehtiyojlarini qondirish va ta’minlashga 
qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar 
to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, xarakteriga va turistik 
xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga javob berishi kerak. Davlat 
standarti talablariga ko‘ra, turistik xizmatlar turistlarning 


ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turizm 
tashkilotlari faoliyatining mahsulidir.
Umuman, turistik xizmatlar – bu ko‘zga ko‘rinmas tovarning 
o‘ziga xos turi. Xizmat bevosita iste’mol jarayonida yuzaga keladi va 
alohida holda bo‘lmaydi, bu xizmatning moddiy tovarga nisbatan 
asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar iste’molchiga olib kelib 
beriladi, turistik xizmatlarda esa iste’molchi bevosita xizmatning 
amalga oshiriladigan joyiga olib boriladi. Shuning uchun ham 
turistik xizmatlarni tayyorlash va sotish moddiy tovarlarni sotishga 
tegishli bo‘lgan qonunlar asosida emas, balki boshqa qonunlar 
majmuyi bilan boshqariladi.
Turistik xizmatlar ikki turga bo‘linadi: asosiy va qo‘shimcha. 
Asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlarning bir-biridan farqli 
tomonlari quyidagilardan iborat:
1. Asosiy xizmatlar (transfert – tashish, joylashtirish, 
ovqatlantirish va ekskursiya) turpaketga kiritiladigan xizmatlardan 
iborat bo‘ladi. Qo‘shimcha turistik xizmatlar esa turpaket tarkibiga 
kiritilmaydi;
2. Asosiy turistik xizmatlar oldindan sotib olingan yo‘llanma 
asosida (sayohatni boshlashdan oldin), ya’ni to‘lov oldindan amalga 
oshirilgan bo‘ladi. Qo‘shimcha turistik xizmatlarda esa to‘lov 
jarayoni bevosita xizmatdan foydalanish paytida amalga oshiriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan farqlardan kelib chiqqan holda, 
qo‘shimcha turistik xizmatlar deganda turpaketda nazarda 


tutilmagan, turist o‘zining qo‘shimcha to‘lovi asosida foydalanadigan 
xizmatlar tushuniladi.
Butunjahon Turistik Tashkiloti qo‘shimcha turistik xizmatlarning 
400 xil turini keltirib o‘tgan. Qo‘shimcha turistik xizmatlarning 
ahamiyati shundaki, unda turist yuzaga kelgan ehtiyojlarini tulaqonli 
qondiradi, ma’lum bir vazifalarni bajarishda o‘zini urintirmaydi 
(masalan, mehmonxonada yashayotganida kiyimini tozalash yoki 
dazmollash uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi). 
Qo‘shimcha turistik xizmatlardan turist 2 xil vaziyatda foydalanadi: 
turpaketning tanaffus qismida yoki turist bo‘sh qolgan vaqtda 
foydalanadigan xizmatlar (masalan, Registon maydonida namoyish 
etiladigan ovozli va nurli panorama tomoshasi).

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin