O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari. 
Klubli dam olish tizimi jahon turizm biznesida tez o‘sib 
borayotgan sektorlardan biri hisoblanadi, u jahonning 81 
mamlakatida o‘z rivojiga ega, mazkur tizimda ishlovchi 4500 dan 
ziyod kurort – turmajmualar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dam olishning 
bu turi dam olishni tashkil etish, yashash va ovqatlanishni erkin 
tanlash xususiyati tufayli G‘arb davlatlarida ulkan ommaviylik bilan 
foydalaniladi. Hozirgi vazifa shundan iboratki, dam olishni bu to‘rini 
ommabop, qiziqarli va ochiq bo‘lishni ta’minlashdan iborat. Klubli 


dam olishni farqli tomonlaridan biri shundaki, turistlar nomerda 
emas, balki jihozlangan oshxonalarga ega bo‘lgan shinam, 
dang‘illama uy, koshonalarda (apartament) dam oladilar. Bu 
oshxonada shoshmasdan nonushta tayyorlashni va ayvonda kofe 
ichishni xush ko‘radiganlar uchun juda qulay hamda zavqli 
hisoblanadi. Agar sizni yosh farzandingiz bo‘lsa yoki siz parhezda 
bo‘lsangiz mazkur usul eng maqbul, yaxshi variant hisoblanadi. Bu 
yerda nafaqatgina oddiy tungi nonushta qilish, balki qo‘shimcha 
to‘lov evaziga tamaddi qilishning ma’lum turi: pansion (ta’minot) 
yoki yarim pansionlarni olish mumkin bo‘lgan restoran va 
qaxvaxonalar ham mavjud. 
Apartament (dang‘illama uy, koshona) lar studiyadan (bu 
kattagina xona), jihozlangan oshxonalardan tortib to bir, ikki, uch 
kishilik tunash joylariga ega bo‘lgan apartamentlar kabi bir necha 
turlarga bo‘linganligi sababli kichik oilalar ham klubda shinam 
joylashishlari mumkin. 
Haqiqatda – bu turistlar o‘z uylariga tashrif buyurganidek obod, 
shinam har tomonlama qulay kvartira hisoblanadi. Kvartiradan 
yagona farqli jihati u saroyda yoki otelda joylashgan bo‘lishi 
mumkin. Klub – bu faqatgina klub a’zolari va ularning mehmonlari 
dam oladigan yopiq hudud hisoblanadi. 
Bu yerdagi barcha dam oluvchilar klubli dam olishni 
imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishtiriladigan uchrashuvda 
ishtirok etishi zarur. Butun dam olish davomida har bir oila juftligiga 


ularni klubga kelish payti dan boshlab to ketish vaqtigacha dam olish 
sifatini nazorat qiluvchi va turli-tuman sayohat (ekskursiya) dasturini 
taklif etuvchi gid (ekskursiya boshlovchisi) biriktiriladi. 
Dam olish klubi – turizm industriyasining tarkibiy qismi bo‘lib 
hisoblangan, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga 
oshiruvchi klub a’zolarini dam olishni tashkil etish maqsadida 
yaratilgan tijorat yoki notijorat tashkilotdir.
Klubli dam olish – klub tomonidan belgilangan muddatlarda va 
qo‘yilgan shartlar asosida klubga tegishli bo‘lgan joylashtirish dam 
olish joylarida dam olishning bir turidir. 
Bo‘lingan vaqt tartibida klubli dam olish (taymsher) – 
davomiyligi bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda har yilning 
ma’lum davrida klubda dam olish. 
Dam olish klub a’zosi – klub tomonidan aniqlanadigan huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘lgan, dam olish klubi a’zolik reyestiriga qayd 
qilingan huquqiy yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Sotuvchi – 
shaxsiy tadbirqorlar yoki huquqiy shaxslar, jumladan, tadbirqorlik 
faoliyati doirasida klubli dam olishga xuddi turagent sifatida huquqli 
sotishni amalga oshiruvchi dam olish klublaridir. 
Sotishning tashkilotchisi tadbirqorlik faoliyati doirasida uni 
sotishdan tashqari, qonunda ta’qiqlanmagan istalgan usulda klubda 
dam olish huquqini bozorga chiquvchi xususiy ) tadbirqor yoki 
huquqiy shaxs hisoblanadi; haridor – maqsadi foyda olish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan klubda dam olish huquqini harid qiluvchi yoki 


harid qilish niyatida bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxsdir. 
Sotuvchi va haridor o‘rtasidagi munosabatlar mos ravishdagi 
shartnoma bilan tartibga solinadi. 
Klubda dam olish huquqini sotish maqsadlarida tuzilgan klub 
shartnomaga (bundan keyin – klubda dam olish shartnomasi) rus 
tilida rasmiylashtiriladi yoki haridorni talabiga ko‘ra u yashaydigan 
hudud respublikasidagi davlat tilida rasmiylashtiriladi. Agar dam 
olish klubini a’zosi klubda dam olish shartnomasi tuzilgandan keyin 
chet el davlati hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 
ko‘rsatilgan shartnoma bilan birga sotuvchi dam olish klubi qayd 
qilingan hududda belgilangan tartibda davlatni rasman tiliga tarjima 
qilib, qonuniylashtirib (rasmiylashtirib) berishi kerak. 
Klubda dam olish shartnomasi uning a’zolariga qabul qilinadigan 
dam olish klubi tomonidan ko‘rsatiladigan joylashuv vositalari va 
xizmatlari bilan tanishtirilgandan keyingina tuzilishi zarur. Joylashuv 
vositalari bilan tanishish maqsadlarida tashrif buyurish harajatlari 
klubli dam olish shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab 
qoplanadi. Ko‘rsatilgan harajatlar miqdori sotuvchi va haridor 
o‘rtasida oldindan kelishiladi.
Joylashish vositalari bilan haridorni oldindan tanishtirish 
faqatgina u yerga haridorni tashrifdan voz kechgan holatlarda ruxsat 
etiladi. Bu to‘g‘risida klubda dam olish shartnomasida mos 
ravishdagi yozuvlar qayd etiladi yoki klubda dam olish shartnomasi 
qonunga mos ravishda belgilangan qoidalar bo‘yicha kimoshdi 


savdolarini tashkil etish yo‘li bilan klubda dam olish huquqini ulgurji 
bozorini shakllantiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar orqali 
tuziladi.
Klubda dam olish shartnomasini tuzishdan oldin sotuvchi 
oldindan haridorga taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘ldirish huquqiga 
ega. Sotuvchi va sotish tashkilotchisi haridorga ham yozma shaklda 
ham og‘zaki shaklda taqdim etilgan ma’lumotlarni ishonchliligini 
qonunlarga mosligi (muvofiq kelishi) ustida javobgardirlar.
Agar sotuvchi klubda dam olish shartnomasini tuzishda dam olish 
klubi bo‘lmasa, haridorga ko‘rsatilgan shartnoma tuzish huquqini 
sotuvchiga beruvchi hujjatlar nusxasini berishga majbur. Dam olish 
klubi va ko‘rsatilgan klub a’zosi o‘rtasidagi munosabatlar dam olish 
klubi a’zolarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi klub a’zosi 
va dam olish klubi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 
hujjatlarni haridorga berishi zarur. Bu to‘g‘rida klubda dam olish 
shartnomasida tegishli mos ravishda yozuvlar qayd etiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin