hujjatlar sayohatlarga oid (yoki yo‘nalishlar) tegishli papkalarga
joylashtiriladi.
Har bir sayohat uchun texnologik hujjatlar majmuyi quyidagicha:
– yo‘nalish bo‘yicha turistik sayohatning texnologik xaritasi;
– turizm tashkilotining sayyohlar guruhlari bilan ma’lum
vaqtga
yuklanganlik jadvali;
– turizm sayohati yo‘llanmasiga ma’lumot varaqasi;
– «Tur–1» turizm yo‘llanmasining namunaviy shakldagi
blankalari;
– bron qilish varaqasi;
– mijoz va turagentlar o‘rtasidagi shartnomalar blankalari;
– hamkorlikda xizmat taqdim qiluvchilar (mehmonxonalar,
transport
kompaniyalari, sayohat byurolari va hokazolar) bilan
shartnomalar;
– sayohat xarajatlarini hisoblash;
– yo‘nalish tafsilotlari;
– yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali;
– yo‘nalishning xarita-chizmasi;
– yo‘l ma’lumotlari matni (avtobusda sayohat qilish uchun);
– sayohat texnik o‘ziga xosliklarining tasviri (transportga
buyurtmalar, chiptalar, ekskursiyalar
va mehmonxonalarga xona
buyurtma berish, ovqatlanish tadbirlariga buyurtma berish muddati
haqida eslatma;
– arizalar blankalari;
– transport vositasining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali;
– ehtimolli transport almashtirish, kutish haqidagi eslatmalar);
– turistlar uchun eslatmalar matni (alohida vaziyatlarda, masalan:
karantin o‘rnatilgan mamlakatlarga safar uchun,
maxsus sport yoki
sarguzasht sayohatlar uchun va hokazolar);
– yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot materiallari;
– reklama vositalarining variantlari;
– prays varaqalar (kataloglar).
Avtobusdagi turlarda avtobus yo‘nalishi pasporti to‘ldiriladi
(xorijiy variantda safar varaqasi). Bu hujjat O‘zbekiston Respublikasi
Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unda nafaqat
yo‘nalish chizmasi va xizmatlar texnologiyasi,
balki avtobusning
texnik jihatlari, avtoyo‘llar xususiyatlari va masofasi, avtoyo‘l
harakati ta’qiqlari va cheklashlar,
hordiq va ovqatlanish joylari,
sanitar xizmat manzillari aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: