O‘zbekistonda
besh-olti yil ishlab edim, — deya yig‘ladi. — Bechora xalq-a,
bechoragina xalq-a.. (T. Murod). Qish... Butun atrof oppoq libosda..
3. Matn (jumla) qisqartirilsa.
— Anovi kuni menga bir oyat aytib edingiz?
— Xo‘sh, xo‘sh? — Ilkimdin kelguncha...
— deb boshlanar edi.
— Ha-ha, bo‘tam,
lekin bu oyat emas, hazrat Navoiyning hikmatlaridur. (X.
To‘xtaboev)
4. Fikr bo‘lib-bo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa.
Muhammadyor yolg‘iz:
— Turkistonda birinchi m...m...m... artaba tia... t... t... tr, — dedi-da, fikrg‘a toldi.
(A. Cho‘lpon)
5. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.
— Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi? — ...
— Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)
6. Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida. Nuqtalar o‘rniga kerakli
harfni qo‘yib ko‘chirib yozing. Xayri...x, a...loq, ...abar.
Tire va uning ishlatilish o‘rinlar
Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin (XVIII asr) kiritgan o‘zbek
yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan. Tire quyidagi
o‘rinlarda ishlatiladi:
Dialoglardagi har bir
gapning bosh
— Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi?
— Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo‘q
— Siz tabibmisiz o‘zi? — Odamlar shunaqa deyishadi. Olloh istasa,
men bir
vositachi bo‘laman-u, dardmandga shifo yetadi. Bo‘lmasa yo‘q.
— Nima mening oshnamni davolashni Xudoyingiz istamayotibdimi? — dedi
Kesakpolvon g‘ijinib
— Olloh bir meniki emas, barchamizniki, — dedi chol ovozini bir parda ko‘tarib.
— Siz nomusulmon odamga o‘xshab so‘zlar ekansiz. (T. Malik)
2. Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida. Til — millatning qalbi.
Yer — don, dehqon — xazinabon. Mehnating — boyliging.
3. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin.
O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz
4. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida. «Oddiylik
axloqiy
barkamollikning bosh shartidir», — deb yozgan edi L.N. Tolstoy.
5. Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib bilan sanalgan har bir
gap boshida. 1996-yil 26-aprelda ta’sis etildi: — «Amir Temur» ordeni; — «Buyuk
xizmatlari uchun» ordeni.
6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa. Olamni
quyosh yoritadi, insonni — ilm.
7. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida. O‘zbekiston
Milliy
sug‘urta kompaniyasi — «O‘zbekinvest». Veksel — qimmatbaho qog‘oz, pul qarz
olganlik haqidagi tilxat, qarz hujjatidir.
8. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida. Vaqting ketdi — baxting
ketdi.
9. Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan
asosiy bo‘laklardan ajratiladi. Biz — yoshlar — millatning tayanchi,
Vatanning
ishongan tog‘larimiz. Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasida — bir paytlari bu
yerdan turib ulug‘ bobomiz osmon ilmini o‘rgangan edi — katta ko‘lamda ta’mirlash
ishlari boshlab yuborildi.
10. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida: Toshkent
— Andijon avtomobil yo‘li ta’mirdan chiqarilmoqda.
11. Nashr, kitobot ishlarida. Sultonov X. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. — T.:
«Adabiyot va san’at nashriyoti», 1987.
Eslatma: Hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda tire ayirish belgisini bildiradi: 307 – 23.
Bugun Toshkentda —3°C sovuq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: