Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha
lo — undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil
bo‘lgan. Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi:
1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi. Oqpodsho yerdan
bir siqim tuproq oladi.
— Ana tuproq, mana tuproq! — deydi.
— Bo‘rsildoq tuproq, mag‘izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq!
(Tog‘ay Murod)
2
Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning
oxirida ham ishlatiladi.Siz ham oyoqni ishlating! — deb buyurdi.
Suv ostida
o‘pqonlar ko‘p. Tortib ketmasin! (P. Qodirov)
3. So‘z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng
qo‘yiladi. Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o‘t, mening qo‘limni tut,
belimni bog‘la, muqaddas fotihangni ber! (A. Fitrat)
4. Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan aytilsa,
ulardan so‘ng qo‘yiladi. Balli-balli! — dedi Rahim va Sharifga qarab jim qoqdi. (A.
Qodiriy) Yo‘q! Borolmayman, — dedi qayrilib.
5. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin qavs
ichida berilishi mumkin. «Boburnoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot geografiya,
biologiya, botanika, hatto tabobatga (!) oid g‘oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish
mumkin.
6. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket
uchta belgi qo‘yiladi.
Charos kafti bilan yuzini to‘sgancha o‘zini orqaga tashladi. — A-a-a!!! — dedi
chinqirib. (O‘. Hoshimov) — Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar. —
Xanjarimiz qonsirag‘on! (A. Qodiriy)
7. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng.
Kimdir
seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu! (O‘. Hoshimov)
Dostları ilə paylaş: