O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIK TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700-BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZANING
”ISHORAT QOIDALARI HAQIDA MA’LUMOT’’ MAVZUSIDA
MUSTAQIL ISH
ILMIY RAHBAR: AKRAMOVA S.R.
BUXORO: 2023
MAVZU: ISHORAT QOIDALARI HAQIDA MA’LUMOT.
Punktuatsiya- yozuv oynasi. U yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yozuv orqali
bo‘ladigan ijtimoiy aloqa-aralashuvni to‘g`ri ta’minlash uchun yozma nutqdagi
maqsad, mazmun va ma’no turlarini aniqlashtirish uchun (Masalan: gap oxiriga
qo‘yilgan nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqtalarning har biri shu gapda qanday
maqsad ifodalanganini bildiradi), gap strukturasini (tuzilishini) aniq belgilash uchun
(Gapni tashkil etuvchi qismlar, gap bo‘laklari va gaplarning tuzilishiga xos turli
munosabatlarni ko‘rsatadi), (stilistik qulaylik) uchun xizmat qiladi.
O‘zbek punktuatsiyasi o‘zbek tilining ifoda talaffuz qonuniyatlariga
semantik-sintaktik qurilish qoidalariga asoslanadi. O‘zbek punktuatsiyasi, avvalo,
o‘zbekcha nutqning grammatik ko‘rinishiga asoslanadi. So‘roq, undov, qo‘shtirnoq,
ko‘p nuqta kabi belgilar rus tilidan o‘zlashtirilgan, ammo o‘zbek tili ifoda usuli va
qonuniyatlariga asoslangan holda ishlatiladi. O‘zbek punktuatsiyasining uch prinsipi
bor. Bular: Logik-grammatik (bu prinsip nutqning semantik-grammatik tomonini
aks ettiradi.), stilistik (bu prinsip tinish belgilarining barcha nutq uslublarida
qo‘llanilish qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.), differentsiyatsiya-
prinsipi (Bunga ko‘ra tinish belgilari yozuv texnikasi (shaklini) farqlash, tinish
belgilarining qo‘llanilishdagi tartib va muntazamlikni belgilash, gapdagi murakkab
mazmunni oydinlashtirish uchun xizmat qiladi).
Tinish belgilari yozma matndagi gap bo‘laklari, gapning ayrim qisimlari
gaplarning o‘zaro turli sintaktik munosabatlari (birikishi, bo‘linishi, ajralishi,
ayrilishi kabilar) ni ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.
Tinish belgilari yozma matndagi turli holatlar, ikki his-hayajon va turli
mazmuniy tovlanishlarni ifodalash uchun qo‘llanadi. Masalan, undov belgisi ham
undov gaplar, ham buyruq gaplar oxiriga qo‘yiladi. Buyruq va undov gaplardagi
ma’no tuslari o‘z ichida yana turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda undov
belgisining qanday ma’no va vazifada qo‘llanganligi matn mazmunidan aniqlanadi.
Tinish belgilari yozma matnning tarkibiy va uslubiy jihatlarini to‘g‘ri
belgilash uchun xizmat qiladi. Masalan: Men opamning jildidan qalin kitobni –
qur’on bo‘lsa kerak – olib, pala-partish varaqlayman. (Oybek.) Bunda kirish gap
qo‘sh tire vositasida ajratilgan. Ma’lumki, kirishlar doimo vergul bilan ajratilib,
ba’zi hollarda qavsga olinadi. Yuqoridagi misolda qo‘sh tire vergul o‘rnida
qo‘llangandir. Demak, bunda qo‘sh tire qo‘shimcha vazifani bajarayotir. Tinish
belgilarining bunday birining o‘rnida ikkinchisining qo‘llanishi ishoraviy
sinonimiyani hosil qiladi. Gapning ajratilgan bo‘laklari vergul ham tire vositasida,
kiritma qurilmalar tire ham qavs vositasida ajratiladiki, bular ham ishoraviy
sinonimiyaning ko‘rinishlaridir. O‘zbek tilida yozma nutqda qo‘llaniladigan tinish
belgilari quyidagilar
1.Nuqta. 2. Vergul. 3. Nuqtali vergul. 4. Ko‘p nuqta. 5. Ikki nuqta. 6. So‘roq belgisi.
7. Undov belgisi. 8. Tire. 9. Qo‘shtirnoq. 10. Qavs.
Ularning har biri yozma nutqda o‘z vazifalariga ega Masalan: Nuqta, so‘roq
belgisi, undov belgisi kabi tinish belgilari gapning chegarasi tugallanganligini
bildirsa, vergul, tire, qo‘shtirnoq, qavs kabilar gapning ichida qo‘llaniladi. Ular
gapning qismlarini, ba’zan bo‘laklarini bir-biridan ajratishni ko‘rsatish uchun
qo‘llaniladi. Bundan tashqari ba’zi tinish belgilari his-hayajonni ifodalash uchun,
masalan: qo‘shtirnoq so‘zning o‘z ma’nosi boshqa ma’noda qo‘llanilish kabilarni
bildiradi.
Xullas, har bir tinish belgisi o‘ziga xos vazifani bajaradi va o‘quvchi matnda
qo‘llangan har bir tinish belgisining vazifasini yaxshi bilishi kerak. Aks holda
matnni to‘g`ri tushunish qiyin bo‘ladi. Yozma nutqni tayyorlayotgan kishi tinish
belgilarini to‘g`ri qo‘llashi lozim bo‘ladi.
Tinish belgilarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki kerakli joyda qo‘llanilmay tushib
qolishi, yoki ortiqcha zaruratsiz qo‘llanilishi nutqning mazmuniga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Uni tushunarsiz holga keltiradi, yoki mazmunni, grammatik tuzilishni
o‘zgartirib yuboradi. Masalan Anvar do‘sting bilan uchrashdingmi? Matnni
o‘quvchi kishi tinish belgilariga e’tibor
bergan holda, har biriga xos pauza (to‘xtam), ohang bilan o‘qishi shart, aks holda
nutq ifodaliligini yo‘qotadi.
Nuqtaning ishlatish o‘rinlari:
1. Har xil tuzilishdagi darak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi:
a) ikki tarkibli darak gaplar oxiriga: hasad davosiz darddir. Hasadchi hamisha
birovning shodligidan g‘amnok, rohatidan alamnok bo‘ladi. (“Kalila va Dimna”.)
b) qo‘shma gaplar oxiriga: kim iste’dodli bo‘lsa, uning haqida ko‘p mish-mishlar
to‘qiydilar. (“Kalila va Dimna”.) Baxt haqidagi tushunchani bola bir xil, katta odam
boshqa bir xil tarzda talqin qiladi. (Tohir Malik)
c) bir tarkibli gaplar va so‘z-gaplar oxiriga: Shunga e’tibor bermagan
ekanman.(S.Ahmad.)
2. His-hayajonga ega bo‘lmagan buyruq-istak gaplar tinch ohang bilan aytiladi va
gap oxirida nuqta ishlatiladi: Bittasidan kecha qolaylik. Davlatimiz ketib qolmas.
Beraqolaylik. (Murodjon Mansurov.)
3. Qavs ichidagi remarkadan keyin nuqta ishlatiladi: Sh a y x u l i s l o m. Bilmadim,
shahanshoh, bunday noshar’iy ishlarga nechuk rozilik berdi ekan.(Ketadi.)
(Uyg‘un.) Vergulning qo‘llanish o‘rinlari va ishlatilish usullari:
1 gapning uyushiq bo‘laklarini ajrtish uchun ishatiladi: Har bir tuman, qishloqda
yem do‘konlari ochilib, ularda kunjara va sheluxa sotilmas ekan, ahvol hech qachon
o‘nglanmaydi. Ota-onalar qizlariga umid bilan: Gulnora, Gulandom, Gulrux,
Gulbarg….. deb ism qo‘ydilar.
2. Takrorlanuvchi bog‘lovchilar bilan kelgan uyushiq bo‘laklar ham vergul bilan
ajratiladi:
3. Takror gaplar va takror bo‘laklar vergul bilan ajratiladi: O‘qi, jiyan, o‘qi.
4. Zidlovchi bog‘lovchilardan oldin vergul ishlatiladi: Iskandar unga bir qarab
qo‘ydi, lekin hech narsa demadi.
Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib
taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab ishlatila boshlangan.
Nuqta o‘zbek tilida, odatda, quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplardan so‘ng. Milliy istiqlol sharofati bilan
yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda. O‘zingga ravo ko‘rmagan
narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. Farzandlarimiz doimo sog‘lom bo‘lsin.
Atov gaplardan keyin.
Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.
. Ismi, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi
harfidan so‘ng. M. Behbudiy, A. Fitrat, A. Cho‘lpon kabi ijodkorlarning nomi
hamisha barhayotdir. A.S. Pushkin — rus poeziyasining quyoshi.
Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan
ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng. va sh.k. (va shu kabilar); s.t.
(so‘zlashuv tilida); G‘. G‘. (G‘afur G‘ulom); Nav. (Navoiy); Toshk. (Toshkent);
«O‘qituvchi» nashr.; 1995-y.
. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri
ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday
hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari
bilan boshlanishi mumkin. Bobodehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band.
Chunki dalalarda ish qizg‘in.
. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham nuqta
qo‘yilishi kuzatiladi: 21.03.2010.
Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta
ishlatilishi mumkin. Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Unli tovushlar. 2.
Undosh tovushlar.
Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham
foydalaniladi. 2 · 2 = 4 (ikki karra ikki to‘rt).
Dostları ilə paylaş: |