X bob. BIZNES-JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO„LLASH 10.1. Excel dasturida optimizator va undan foydalanish asoslari Biznes-jarayonlarini modellashtirishda elektron jadvallar (EJ) foydalanuvchiga
masalaning qo‗yilishi va dasturlashga vaqt sarflamasdan turli xildagi optimallash
masalalarini yechishga keng imkoniyatlar beradi. Agar foydalanuvchi oldiga
qo‗yilgan masalaning mazmunini yaxshi tushunsa, uning turi va yechish usulini
hamda EJning maxsus vositalarini bilishga ega bo‗lsa, unda masalani yechish usuli
qulay va samarali omilga aylanadi.
Boshlang‗ich ma‘lumotlarni kiritgach, masalaning shartlari bilan tanishish
bosqichlarida va yechimini rejalashtirishda foydalanuvchi Excel muloqot oynasida
maqsad funksiyasi va uning ekstremumi uchun yacheykalar ko‗rsatadi, masala
yechimini joylashtirish yacheykalar diapazonini ajratadi, murakkab bo‗lmagan
arifmetik formulalarni kiritadi va masala chegaraviy shartlarini o‗rnatadi. Ushbu
jarayon aslida masalaning iqtisodiy qo‗yilishi deyiladi, natijada Excelda avtomatik
ravishda mavjud dasturiy modullar yordamida bajariladigan aniq optimallash
masalasining matematik modeli tuziladi.
Excel dasturi foydalanuvchilar uchun optimallashtiruvchi modellar haqida
ma‘lumotlarni to‗plashga qulay vositalarni ta‘minlaydi hamda olingan yechimlar
variantlarini (oldindan tuzilgan iqtisodiy-matematik modellar asosida) uch xil turdagi
standartlashgan shakldagi hisobotlarni beradi hamda masalani yechish ssenariylarini
kompyuter xotirasida saqlashga imkon beradi. Excel dasturidagi ushbu optimizatorni
yuqori malakali analitiklarning ―o‗yin‖ ssenariylarida keng qulaylik yaratadi, ya‘ni
biznes-jarayonlari bo‗yicha turli xil alternativ loyihalarning ko‗p variantli
yechimlarini tadqiq qilishga har tomonlama yordam beradi.
Optimallashdigan masalaning alomatlari. Exceldagi optimizator moduli
yordamida yechiladigan biznes-jarayonlari masalalariga xos bo‗lgan uch xil alomatlar
mavjud:
1) maqsad funksiya yacheykasi;
147
2) masaladagi o‗zgaruvchilar yacheykalari;
3) masala chegaraviy shartlari yacheykalarining mavjudligi.
Excelda yechiladigan optimallashtiruvchi masalalarning yagona maqsad