M muminova biznes-jarayonlarini modellashtirish


Excel optimizatori uchun biznes-jarayonlari bo„yicha masalalar turlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/93
tarix13.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#129488
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi

Excel optimizatori uchun biznes-jarayonlari bo„yicha masalalar turlari. 
Excel optimizatori yordamida biznes-jarayonlarining qanday masalalarini 
yechish mumkin va qanday turdagi masalalar turlari optimizator alomatiga mos 
keladi? 
Yuklarni tashish bo‘yicha biznes-jarayonlari: masalan, talab hajmini hisobga 
olib mahsulotlarni bir necha korxonalardan bir necha do‗konlarga yetkazib berishda 
sarflanadigan xarajatlarni minimallashtirish; 
Ish joylarini taqsimlash bo‘yicha biznes-jarayonlari: qonunchilik bilan 
aniqlangan talablarni hisobga olgan holda shtatni ta‘minlashdagi xarajatlarni 
minimallashtirsh; 
Mahsulotlar assortimentini boshqarish bo‘yicha biznes-jarayonlari
mahsulotlar assortimentini o‗zgartirib turib, maksimal foyda olish (mijozlarning 
talablarini bajarish haqida). 
Bularga o‗xshash har xil masalalar biznes-jarayonlarining turli xil tarkibdagi 
xarajatli tovarlarni sotishda, rentabellikni va talab ko‗rsatkichlarini aniqlashda paydo 
bo‗ladi; 
Materiallarni almashtirish yoki aralashtirish bo‘yicha biznes-jarayonlari
masalan, tannarxni kamaytirish maqsadida materiallarni o‗zgartirish, sifatning zarur 
darajasini qo‗llab quvvatlashda va iste‘molchilar talablariga rioya qilishda; 
Chiziqli algebra masalasi– chiziqli tenglamalarni yechish. 
Analitik guruhlar orasida optimizatorning o„rni. Excelning analitik usullar 
bankiga kiritilgan usullar orasida optimizator maxsus o‗rinn egallaydi. Uni matematik 
mazmunli, murakkab algoritmli hisobotlar va yechimlarni qo‗llab-quvvatlovchi 
analitik maqsadlar kabi boshqa usullar bilan taqqoslash foydalidir.
Поиск решения (Optimizator) instrumentidan Exceldan foydalanuvchilari keng 
foydalanadilar. 
Optimizator tahlilning maxsus vositalariga tegishli bo‗lib, u ikki guruh 
kompyuterlashgan usullarga bo‗linadi: 
- ―nima, agar‖ tamoyili bo‗yicha tahlil; 
Поиск решения vositalari yordamida murakkab masalalarni yechish. 


149 
Ushbu usullarda ―nima, agar‖ tahlili, sezgirlik tahlili, maqsadli qidiruv tahlili va 
optimizatsion tahlillarga ajratiladi. Maqsadli qidiruv tahlili ―nima, agar‖ tahlili va 
sezgirlik tahlili yo‗nalishini o‗zgartiradi. Bitta o‗zgaruvchining o‗zgarishi boshqa 
o‗zgaruvchining o‗zgarishiga ta‘sir etishini kuzatish o‗rniga, maqsadli qidiruv tahlil 
o‗zgaruvchi uchun maqsadli qiymatni (maqsad) o‗rnatadi va bundan so‗ng maqsadli 
miqdorga erishgunga qadar ko‗p marotaba boshqa o‗zgaruvchini o‗zgartirib turadi. 
Shunday qilib, maqsadli qidiruv tahlili yechimni topishda muhim usul hisoblanadi. 
Optimallashtirish tahlili maqsadli qidiruv tahlilining kengaytirilgan kompleksi 
deyiladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin