10.3. Excelning instrumental vositalari
Excelda ushbu vositalarni Данные Поиск решения buyrug‗i yordamida
topish mumkin. U 10.1-rasmdagi ko‗rsatilgan muloqot Поиск решения oynasini
ochadi.
152
10.1-rasm. Optimizatsion masalani aniqlash: 1-maqsad funksiya joylashuvchi
katakchani aniqlash; 2-o‗zgartiriladigan katakchalarni aniqlash; 2, 3, 4 – chegaraviy
2
1
7
3
4
5
5
153
shartlarni kiritish; 6-alfavit bo‗yicha joylashtirilgan chegaraviy shartlarning ro‗yxatini
kiritilishini nazorat qilish; 7 – masalaning aniqlanishi tugagach, hisob-kitobni
initsializatsiyalash
Agar ushbu buyruq menyuda yo‗q bo‗lsa, unda Excelning asosoiy menyusidan
Параметры Excel tanlanib, undan Надстройки ga murojaat qilinadi va
qo‗shimcha nadstroykalar ro‗yxatidagi Надстройки Excel tanlanib , Перейти...
knopkasi bosiladi. Ochilgan oynada Поиск решения chap tomonda joylashgan
katakcha belgilanadi. OK knopkasi bosilgandan so‗ng, Данные menyusiga qaytadan
murojaat qilinadi, bunda Поиск решения paydo bo‗ladi.
Excel dasturida optimizatorning instrumental vositalari uchta muloqot oynalari
va ularning elementlari bilan tasvirlanadi:
• Поиск решенияda ( Поиск решения parametrlari) muloqot oynasi kiritilgan;
• Добавить ограничения ( Chegaraviy shartlarni kiritish yoki qo„shish);
• Изменяемые ячейки ( Поиск решения natijalari chiqadigan yacheykalar).
Dastlabki ikkita oyna fodalanuvchi tomonidan chaqiriladi va jadvalga
ma‘lumotlarni hamda hisob-kitoblar formulalarini kiritgandan so‗ng masalaning
asosiy
bosqichlarida
qo‗llaniladi,
ya‘ni
tayyorlov
bosqichi
davomida.
Texnologiyaning kuniy bosqichga o‗tishda avtomatik tarzda uchinchi oyna ochiladi
( Поиск решения natijalari).
10.1-rasmda jadvalga kiritilgan masalaga mos ma‘lumotlarni va hisoblash
formulalarini kiritilib, tayyorlov bosqichi bajarilgandan so‗ng Поиск решения
muloqot oynasining ko‗rinish berilgan. Xuddi shuningdek muloqotning asosiy
bosqichi ham bajarilgan ya‘ni, maqsad funksiya katakchasi, o‗zgartiriladigan
katakchalar hamda chegaraviy shartlar formulalari kiritilgan. Piktografik knopka
bo‗yicha Выполнить knopkasini bosib, optimal yechimni qidiruvchi dasturni
faollashtirish zarur.
Quyida optimizatorning muloqot oynasining optsiyalari haqida qisqacha
tushuntirishlar keltirilgan.
Установить целевую ячейку ( Maqsad funksiya joylashuvchi katakchani
o„rnatish). Ushbu maqsad funksiya katakchasining qiymatini optimallash
154
(maksimallashtirish, minimallashtirish, istalgan sonli qiymatga tenglashtirish) kerak.
Odatda ushbu katakchada foydalanuvchi kiritgan formula saqlanadiva u
o‗zgaruvchan katakchalarga murojaat qiladi. Agar ushbu katakchada formula emas,
balki son (qiymat) turgan bo‗lsa, unda uni o‗zgaruvchi sifatida aniqlash lozim.
Bizning misolimizda bu katakchada formula joylashgan, ya‘ni G5 katakchasi bo‗ladi.
Tegishli ekstremum qiymat (maksimum yoki minimum) o‗zgartirgich yordamida
aniqlanadi.
Изменяя ячейки ( Katakchalarni o„zgartirish yoki O„zgaruvchilar). Ushbu
katakchalarning qiymatlari optimizator dasturi bilan optimal yechimni qidirishda
avtomatik ravishda o‗zgaradilar. O‗zgaruvchilar ahamiyatga ega qiymatlarga ega
bo‗lishlari kerak. ular formulalar, sanalar yoki matn bo‗la olmaydilar. Ularni
o‗zgarishdan himoya qilib bo‗lmaydi, aks holda ular masalani yechish jarayonida
qatnasha olmaydilar. Masalaning yechimiga ta‘sir etish uchun o‗zgaruvchilar
(bevosita yoki bilvosita) masala yechimi va chegaraviy shartlar bilan bog‗langan
bo‗lishlari shart.
Ограничения ( Chegaraviy shartlar) . Bu chegaraviy shartlar o‗zgaruvchilar va
yechim katakchalariga tegishli bo‗ladi. Optimizatorning avvalgi versiyalarida 200 ga
yaqin asosiy chegaraviy shartlar (har bir 100 ta o‗zgaruvchilar uchun quyi va yuqori
chegaralar) aniqlangandi. O'zgaruvchilarning ba‘zi bir chiziqli kombinatsiyasi uchun
yuqori yoki quyi chegaralar aniqlanishi lozim. Chegaraviy shartlarni qo‗yish
Добавить ( Qo„shish) knopkasini bosish bilan amalga oshiriladi. Bu oyna (10.2-
rasm) uchta qismdan iborat bo‗lgan masaladagi birorta chegaraviy shartni aniqlashni
taklif etadi:
Chegaraviy shartlar katakchalari (formulaning chap qismi);
Munosabat operatori (o‗rta qismi);
- kichik yoki teng (< =),
- teng (=),
- katta yoki teng (> =),
- butun (целое);
155
Chegaraviy shartning qiymati (formulaning o‗ng tomoni), bunda son va
katakchaning manzili bo‗lishi mumkin. Manzilni foydalangan holatda chegaraviy
shartning uchinchi qismi katakchasida faqat son bo‗lishi mumkin (formula
kiritilmaydi).
Chegaraviy shartlarni kiritishni davom ettirish uchun Добавить knopkasi
ishlatiladi. Bunda oyna berilgan axborotdan tozalanadi, ya‘ni uni yangi chegaraviy
shartlarni kiritishga tayyorlaydi. Oxirgi chegaraviy shartni kiritgandan so‗ng OK
knopkasini ishlatish kerak, u Поиск решения muloqot oynasining ko‗rinishini
avvalgi holatiga keltiradi. Bunda barcha kiritilgan chegaraviy shartlarning aylanuvchi
ro‗yxati akslantiradi.
156
10.2-rasm. Yuqorida: ― Поиск решения parametrlari‖ muloqot oynasi (avvaldan
o‗rnatilgan), dialog oynasining ― Поиск решения‖ ning ―parametrlar‖ tugmasini
bosish bilan oluvchi. Pastda: optimallanuvchi masalani yechishning yakuniy
bosqichi.
Yuqoridagi 10.2-rasmda Параметры – Parametrlar (yoki yechimini qidirish
parametrlari) keltirilgan. Bunda hisob-kitobni tezlashtiruvchi va yechimning
haqiqiyligini oshiruvchi, optimallashtiruvchi usul va optimizator parametrlari
moslashtiradi. Parametrlarga quyidagi qo‗shimcha buyruqlar berish mumkin:
optimal yechimini qidirish davomiyligi (sekundlarda);
iteratsiyalar soni;
aniqligi;
optimizatsiya usullari - chiziqli (tezkor yechimni topish) yoki chiziqsiz;
iteratsiyalarni nazorat qilish bosqichlari (agar foydalanuvchi har bir
o‗zgarishdan so‗ng jarayonni to‗xtashni va oraliq natijalarini tekshirishni xohlasa);
optimizatorning tajribali foydalanuvchisi iteratsiyalarni har xil usullarini
berishi mumkin.
Параметры vositalarida amaliyotlar uchun har bir optimizatsion modelni
( Сохранить модель – Modelni saqlash) saqlashning juda bebaho imkoniyati mavjud
va ilgari saqlangan modelni ( Загрузка модели – Modelni yuklash) chaqirish
(yuklash) imkoniyati mavjud.
Отмена – Bekor qilish. Agar siz avvaldan o‗rnatilgan parametrlarni
o‗zgartirgan bo‗lsangiz, Параметры menyusining dastlabki parametrlarini qaytadan
tiklab beradi.
Восстановить – Tiklash. Восстановить jadval modelidagi barcha
katakchalardagi boshlang‗ich qiymatlarini tiklaydi, ya‘ni yechimini qidirishgacha
mavjud bo‗lgan qiymatlarni.
Решение – Yechish ( Tenglamani yechish). Odatdagi OK knopkasini o‗rnida
keluvchi ushbu knopka optimizator bilan asosiy muloqot tugagach, hisoblashlarni
boshlanishini faollashtiradi, ya‘ni optimizator dasturini ishga tushiradi.
Выход – Chiqish. Optimizator bilan muloqotni to‗xtatish.
157
Yakuniy bosqichda dastur optimal yechimning topilgani yoki uning olib
bo‗lmasligi haqida axborot beradi (10.3-rasmga qarang). Bunda foydalanuvchidan
yechim haqida hisobotni ishchi jurnalning biror varag‗ida yozib qo‗yish lozimmi yoki
yo‗qmi, shu talab qilinadi. Aylanuvchi ro‗yxatda uch xil hisobot tavsiya etiladi:
natijalar, barqarorlik, chegaralar to‗g‗risida.
Keltirilgan hisobotlarning har birini alohida chop etib tahlil qilish mumkin.
Buning uchun Excel dasturida Файл menyusidan Печать buyrug‗iga kirish lozim. U
erda Предварительный просмотр ( Oldindan ko„rish) buyrg‗i yordamida masalani
yechimlarining qog‗ozda qanday joylashishini, bitta varaqqa yoki bir necha varaqqa
joylashishi, masala yechimining diapazonlari, faylning nomi, yaratilish sanasi va
vaqti, ishchi kitobning nomi va boshqa parametrlarni kiritish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari yechimning necha nusxada bo‗lishi, kitob yoki albom shaklida
chop etish kabi parametrlarni o‗rnatish mumkin.
158
10.3-rasm. Excel vositalari bilan yechilgan optimizatsion masalaning yakuniy
bosqichi. Excel optimizatori bilan avtomatik tarzda tuzilgan bitta masalaning yechimi
natijalari haqida standart hisobotlar.
Dostları ilə paylaş: |