160
yechimda esa avtomobillar soni 100 deb ko‗rsatilgan bo‗lsa, unda ―farqi‖ grafasida
600 ta turadi.
Barqarorlik bo„yicha hisobot ikkita qismdan iborat (jadvallar).
Birinchi
jadvalda quyidagilar keltiriladi:
masala yechimi natijasi;
optimal yechimga bir birlik mahsulotni majburiy kiritgan holatda,
maqsad
funksiyasining o‗zgarishini ifodalovchi qo‗shimcha ikkilangan o‗zgaruvchilar;
maqsad funksiyasi koeffitsienti;
optimal yechimga kiruvchi tanlangan o‗zgaruvchilarni saqlab qolgan holatda
maqsad funksiya koeffitsientlari orttirmalarinig chegaraviy qiymatlari.
2-jadvalda chegaraviy shartlar uchun qiymatlar keltiriladi:
foydalanilgan resurslar miqdori;
resurslarning bir birlikka o‗zgarishida maqsad funksiyasining qanday
o‗zgarishining ko‗rsatuvchi ikkilangan baholar;
yechimni tashkil qiluvchi optimal tanlangan o‗zgaruvchilar
saqlangan holatda
resurslar orttirmalarining qiymatlari.
Chegaralar (resurslar) bo‗yicha hisobot. Optimal yechimga kiruvchi, yechim
shaklini
saqlagan holatda, ishlab chiqarilgan mahsulotning qanday oraliqlarda
o‗zgarishini ko‗rsatadi. Bu erda quyidagilar keltiriladi:
optimal yechimdagi o‗zgaruvchan katakchalar qiymatlari;
ularning qiymatlari o‗zgarishinig quyi chegaralari;
quyi chegarada tanlangan turdagi mahsulotni
ishlab chiqarishdagi maqsad
funksiyasining (―Maqsadli natija‖ grafasi) qiymati;
yechimli katakchalarni o‗zgarishining yuqori chegaralari;
mahsulot ishlab chiqarishda optimal yechimga kiruvchi maqsad funksiyasining
qiymatlari.
Dostları ilə paylaş: