M muminova biznes-jarayonlarini modellashtirish


 Excelning instrumental vositalari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/93
tarix13.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#129488
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi

10.3. Excelning instrumental vositalari 
Excelda ushbu vositalarni Данные Поиск решения buyrug‗i yordamida 
topish mumkin. U 10.1-rasmdagi ko‗rsatilgan muloqot Поиск решения oynasini 
ochadi.


152 
10.1-rasm. Optimizatsion masalani aniqlash: 1-maqsad funksiya joylashuvchi 
katakchani aniqlash; 2-o‗zgartiriladigan katakchalarni aniqlash; 2, 3, 4 – chegaraviy 
2 
1 
7 
3 
4 
5 
5 


153 
shartlarni kiritish; 6-alfavit bo‗yicha joylashtirilgan chegaraviy shartlarning ro‗yxatini 
kiritilishini nazorat qilish; 7 – masalaning aniqlanishi tugagach, hisob-kitobni 
initsializatsiyalash 
Agar ushbu buyruq menyuda yo‗q bo‗lsa, unda Excelning asosoiy menyusidan 
Параметры Excel tanlanib, undan Надстройки ga murojaat qilinadi va 
qo‗shimcha nadstroykalar ro‗yxatidagi Надстройки Excel tanlanib, Перейти... 
knopkasi bosiladi. Ochilgan oynada Поиск решения chap tomonda joylashgan 
katakcha belgilanadi. OK knopkasi bosilgandan so‗ng, Данные menyusiga qaytadan 
murojaat qilinadi, bunda Поиск решения paydo bo‗ladi. 
Excel dasturida optimizatorning instrumental vositalari uchta muloqot oynalari 
va ularning elementlari bilan tasvirlanadi: 
• Поиск решенияda (Поиск решения parametrlari) muloqot oynasi kiritilgan; 
• Добавить ограничения (Chegaraviy shartlarni kiritish yoki qo„shish); 
• Изменяемые ячейки (Поиск решения natijalari chiqadigan yacheykalar). 
Dastlabki ikkita oyna fodalanuvchi tomonidan chaqiriladi va jadvalga 
ma‘lumotlarni hamda hisob-kitoblar formulalarini kiritgandan so‗ng masalaning 
asosiy 
bosqichlarida 
qo‗llaniladi, 
ya‘ni 
tayyorlov 
bosqichi 
davomida. 
Texnologiyaning kuniy bosqichga o‗tishda avtomatik tarzda uchinchi oyna ochiladi 
(Поиск решения natijalari). 
10.1-rasmda jadvalga kiritilgan masalaga mos ma‘lumotlarni va hisoblash 
formulalarini kiritilib, tayyorlov bosqichi bajarilgandan so‗ng Поиск решения 
muloqot oynasining ko‗rinish berilgan. Xuddi shuningdek muloqotning asosiy 
bosqichi ham bajarilgan ya‘ni, maqsad funksiya katakchasi, o‗zgartiriladigan 
katakchalar hamda chegaraviy shartlar formulalari kiritilgan. Piktografik knopka 
bo‗yicha Выполнить knopkasini bosib, optimal yechimni qidiruvchi dasturni 
faollashtirish zarur. 
Quyida optimizatorning muloqot oynasining optsiyalari haqida qisqacha 
tushuntirishlar keltirilgan. 
Установить целевую ячейку (Maqsad funksiya joylashuvchi katakchani 
o„rnatish). Ushbu maqsad funksiya katakchasining qiymatini optimallash 


154 
(maksimallashtirish, minimallashtirish, istalgan sonli qiymatga tenglashtirish) kerak. 
Odatda ushbu katakchada foydalanuvchi kiritgan formula saqlanadiva u 
o‗zgaruvchan katakchalarga murojaat qiladi. Agar ushbu katakchada formula emas, 
balki son (qiymat) turgan bo‗lsa, unda uni o‗zgaruvchi sifatida aniqlash lozim. 
Bizning misolimizda bu katakchada formula joylashgan, ya‘ni G5 katakchasi bo‗ladi. 
Tegishli ekstremum qiymat (maksimum yoki minimum) o‗zgartirgich yordamida 
aniqlanadi. 
Изменяя ячейки (Katakchalarni o„zgartirish yoki O„zgaruvchilar). Ushbu 
katakchalarning qiymatlari optimizator dasturi bilan optimal yechimni qidirishda 
avtomatik ravishda o‗zgaradilar. O‗zgaruvchilar ahamiyatga ega qiymatlarga ega 
bo‗lishlari kerak. ular formulalar, sanalar yoki matn bo‗la olmaydilar. Ularni 
o‗zgarishdan himoya qilib bo‗lmaydi, aks holda ular masalani yechish jarayonida 
qatnasha olmaydilar. Masalaning yechimiga ta‘sir etish uchun o‗zgaruvchilar 
(bevosita yoki bilvosita) masala yechimi va chegaraviy shartlar bilan bog‗langan 
bo‗lishlari shart. 
Ограничения (Chegaraviy shartlar). Bu chegaraviy shartlar o‗zgaruvchilar va 
yechim katakchalariga tegishli bo‗ladi. Optimizatorning avvalgi versiyalarida 200 ga 
yaqin asosiy chegaraviy shartlar (har bir 100 ta o‗zgaruvchilar uchun quyi va yuqori 
chegaralar) aniqlangandi. O'zgaruvchilarning ba‘zi bir chiziqli kombinatsiyasi uchun 
yuqori yoki quyi chegaralar aniqlanishi lozim. Chegaraviy shartlarni qo‗yish 
Добавить (Qo„shish) knopkasini bosish bilan amalga oshiriladi. Bu oyna (10.2-
rasm) uchta qismdan iborat bo‗lgan masaladagi birorta chegaraviy shartni aniqlashni 
taklif etadi: 
Chegaraviy shartlar katakchalari (formulaning chap qismi); 
Munosabat operatori (o‗rta qismi); 
- kichik yoki teng (< =), 
- teng (=), 
- katta yoki teng (> =), 
- butun (целое); 


155 
Chegaraviy shartning qiymati (formulaning o‗ng tomoni), bunda son va 
katakchaning manzili bo‗lishi mumkin. Manzilni foydalangan holatda chegaraviy 
shartning uchinchi qismi katakchasida faqat son bo‗lishi mumkin (formula 
kiritilmaydi).
Chegaraviy shartlarni kiritishni davom ettirish uchun Добавить knopkasi 
ishlatiladi. Bunda oyna berilgan axborotdan tozalanadi, ya‘ni uni yangi chegaraviy 
shartlarni kiritishga tayyorlaydi. Oxirgi chegaraviy shartni kiritgandan so‗ng OK 
knopkasini ishlatish kerak, u Поиск решения muloqot oynasining ko‗rinishini 
avvalgi holatiga keltiradi. Bunda barcha kiritilgan chegaraviy shartlarning aylanuvchi 
ro‗yxati akslantiradi. 


156 
10.2-rasm. Yuqorida: ―Поиск решения parametrlari‖ muloqot oynasi (avvaldan 
o‗rnatilgan), dialog oynasining ―Поиск решения‖ ning ―parametrlar‖ tugmasini 
bosish bilan oluvchi. Pastda: optimallanuvchi masalani yechishning yakuniy 
bosqichi. 
Yuqoridagi 10.2-rasmda ПараметрыParametrlar (yoki yechimini qidirish 
parametrlari) keltirilgan. Bunda hisob-kitobni tezlashtiruvchi va yechimning 
haqiqiyligini oshiruvchi, optimallashtiruvchi usul va optimizator parametrlari 
moslashtiradi. Parametrlarga quyidagi qo‗shimcha buyruqlar berish mumkin:
optimal yechimini qidirish davomiyligi (sekundlarda); 
iteratsiyalar soni; 
aniqligi; 
optimizatsiya usullari - chiziqli (tezkor yechimni topish) yoki chiziqsiz; 
iteratsiyalarni nazorat qilish bosqichlari (agar foydalanuvchi har bir 
o‗zgarishdan so‗ng jarayonni to‗xtashni va oraliq natijalarini tekshirishni xohlasa); 
optimizatorning tajribali foydalanuvchisi iteratsiyalarni har xil usullarini 
berishi mumkin. 
Параметры vositalarida amaliyotlar uchun har bir optimizatsion modelni 
(Сохранить модель – Modelni saqlash) saqlashning juda bebaho imkoniyati mavjud 
va ilgari saqlangan modelni (Загрузка моделиModelni yuklash) chaqirish 
(yuklash) imkoniyati mavjud.
ОтменаBekor qilish. Agar siz avvaldan o‗rnatilgan parametrlarni 
o‗zgartirgan bo‗lsangiz, Параметры menyusining dastlabki parametrlarini qaytadan 
tiklab beradi.
ВосстановитьTiklash. Восстановить jadval modelidagi barcha 
katakchalardagi boshlang‗ich qiymatlarini tiklaydi, ya‘ni yechimini qidirishgacha 
mavjud bo‗lgan qiymatlarni. 
РешениеYechish (Tenglamani yechish). Odatdagi OK knopkasini o‗rnida 
keluvchi ushbu knopka optimizator bilan asosiy muloqot tugagach, hisoblashlarni 
boshlanishini faollashtiradi, ya‘ni optimizator dasturini ishga tushiradi. 
Выход – Chiqish. Optimizator bilan muloqotni to‗xtatish. 


157 
Yakuniy bosqichda dastur optimal yechimning topilgani yoki uning olib 
bo‗lmasligi haqida axborot beradi (10.3-rasmga qarang). Bunda foydalanuvchidan 
yechim haqida hisobotni ishchi jurnalning biror varag‗ida yozib qo‗yish lozimmi yoki 
yo‗qmi, shu talab qilinadi. Aylanuvchi ro‗yxatda uch xil hisobot tavsiya etiladi: 
natijalar, barqarorlik, chegaralar to‗g‗risida. 
Keltirilgan hisobotlarning har birini alohida chop etib tahlil qilish mumkin. 
Buning uchun Excel dasturida Файл menyusidan Печать buyrug‗iga kirish lozim. U 
erda Предварительный просмотр (Oldindan ko„rish) buyrg‗i yordamida masalani 
yechimlarining qog‗ozda qanday joylashishini, bitta varaqqa yoki bir necha varaqqa 
joylashishi, masala yechimining diapazonlari, faylning nomi, yaratilish sanasi va 
vaqti, ishchi kitobning nomi va boshqa parametrlarni kiritish imkoniyati mavjud. 
Bundan tashqari yechimning necha nusxada bo‗lishi, kitob yoki albom shaklida 
chop etish kabi parametrlarni o‗rnatish mumkin. 


158 
10.3-rasm. Excel vositalari bilan yechilgan optimizatsion masalaning yakuniy 
bosqichi. Excel optimizatori bilan avtomatik tarzda tuzilgan bitta masalaning yechimi 
natijalari haqida standart hisobotlar. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin