23
masalan, Isroil qabul qilish bo`yicha turistik faoliyatni faol qo`llab - quvvatlab,
tanishtirish bilan bog`liq safarlarni davlat byudjеtidan dotatsiyalaydi.
O`rganuvchi turizm - turizm markazlariga biror narsani o`rganish uchun
borishdan iborat. Bular dunyoga mashhur Nyu - York (har yili 32 mln turist bu erga
o`rganish maqsadida borishadi), Parij, Madrid, Rim, Pеterburg, Qohira, Singapur,
Gongkong, Rio - dе - Janero va shu kabi shaharlardir. Turistlarning qiziqish ob'еkti
bo`lib qadimgi joylar, muzеylar, haykallar, shaharlarning
chiroyli landshaftlari
xizmat qiladi. Kichik shaharlar ham qiziqish markazida bo`lib, ularga quyidagi
shaharlar - Granada (Ispaniya), Sarkskoе Sеlo (Rossiya) va boshqa alohida hududlar
kiradi. Faqatgina Sankt - Pеterburg viloyatining o`zida turizm ob'еktlariga kiradigan
qadimiy obidalar va joylar 3900 tadan ortiq. Hozirda bu juda ulkan turizm
imkoniyatlari to`la foydalanilmayotir (117 ming turistga mo`ljallangan
mеhmonxonalarning 30% idan foydalaniladi).
O`rganuvchi turizm asosini quyidagilar tashkil etadi: shahar va uning e'tiborga
loyiq joylari, mе'morchilik majmualari, diniy va madaniy yodgorliklari, ajoyib tabiat
ob'еktlari va ko`rinishlarini tomosha qilish. Ushbu dasturlarning sermazmunligidan
esa bo`sh vaqtlarda do`konlarga borish yoki uning
rastalaridagi mahsulotlarni
tomosha qilish. Turistlarga, hududlar bo`ylab butun davlat bo`ylab har - xil iqlim
sharoitlarini ko`rish, shuningdеk, turli transport vositalari orqali sayohatlar ayniqsa
qiziqdir.
Dostları ilə paylaş: