ESSE
MAVZU: TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALSHTIRISH
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish
pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita,
ishning usul va metodlarini koʻrsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish
tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya
dasturi»ning bajarilishini ta’minlashdir. Maktabgacha pedagogika maktabgacha
ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini taʻkidlab, bunda
u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim
ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va
ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga koʻra pedagogik
taʻsir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik
metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga
yoʻllangan boʻlishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya
ishlarini rejalashtirish murakkab boʻlib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik
taraqqiyot darajasi toʻgʻrisidagi bilimlarni,
ta’lim-tarbiya dasturini, ta’lim va
tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarigaoldindanpuxta
tayyorgarlik koʻrish metod vausullarni yaxshilab oʻylab olish, kerakli material va
jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har
bir bolaning har tomonlama rivojlanishini taʻminlashi lozim. Shu bilan birga reja
qotib qolgan narsa boʻlmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga oʻzgarishlar kiritish
mumkin.
Shuning uchun MTMda bir-birini toʻldiradigan bir necha xil reja tuziladi:
MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja
asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar
muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni oʻz ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga moʻljallangan boʻlib, undan koʻzlangan asosiy maqsad
bolalar bilan olib boriladigan ta’limtarbiya ishlarini tartibga solish va uning maʻlum
maqsadga qaratilgan va samarali boʻlishini taʻminlashdir. Unda «MTMda ta’lim-
tarbiya dasturi»ning hamma boʻlimlari oʻz aksini topadi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan
ta’lim-tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning
rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim muassasasining ish
sharoiti hisobga olinadi. Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni
egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar toʻgʻrisida
umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni
oʻstirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi
va boshqalar kiradi.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati -
uning metodik qoʻIlanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va
shunga oʻxshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani
guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim.
Tarbiyachilar vaqtivaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim.
Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati
hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil
etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik
malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va oʻyinlariga rahbarlik usullari,
bolaning boʻsh vaqti, koʻngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar
bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha
turlari: oʻyin, mehnat, maishiy faoliyat va mashgʻulot orqali amalga oshiriladi.
Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi.
Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning oʻyini
ham, mehnat mashgʻuloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi
kalendar rejasidan oʻrinolishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish
tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir.
Tarbiyachi bolaning psixikfiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan
ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak.
Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir
yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda taTim-tarbiya berish va
tarbiyalashning usullarini oldindan oʻylab olish, maqsadni aniqroq koʻrish imkonini
beradi. Reja boʻlsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi
qoʻllanmalardan foydalanishni biladi.
Dostları ilə paylaş: |