Mavzu: bolalarning predmetlar shakli va geometrik


O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#129952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARNING PREDMETLAR SHAKLI VA GEOMETRIK FIGURALARNI IDROK QILISHNING

O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
O‘quv yilining dastlabki oylarida maktabgacha yoshidagi bolalarning 
o‘zlariga tanish geometrik shakllar — doira va kvadratlarni farq qilish hamda 
to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarning 
miqdoriy taqqoslash va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish 
maqsadga muvofiq. Bolalarga “Bilgin-chi, bunda nechta kvad-rat bor”, “Nima 
ko‘p, doiralarmi yoki kvadratlarmi?” kabi topshiriqlar va savollar beriladi.
O‘rta guruh dasturida bolalarni uchburchak bilan tanishtirish nazarda tutilgan. 
Bolalarni bu shaklni tanish va aytishga, doira va kvadratlarni farq qilishga 
o‘rgatish kerak. Bu ishlarni amalga oshirish usullari kichik guruhda 


28 
foydalanilgan usullarga o‘xshaydi, bular: shaklni payqash— harakatni 
tekshirish, u bilan har xil amaliy ishlarni tashkil qilish.
Uchburchak bilan tanishtirish uni doira va kvadrat bilan taqqoslash asosida 
o‘tkaziladi. Dastlab shakllar juftlab taqqoslanadi, masalan, birinchi 
mashg‘ulotda uchburchak bilan doira taqqoslanadi. Tarbiyachi uchburchakni 
ko‘rsatib, bolalar e’tiborini burchaklarga qaratgan holda uchburchak konturi 
bo‘ylab barmog‘ini (ko‘p marta) yuritib chiqadi. “Barmoq burchakkacha 
boradi, to‘xtaydi, burchakni aylanib, yana nariga ketadi. Yana bir marta 
burchakkacha boradi, burchakni aylanadi, yana nariga ketadi”,—deb 
tushuntiradi tarbiyachi. U shaklni aytadi (“Bu — uchburchak”), uning qanday 
rangda ekanini so‘raydi, bolalarning e’tiborini uchburchakning tomonlari 
borligiga, ular 3 ta ekaniga, burchaklari 
borligiga va ular ham 3 ta ekaniga 
qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi 
bolalardan 
o‘z 
uchburchaklarini 
ko‘rsatishni, ularni sanashni, uning 
burchaklari nechta ekanini so‘raydi. 
Keyingi mashg‘ulotlarda uchburchak 
bilan 
kvadrat 
shunga 
o‘xshash 
taqqoslanadi, shundan keyin esa doira, 
kvadrat va uchburchak bir vaqtda 
taqqoslanadi.
Tarbiyachi 
bolalar 
e’tiborini 
uchburchaklar, doiralar
va 
kvadratlar katta o‘lchamli ham, kichik 
o‘lchamli ham bo‘lishiga qaratadi, har 
xil rangli katta va kichik shakllarni ustiga qo‘yish
usuli bilan 
taqqoslashni taklif qiladi, shakli bir xil bo‘lgan shakllar har xil rangli va har 
xil o‘lchamli bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi.


29 
O‘rta guruhda
tarbiyachi bolalarda
har xil
shakldagi 
shakllarni idrok qilish tajribasini to‘plashida davom ettiradi. Bolalar 
ikki-besh qismdan iborat
sodda
va
murakkabroq 
shakldagi 
buyumlarni ko‘zdan kechirishadi
va
rasmlarini 
chizishadi, 
ularni
loy va plastilindan
yasashadi, bunda qismlarning 
shakli hozircha geometrik etalonga yaqin bo‘ladi (bular piyola, jo‘ja va 
boshqa narsalar bo‘lishi mumkin).
O‘rta guruhda tarbiyachi predmetlar shaklini sezish — harakat va ko‘rish bilan 
— tekshirishni tashkil qiladi. Tekshirish natijalari dumaloq (doiraviy), to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklida kabi so‘zlar bilan mustahkamlanadi.
Bu guruhda “Buyum o‘zi haqida nima deydi?”, “Qismlariga ko‘ra buyumning 
o‘zini bil”, “Buyumlar dominosi” kabi o‘yinlardan va shuningdek kubchalar, 
qirqma rasmlardan foydalanish mumkin.
Geometrik obrazlar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni bolalar o‘yinlardan, 
mehnatdan, kundalik hayot (turmush)dan oladilar. Ular tarbiyachiga taqlid 
qilib, mozaikalar va qurilish materiallari komplektiga kiruvchi u yoki bu buyum 
nomini aytadilar. Ularning xossalari bilan amalda tanishadilar.
Matematika mashg‘ulotlarida sanoqqa o‘rgatish uchun doiralar, uchburchaklar 
va boshqa narsalardan ko‘rsatma material sifatida foydalaniladi. Bolalar 
shakllar miqdorini aniqlab, ularni aytishadi.
Mashg‘ulotlarda bolalarni doira, kvadrat, uchburchakning ba’zi belgilari bilan 
keyinroq esa, to‘g‘ri to‘rtburchakning belgilari bilan tanishtirish, shakllar har 
xil o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishini ko‘rsatish kerak.
Bolalar tarbiyachi bilan birga katta o‘lchamli (diametri 15 sm) shakllarni 
qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi.
Bolalarga o‘z konvertlaridagi shakllarni ajratish va ular qanday shakllar ekanini 
va qanchaligini aytishtaklif qilinadi.
Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bolalar shakllarning kattaliklari bo‘yicha 
ortib va kamayib borish tartibida joylashtiradilar, har xil shakllarning 
miqdorlarini taqqoslab, qaysi shakllar kam, qaysi shakllarning miqdori barobar 


30 
ekanini aniqlaydilar. Birinchi mashg‘ulotda bolalarga shakllarning bir xil 
komplekti beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda esa har qaysi bola shakllarning 
shunday komplektini oladiki, unda shakllarning miqdori, rangi va o‘lchami har 
xil bo‘ladi.
Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, bolalar shakllarni ikki poloskali 
kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra 
poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar.
Shunday mashg‘ulotlar o‘tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to‘g‘ri 
to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi xususiyatlari bilan 
tanishadilar. Masalan, tarbiyachi bolalarga kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak 
olishni, navbati bilan ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va 
ular nimalari bilan farq qilishini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar kvadratni 
to‘g‘ri to‘rtburchak ustiga qo‘yib, shakllarni taqqoslashadi va to‘g‘ri 
to‘rtburchak uzun ekanini, u shunisi bilan kvadratdan farq qilishini ko‘rishadi.
Bolalar sanashni o‘rganib olishganidan keyin, ular tanish shakllarniig 
elementlari bilan, ya’ni tomonlari va burchaklarining mavjudligi hamda 
ularning miqdori bilan tanishtiriladi.
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog‘ini yuritadi 
va bu kvadratning tomoni ekanini aytadi. Kvadratning hamma tomonini 
ko‘rsatadi.
Shuni kuzatish kerakki, bolalar “burchak” so‘zini burchakning uchi bilan, 
ya’ni burchakni hosil qiluvchi nurlar (tomonlar) chiqadigan nuqta bilan 
bog‘lamasinlar. Shuning uchun burchak ko‘rsatilayotganda, qo‘lni burchak 
tekisligida bir tomondan ikkinchi tomongacha surib borib ko‘rsatish maqsadga 
muvofiqdir.
Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi, 
so‘ngra esa burchaklarini topishadi, tomonlar va burchaklar miqdorlarini 
sanashadi, kvadrat va to‘rtburchakning to‘rttadan burchagi va to‘rttadan tomoni 
borligini aniqlashadi.


31 
Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday 
tekshirishadi, hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon 
borligini aniqlashadi.
Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan savolga javobni 
mustaqil izlab topa oladigan qilibtuzish kerak.
Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi 
bolalarga oldin gugurt cho‘plaridan shakl tuzishni, so‘ngra ornament hosil 
qilishni taklif qiladi.
Shakllarni farq qilish va aytnsh bo‘yicha mashq qildirish uchun “Nima 
o‘zgardi?”, “Nima yo‘q bo‘ldi?”, “Shakllar dominosi”, “Xuddi shunday shaklni 
ko‘rsat” kabi didaktik va harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Masalan, 
tarbiyachida disk bo‘lib, unga doira bo‘ylab har xil geometrik shakllar 
joylashtiriladi. U disk strelkasini surish bilan goh u shaklni, goh bu shaklni 
ko‘rsatadi, bolalar esa, o‘z shakllari orasidan xuddi shunday shakllarni 
topishadi, ko‘rsatishadi va nomini aytishadi.
“O‘z uychangni top” o‘yinida polga chizilgan yoki chilvirdan "tuzilgan 
doiralar, kvadratlar, uchburchaklar va boshqa shakllar uycha bo‘lishi mumkin. 
Katta o‘lchamli shakllar shaklini aniqlash bolalarga qiyinlik qilishkni hisobga 
olib, bunday o‘ychalar o‘lchamlarini tobora kattalashtirib borish maqsadga 
muvofiq.
Individual mashqlar uchun “Juftini top”, “Kartochkaga mos shakl tanla” va 
boshqa o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bolalar shakllarning rangli 
va kontur tasvirlarini mos qo‘ynshadi, shaklga mos shakl tanlashadi.
Yil oxirida bolalar sodda geometrik shakllarni nafaqat farq qilishadi va 
aytishadi, balki ularning ba’zi belgilari bo‘yicha orientir oladigan bo‘lishadi. 
Bolalarni buyumlar shaklini geometrik shakllar bilan taqqoslashga o‘rgatish 
mumkin. Shu maqsadda maxsus mashqlardan foydalaniladi. Masalan, 
tarbiyachi stolga geometrik shaklni qo‘yadi, bolalar esa shu shakldagi 
buyumlarni tanlashlari kerak. Geometrik shakl — namuna shakl ayrim 


32 
bolalarga berilishi ham mumkin, ular shaklni va o‘zlari tanlagan buyumni 
ko‘rsatishadi.
Mashqlarni “Xuddi shu shakldagi buyumni top”, “Men nimani aytsam, shuni 
top”, “Topshiriq” va boshqa o‘yinlar shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq. 
Tarbiyachi har qaysi shakldagi buyumdan ikki-uchtadan tanlaydi. Asta-sekin 
ularning miqdorini to‘rt-beshtaga yetkazish mumkin.
5.4.Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Katta guruhga kelguncha bolalarda yetarlicha katta sensor tajriba to‘plangan va 
shakllarni tekshirish ko‘nikmasi takomillashgan bo‘ladi. Tarbiyachi 
bolalarning 
geometrik 
shakllarning 
shakllari 
haqidagi 
bilimlarini 
mustahkamlash uchun o‘rta guruh materialini takrorlagandan keyin, ularga 
atrofdagi buyumlardan doira, uchburchak, kvadrat shaklini
topishni o‘rgatadi. Masalan, u tarelkaning tagi, stol 
ustining sirti, fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar 
qanday geometrik shaklni zslatadi, deb so‘raydi. 
Tarbiyachi “Loto” tipidagi o‘yin tashkil qilishi 
mumkin. Bolalarga rasmlar (har biriga 3—4, tadan) 
beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi 
ko‘rsatayotgan shaklga o‘xshash shaklni izlashlari kerak. Shundan keyin bola 
nima topganini aytadi va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik shakllardan har xil naqshlar, o‘zlariga 
tanish buyumlar: uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan avtomobil, 
kvadratlar va uchburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzadilar. Katta 
guruhda bolalar yangi tushuncha—“kvadratbilan tanishtiriladi. Bunda 
tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan 
foydalanadi. Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta 
kvadrat olishadi. Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni 
kattaliklari chapdan o‘ngga qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni 
taklif qiladi. Bu shakllar nimasi bilan o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e’tiborini 
har qaysi kvadratda qancha tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. 


33 
Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi borligini eslashni 
taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan shaklni 
uchburchak deyiladi, agar shaklda 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtburchak deb 
atash mumkin. O‘z-larida nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak borligini 
so‘raydi. Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak— kvadrat va 
to‘g‘ri to‘rtburchak oladilar; ikkala shaklni taqqoslaydilar, ular nimalari bilan 
o‘xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi 
bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun ularga qog‘ozga har xil 
to‘rtburchaklarchizishni; qog‘ozga hamma tomoni teng to‘rtburchak chizishni 
va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng to‘rtburchak 
chizishni; cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak shaklidagi 
buyum-larni topish va aytishni; 2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan 
to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik shakllarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan 
qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan,masalan, Tavsifi bo‘yicha top”, “Kim ko‘p 
ko‘radi?”, “Xuddi shunday naqsh top”, “Har qaysi shaklni o‘z joyiga qo‘y”, 
“Shakli bo‘yicha tanla” kabi didaktik o‘yinlarnio‘tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot 
ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan doirani, to‘g‘ri to‘rtburchakbilan 
kvadratni va, nihoyat, uchburchaklar bilan to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid 
bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin. 
Mashg‘ulotnint 
birinchi 
qismida 
geometrik shakllar qaraladi, tekshiriladi 
va 
taqqoslanadi. 
Mashg‘ulotning 
ikkinchiqismida shakllarning xossalari 
va 
belgilari 
haqidagi 
bilimlarni 
taqqoslashga doir har xil mashqlar 
o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini 
shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash


34 
o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik shakllar 
bilan bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma-
ket savollar qo‘yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va 
xossalariga, o‘xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini 
aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan 
tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi, 
bolalardan u qanday shaklni eslatishini so‘raydi. Bunda tarbiyachi doirada va 
ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil 
bo‘lganini ta’kidlaydi, bolalardan shaklni stolda dumalatishni, atrofidan 
barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatishuchun tarbiyachi ovalni 
doira ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani ovalning ustiga qo‘yishni, doira 
o‘rtasinitopishni va unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga — 
yuqoriga, chapga, o‘ngga bir xil kengayi
Oval bilan ham xuddi shunday amal bajariladi.
Bolalar odatda doira bir xil, oval esa uzoqroq,cho‘ziqroq kengayishini 
ta’kidlab, to‘g‘rixulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma-
ket savollar beradi; o‘xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga 
yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagichao‘tkazilishi mumkin:
Tarbiyachi. Bu shakllarnima deb ataladn?
Bolalar. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak.
Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslab, ular nimasi 
bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qilishini bilibolamiz. Kvadrat oling va undan 
barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (Bolalar kvadratning tomonlari va 
burchaklarini topishadi va ko‘rsatishadi.)
Tarbiyachi. To‘g‘ri to‘rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to‘g‘ri 
to‘rtburchakda nechtadan tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va 
burchaklarni sanab chiqish zarurligi aniqlanadi.)


35 
Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakda burchaklar soni tengmi?
Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqidanima 
deyish mumkin?
Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday 
tekshirish mumkin?
Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirishda bolalar har xil tekshirish 
harakatlari sistemalaridan foydalanishadi: kontur bo‘ylab barmoqlarini yuritib 
chiqadilar, ularning sirtlarini qo‘llari bilan silab chiqadilar, asosni 
tavsiflaydilar, yonlarni sanaydilar, ularning kattaliklarini taqqoslaydilar, bunda 
bevosita taqqoslash usulidan foydalanadilar.
Masalan, tarbiyachi bolalar bilan birga shar, silindrni tekshiradi. U bolalardan 
sharni, silindrni dumalatishni so‘raydi, so‘ngra ularni to‘xtatib, tushuntiradi: 
sharga tegsangiz, u dumalaydi, shar juda turg‘un emas, silindr esa dumalashi 
hamturishi ham mumkin.
Tarbiyachi qog‘oz
varag‘iga 
silindrni qo‘yib, qalam aylantirib 
chiqishni 
taklif 
qiladi. 
Chizilgan 
doiracha bilan silindr
asosi 
orasidagi bog‘lanish o‘rnatiladi
Bolalar silindrning asosi bo‘ylab 
barmoqlarini yuritib chiqadilar. Ular “uning tagi doira” deyishadi.
Har xil mashqlar bolalarning geometrik shakllar haqidagi bilimlarini 
mustahkamlash va aniqlash imkonini beradi. Masalan, bolalarga plastilindan 
kub, silindr, shar yasashni, qog‘ozdan kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar va 
uchburchaklar qirqish, shaklni ikki va to‘rt qismga bo‘lishni, va aksincha, 
qnsmlardan butun tuzish, bir xil shakllardan boshqa shakllar tuzishni (ikkita 
kvadratdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuzish va b.), cho‘plardan u yoki bu shaklni 
yasashni taklif qilish mumkin. Chunonchi, tarbiyachi bolalarga cho‘plardan 
uchburchak (to‘g‘ri to‘rtburchak) tuzish va unga nechta cho‘p ketganini gapirib 


36 
berishni taklif qiladi va uchta, oltita cho‘pdan qanday shakl tuzish mumkinligini 
o‘ylab ko‘rishni so‘raydi.
Bolalar geometrik shakllarning har xil alomatlariga ko‘ra, ya’ni shakli, rangi, 
kattaligi bo‘yicha guruhlarga ajratadilar, ularni kattaliklariiing kamayib borishi 
yoki o‘sib borishi tartibida jonlashtiradilar.
Bolalarga shakli yoki rangi bo‘yicha o‘xshash figuralarni tanlashda ularga 
nechta guruh hosil bo‘lishini o‘ylab ko‘rishni taklif qilish, so‘ngra amaliy 
ishlarni bajarish foydalidir. Muhimi, bolalar u yoki bu topshiriqni bajarib, nima 
qilganliklari va natijada nima hosil bo‘lganini, ya’ni u yoki bu guruhga qancha 
va qanday shakllar kirganini gapirib berishlari shart.
Bolalarga u yoki bu shaklni tavsifi bo‘yicha topishni yoki “Paypaslab bil” kabi 
o‘yinlarda shaklni mustaqil tavsiflashni taklif qilish mumkin.
Mashg‘ulotlarda va kundalik turmushda didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, 
“Har qaysi shaklni o‘z o‘rniga qo‘y” o‘yini geometrik shakllarning bir qator 
alomatlarga ko‘ra o‘zgarishini, jumladan, proporsiyalar bo‘yicha, kattaliklari 
bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatish imkonini beradi.
Bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash 
asosida aniqlashni o‘rgatishga katta ahamiyat beriladi.
O‘yinva mashqlar uchunmayda o‘yinchoqlarva boshqa narsalar tanlanadi.
Buyum 
shaklini 
baholab, 
bolalar 
uningbiror 
geometrik 
obrazga 
o‘xshashliklarinigina emas, balki undan farqlarini topishlari ham muhimdir. 
Tajriba bolalarga bu juda qiyinlik qilishiniko‘rsatmoqda.
Buyumlarning o‘zlari bilan bir qatorda bolalar ular tasvirlangan rasmlarni 
tanlaydilar. Ular oldin geometrikobraz bo‘yicha, keyinroq esa og‘zaki 
ishlaydilar.
— To‘g‘ri 
to‘rtburchak 
tomonlarining 
kattaliklari haqida nima deyish 
mumkin? 
Qanday 
tekshirish 
mumkin?


37 
Har xil
usullardan foydalanish mumkinligi aniqlanadi: shaklni 
teng ikki
buklab, oldin qarama-qarshi tomonlarni, so‘ngra burchaklarni (burchakni 
burchak bilan) ustma-ust tushurish mumkin, tomonlarni qog‘oz poloska bilan 
o‘lchash ham mumkin.
Oxirida tarbiyachi so‘raydi: “Kvadrat nimasi bilanto‘g‘ri to‘rtburchakdan farq 
qiladi? Kvadrat nimasibilan to‘g‘ri to‘rtburchakka o‘xshaydi?”
Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashga 
o‘rgatishda bu shakllar har xil o‘lchamda, rangda, har xil fazoviy joylanishda 
tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog‘oz, karton, faner, 
plastilindan tayyorlangan shakllar bilan ishlaydilar.
Kundalik hayotda, loy va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotlarida bolalar 
hajmli geometrik shakllar (shar, kub, silindr) bilan uchrashadilar. Tarbiyachi 
bolalar bu shakllarni yaxshilab o‘zlashtirishlariga yordam berishi mumkin.
Ushbu o‘yinlar o‘tkaziladi: “Xaltachadagi nima?”, “Top va jim tur”, 
“Xonamizdan sharga o‘xshagan predmetlarni top”, “Kim dumaloq jismlarni 
ko‘p aytadi?” Bolalar “Geometrik loto”, “Ettitasi qatorasiga” va boshqa stol 
ustida o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynashadi. Bu o‘yinlar jarayonida tuzilishi 
bo‘yicha yaqin shakllarni ham (oval—doira), hajmli va yassi shakldagi 
shakllarni ham (shar—doira, kub—kvadrat) farq qila olish malakalari 
takomillashtiriladi, shakl bo‘yicha orientir olish tezligi hosil qilinadi, atrof-
borliqdagi shakllar ko‘p xilliligiga nisbatan bolalarning qiziqishlari 
rivojlantiriladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin