7
I.BOB. Tashqi iqtisodiy
faoliyatning nazariy-uslubiy asoslari
1.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy shakllari.
«Biz tashqi aloqalarni xalqaro
munosabatlarning turli yo’nalishlari
bo’yicha muvaffaqiyatli rivojlantirishni
xavfsizlik va barqarorlikni kafolati
deb bilamiz».
I.Karimov
Цivilizastiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo’jalik
aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona global
jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar
umumiy iqtisodiy qonunlarga ko’ra rivojlanadi, bu qonunlar xalqaro munosabatlar
iqtisodiy xarakterining ustuvor bo’lishini kafolatlaydi.
Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslar taqchilligi
va olisligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar o’rtasida, balki turli
davlatlar va jahon mintaqalari o’rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash
vositalarini talab etadi.
Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining o’sishi
notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga
keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlar (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot,
moliya va boshqa bozorlar)ni rivojlantirishga, xomashyoni olib kirishga,
texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish,
madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi.
O’zbekistonda ko’plab korxona va birlashmalar, korporastiya va
kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo
aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida
yirik investistiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish
hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga
ta’sir ko’rsatadi. Ana shu ta’sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taqsimotida
ishtirok etishni hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini
8
belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchalarining
mazmuni to’g`risidagi aniq tasavvurga asoslanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |